• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Saakashvili og‘ir metallar bilan zaharlangan, bu nogironlikka va o‘limga olib kelishi mumkin” — toksikolog shifokor

    Amerikalik toksikolog Devid Smit Tbilisi sudida ko‘rsatmalar berdi, u yerda Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli, unga nisbatan hukmni kechiktirish haqidagi murojaat muhokama qilinmoqda. Bu haqda “Gruziya-Onlayn” xabar bermoqda.

    Foto: Gruziya Jazoni ijro etish maxsus xizmati

    Foto: Gruziya Jazoni ijro etish maxsus xizmati

    Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvili og‘ir metallar bilan zaharlangan. Uning aytishicha, miyaga, xususan, oq moddaga zarar yetishi natijasida kuchayib boruvchi demensiya kelib chiqqan.

    “Mening fikrimcha, u turli metallar bilan, shu jumladan, simob, mishyak va bariy bilan zaharlangan, ular yetarlicha jiddiy toksik effektga ega. Og‘ir metallarning bunday turlari muayyan vaqt oralig‘idan keyin organizmdan chiqib ketadi va mana shu jarayonda ular turli organlarni zaharlaydi. Natijada uning bosh miyasiga zarar yetgan”, — dedi Smit.

    Shifokor qayd etishicha, sobiq prezidentda periferik nevropatiya (bosh miyadan tashqaridagi asablarning zararlanishini) va mushaklar atrofiyasi kuzatilmoqda. Shuningdek, ovqat hazm qilish tizimi, jigar, yurak va buyrak kabi organlarga ham zarar yetgan.

    Tokiskolog ogohlantirishicha, Saakashvilining qonidagi og‘ir metallar nogironlikka va o‘limga sabab bo‘lishi ham mumkin. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident Tbilisidagi klinikada munosib davolanayotgani yo‘q. Smit Gruziyada ixtisoslashtirilgan muolajalar olish mumkin bo‘lgan tibbiy muassasa yo‘qligini ta’kidladi. Shu sababli Saakashvili oliy kvalifikatsiyaga ega klinikaga o‘tkazilishi kerak, bunday muassasalar, masalan, AQSHda bor, dedi u.

    Gruziyaning sobiq prezidenti qamoqxonada ikki marta ochlik e’lon qilish aksiyasi tufayli sog‘lig‘i yomonlashgani uchun 2022-yil may oyi o‘rtalaridan buyon Tbilisidagi “Vivamed” klinikasida yotibdi. Mixail Saakashvili derazalari panjarali palatada va qurollangan qo‘riqchilar nazoratida saqlanmoqda.

    Noyabr oyi o‘rtalarida Saakashvilining advokatlari siyosatchining ahvoli yomonlashgani, jumladan, o‘ng qo‘li atrofiyaga uchragani haqida xabar bergandi. Bungacha shifokorlar uning 35 dan ortiq kasallik, jumladan, aqliy zaiflik va silga chalingani haqida gumon qilayotgani aytilgandi.

    Siyosatchining onasi Giuli Alasaniya tibbiy hisobot natijalariga tayanib, 19-noyabr kuni Saakashvilining tanasida og‘ir metallar, jumladan simob, bor va talliy izlari topilganini ma’lum qilgan.

    Sobiq prezident 2021-yil 1-oktabrda Gruziyada hibsga olingan, unga nisbatan bir qancha jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Siyosatchi bankir Sandro Girgvliani o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi ishlari bo‘yicha sirtdan sudlangan. Birinchi holatda Saakashvili uch yilga, ikkinchisida olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Bundan tashqari, u 2007-yil 7-noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatib yuborish, “Imedi” telekompaniyasining pogromi va davlat byudjeti mablag‘larini o‘g‘irlash ishlarida ayblanuvchi deb topilgan va bu ayblovlar hali ham sudda ko‘rib chiqilmoqda.

    Bosh vazir Irakliy Gariboshvili, Mixail Saakashvilini uzoq vaqt qamoqda qolishi hamda butun jazo muddatini o‘tashini ta’kidlagan.

     

    Mavzuga doir:

    • Saakashvili hibsda vafot etsa, Yevroparlament Gruziyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishini rad etishi mumkin
    • Ukraina Saakashvilini qabul qilishga va davolashga tayyorligini ma’lum qildi
    • Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat
    30.12.2022, 12:09   Izoh (0)   16240
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moldova Ukrainadagi urush tufayli Rossiya bilan aloqalarni uzdi

    30.12.2022, 11:44

    Niagara sharsharasi kuchli qor bo‘ronidan keyin muzlab qoldi (foto va video)

    30.12.2022, 11:29

    Ukraina AQSHdan ATACMS raketalarini so‘ragan, biroq rad javobini olgan

    30.12.2022, 10:36

    Bayden 2023-yil uchun trillion dollarlik budjet loyihasini imzoladi

    30.12.2022, 10:14

    Shoh oilasiga yaqin bo‘lgan Rasputinning o‘ldirilishi, dorga osilgan Saddam Husayn va Chikagoda yuzlab inson umriga zomin bo‘lgan teatr yong‘ini. Kun xronologiyasi...

    30.12.2022, 09:30

    Ramzan Qodirov Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘ya olishini aytdi (video)

    29.12.2022, 23:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.