Filippinda suv toshqinlari qurbonlari soni 44 kishiga yetdi, 28 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanilmoqda. Bu haqda “TASS” Xavflar haqida ogohlantirish va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy kengashiga tayanib xabar bermoqda.
Suv toshqinlari oqibatida 4,5 mingta uy, 129 ta yo‘l va 14 ta ko‘prika zarar yetgan, 19 ta dengiz porti ishlashdan to‘xtab qolgan.
Toshqin kuchli yomg‘ir natijasida kelib chiqqan. 50 mingdan ortiq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)