• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kun bo‘yi yig‘lardim, ammo ko‘zimdagi yoshni artishni ham uddalolmasdim”. Elektron aravacha yordamida faol hayotga qaytgan Gulnoza Saidova hikoyasi (video)

    Gulnoza Saidova oliy ma’lumotli o‘qituvchi bo‘lib o‘quvchilarga saboq bergan. Afsuski, erta kelgan og‘ir dard sabab u bir kundayoq qo‘l-oyoqlarining harakatlanishidan mahrum bo‘lgan. Ammo u tushkunlikka tushgani yo‘q. Turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li uchun ham o‘zini qo‘lga olib, nogironlik aravachasida ham baxtli bo‘lish mumkinligini isbotlay oldi.

    “Ertalab turaman desam oyoq-qo‘llarim ishlamadi”

    — Nizomiy nomidagi pedagogika oliygohining o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlaganman. Oila qurib, farzandli bo‘lib yashab yurgan vaqtlarimda qattiq stressga uchradim. Ketma-ket kelgan og‘ir dard, ya’ni mikroinsult va bo‘g‘im xastalik sabab bir kunda yurolmay qoldim. Ertalab turaman desam, oyoq qo‘llarim ishlamay qolgandi. O‘shanda men uchun hayot tugadi, deb o‘yladim. U paytlarda nogironlik nima ekanligini ham bilmasdim. Ko‘zi ojiz qo‘shnimiz bor edi, shu nogironlik bo‘lsa kerak deb hayolimdan o‘tkazgandim.

    Yurib turgan insonning birdan to‘shakka mixlanishi juda qo‘rqinchli holat. Kun bo‘yi shiftga tikilib yotaman, menda nafas olish, ko‘z ochib yumish va xayolot bor xolos. Qolgan hech narsa qo‘limdan kelmasdi. O‘sha paytlari o‘g‘lim maktabning 4-sinfida o‘qirdi. Ertalab u maktabga, turmush o‘rtog‘im esa ishga ketardi. O‘g‘lim tushga yaqin kelganida ovqatimni berardi, keyin shomga qadar sport to‘garagida bo‘lardi. O‘g‘lim kelishini va chiroqni yoqishini intiqlik bilan kutardim. Kun bo‘yi yig‘lardim, ammo ko‘zimdagi yoshni artishni ham uddalolmasdim, — deydi Gulnoza Saidova.

    “Nogironligimdan uyalardim”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Nogironlikni uyat deb bilardim. Chunki tibbiy tekshiruvga turmush o‘rtog‘im ko‘tarib olib borardi. Odamlarning qarashi meni cho‘chitib qo‘ygandi. Shu bois ham kasalligim haqida yaqinlarimga ham aytmadim. Onam, opa-singillarim ko‘rgani boramiz deyishsa, turli bahonalar bilan Toshkentga kelishini istamasdim. Ko‘chaga ham chiqishni istamay, kun bo‘yi o‘z hayollarim bilan ovora edim.

    Bir kuni televizorda Respublika nogironlar jamiyati raisi Zuhra Rahmatullayevaning intervyusini ko‘rib qoldim. Uning “Bizga ishoning va imkon bering”, degan gapi menga oz bo‘lsa-da umid berdi. Nogiron insonlarning ham jamiyati borligini eshitib quvondim. U inson bilan uchrashdim, ko‘plab tadbirlarda ishtirok etdim. Yolg‘iz emasligimni va jamiyatda imkoniyati cheklangan insonlar uchun ham ko‘plab sharoitlar yaratilganini bilib. Yashashga bo‘lgan ishtiyoqim ortdi, — deydi Gulnoza Saidova.

    “Ko‘p sinovlarni yengdingiz, deb maslahat so‘rashadi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Har bir insonning ichida ikkinchi “men”i bo‘lar ekan. O‘ylashimcha, sog‘lom paytimda faqatgina bir “men”imdan foydalanganman. Imkoniyatlarim cheklangan ikkinchi “men”im ham uyg‘ondi. Men lider bo‘lib ortimdan o‘zimga o‘xshagan insonlarni ham ergashtirish mumkin ekan, deb fikr paydo bo‘ldi. Ilgari maktabda dars berganman, menda biznes bo‘yicha hech qanday taassurot yo‘q edi. Biznes treninglarda ishtirok etdim. To‘garaklarga qatnadim. Nogiron insonlarni o‘rganish uchun ular bilan ko‘proq suhbatda bo‘ldim.

    Xullas, nogironlik sabab o‘zimni qaytadan kashf etdim. Hozirgi kunga kelib, uyimga yo‘q deganda uyimda 2-3 ta odam maslahat so‘rab keladi. Ular orasida nafaqat nogironlikka chalinganlar, balki to‘rt muchasi sog‘ insonlar ham bor. “Siz og‘ir sinovni boshingizdan o‘tkazgansiz. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating”, deyishadi. Quvonib ketaman, ularni kayfiyatini ko‘tarib, hayotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga harakat qilaman, — deydi Gulnoza Saidova.

    “Menga berilgan madadni boshqalarga ham berishni istadim”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — 2015-yil Sergeli tuman nogironlar jamiyati ochilgan bo‘lsa, avvalgi raisimiz meni yordamchi bo‘lishga taklif qilgandi. U paytlari boshqa tumanda yashagan bo‘lsam-da, jamiyat rivojiga o‘z hissamni qo‘shib yurgandim. Keyin prezidentimizning qarorlari bilan nogiron va ehtiyojmand oilalarga shu tumandan uy berildi. Men ham shuncha yildan buyon ijara uyda yashardim. Qaror ijrosi sabab, biz ham uylik bo‘ldik.

    Mahallamizda poytaxtning turli tumanlaridan ko‘chib kelgan 152 nafar nogiron insonlar ham istiqomat qiladi. Bir paytlar menga ishonch bergan, nogiron ekanligimdan uyalmaslikka undagan insonning estafetasini davom ettirish maqsadida ilk ishni nogironlarni ro‘yxatga olish va ularni o‘rganishdan boshladim. 3-4 yil ko‘ngilli bo‘lib yurganimdan so‘ng menga tuman nogironlar jamiyati raisligini topshirishdi. Ammo meni lavozimni egallash niyatim bo‘lmagan. Shunchaki bir paytlar menga ko‘rsatilgan ruhiy madadni, men ham boshqalarga berishni istagandim, xolos, — deydi Gulnoza Saidova.

    “Menga ‘Mers’ berishdi”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bundan 10 yil avval ham nogiron insonlar bo‘lgan. Ammo u paytdagi imkoniyati cheklangan inson bilan bugungisi o‘rtasida katta farq bor. Mana bunga o‘zim yorqin misolman. O‘tgan yili prezidentimizning tashabbusi bilan yurtimizdagi juda ko‘plab nogironlarga elektron aravacha berildi. Imkoniyati cheklangan inson uchun bu chinakamiga baxt. Boisi bu “Mers”im bilan 3,5 km masofa yurolaman. Bu degani nogiron inson hamrohsiz o‘qishga, ishga yoki do‘konga borib kelishi mumkin. Bu aravacha bozorda 8-10 million so‘m turadi. Ammo hamma nogiron insonning buni olishga imkoniyati yo‘q. Shu bois prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ishlar nogironlarning yashashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshiryapti, — deydi Gulnoza Saidova.

    Mavzuga doir:

    • “Hech bir to‘siq maqsadlarimga yetishishimga qarshilik qilolmaydi” — nogironlik aravachasida bo‘lsa-da, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan talaba qiz hikoyasi (video)
    • “O‘quvchilarda ijobiy o‘zgarishlar sezilyapti” — “Zamin” fondi tomonidan eshitish apparatlari tarqatilgan maktab-internati haqida reportaj (video)

    29.12.2022, 23:15   Izoh (0)   29812
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda maktab bitiruvchilarining 27 foizi kelajakda ta’lim sohasida ishlamoqchi

    29.12.2022, 22:40

    O‘zbekistonga olib kelingan “Dok-1 Maks” preparatining bir nechta partiyasida zaharli modda aniqlandi

    29.12.2022, 22:18

    O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyada ayblanib, javobgarlikka tortildi

    29.12.2022, 21:20

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

    29.12.2022, 20:11

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan 2022-yil davomida qanday ishlar amalga oshirildi?

    29.12.2022, 20:10

    O‘zbekiston jahon tillari universitetiga qarashli yer davlat zaxirasiga qaytarildi

    29.12.2022, 19:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.