Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga yo‘llagan maktubida Ukrainaga qarshi janglarda qatnashgan KXDR askarlarini “qahramon” deb atadi.

Putin o‘z maktubida sovet va koreys qo‘shinlari Ikkinchi Jahon urushi davrida yelkama-yelka jang qilganini eslatib, “bu do‘stlik bugun ham mustahkam” ekanini ta'kidladi.
Rossiya prezidenti Shimoliy Koreya askarlarining Kursk viloyatini qaytarib olishdagi ishtirokini e’tirof qilib, ularning “jasorati va fidoyiligi abadiy eslanishini” qayd etdi. KCNA agentligiga ko‘ra, Pxenyanga tashrif buyurgan Rossiya Davlat dumasi spikeri Vyaсheslav Volodin ham Kim Chen Inga Ukraina armiyasiga qarshi jang qilgan askarlar uchun alohida minnatdorchilik bildirgan.
Janubiy Koreya tomoni bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida jang qilgan Shimoliy Koreya askarlari 10 mingdan oshgan, ulardan qariyb 600 nafari halok bo‘lgan. Koreyslar asosan Kursk viloyatidagi janglarda qatnashgan.
Rossiya armiyasi Kursk viloyatining katta qismini qaytarib olgach, koreys askarlari jang maydonida ko‘rinmay qoldi. Ular o‘z yurtiga yuborilgan bo‘lishi mumkin. Biroq Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Krill Budanovning aytishicha, Pxenyan yana 6000 nafar harbiy xizmatchi jo‘natish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Izoh (0)