Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

1-iyundan boshlab Toshkentdagi do‘konlarda “buxanka” nonlarni 2 800 so‘mdan sotish boshlandi. Bungacha uning narxi 1400—1600 so‘m edi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Avvalroq “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilingandi. Moliya vazirligi departamenti mudiri To‘lqin Mirzayev esa iste’mol bozorida sotilayotgan yopgan nonlar import undan yopilgani uchun qimmatlashayotganini ma’lum qilgan edi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda yopgan non narxi oshib ketdi, bunga shu qarorning (prezident qarori — tahr.) qabul qilinishi sabab bo‘ldi, degan xabarlar yuribdi. Bu gaplarning hammasi asossiz. Chunki iste’mol bozorida sotilayotgan yopgan nonning barcha turlari import qilingan undan yopiladi. Shu sababli bu qarorning yopgan nonga hech qanday aloqasi yo‘q. Mazkur nonlarning asosiy xomashyosi, asosan, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan import qilingan undir. Bunday mish-mishlar tarqalishiga ayrim noinsof tadbirkorlarning xalqimizga nisbatan bo‘lgan noto‘g‘ri harakati sabab bo‘lgan deb bilaman. Biz bu bo‘yicha qisqa muddatda o‘rganishlar o‘tkazamiz va tegishli choralar ko‘riladi”, — dedi vazirlik vakili.

To‘lqin Mirzayevga ko‘ra, bug‘doyning narxi 3 million so‘m atrofida bo‘ladigan bo‘lsa, “buxanka”ning narxi 2 800 so‘mdan, ya’ni bozordagi narxdan oshib ketmaydi.

“Bu eng pessimistik prognozlarimiz. Lekin o‘ylaymanki, tadbirkorlarimiz erkinlashtirish jarayonida ichki raqobatdan kelib chiqib, o‘z xarajatlarini kamaytirish va bozor o‘z o‘rnini yo‘qotmaslikka harakat qiladi. Buning natijasida ‘buxanka’ narxi bundan ham arzon bo‘lishi mumkin”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi