• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hech bir to‘siq maqsadlarimga yetishishimga qarshilik qilolmaydi” — nogironlik aravachasida bo‘lsa-da, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan talaba qiz hikoyasi (video)

    Hayotda jismonan sog‘ bo‘lsa-da, jamiyatda o‘z o‘rnini topolmagan, atrofdagilar koriga yaramaydigan insonlar juda ko‘p. Ularning qimmatli vaqtini behuda sarflayotganini ko‘rib achinasan kishi. Ammo atrofimizda shunday insonlar ham ular imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, hayotda o‘z o‘rnini topishga intiladi. “Daryo”ning navbatdagi qahramoni Madina Po‘latova orttirilgan xastalik sabab, yurish baxtidan mahrum bo‘lgan. Ammo u tushkunlikka tushishni istamaydi, aravachada harakatlanib bo‘lsa-da, yuksak orzulariga erishishni ko‘zlamoqda.

    Madina Po‘latova 2002-yilning 17-sentabr sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. Kenja qizning sog‘lom tug‘ilgani ota-onasini quvontirgani aniq. Qizaloq sog‘lom bolalar singari atak-chechak qilib harakatlangan. Afsuski, noto‘g‘ri qo‘llanilgan tibbiy muolaja sabab bir kundayoq oyoqlari harakatdan to‘xtagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bir vaqtlar men ham sog‘lom inson edim. Lekin baxtsiz hodisa tufayli yurish baxtidan mahrum bo‘lganman. Ammo bu sog‘lom insonlar bilan muloqotga kirishib ketishimda qiyinchilik tug‘dirmagan. Chunki ota-onam va jigarlarim qo‘llab-quvvatlashi natijasida hech qachon o‘zimni ojiz hisoblamaganman. Dadajonim “Qizim ko‘nglingni o‘ksitma. Sen nogironlik aravachasida bo‘lsa-da, dunyolarni zabt etasan”, degan. Avvalo, har bir narsa oiladan boshlanadi. Farzand oila a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, u “Shu ishni bajara olaman”, degan ishonch bilan ulg‘ayadi. Insonning qalbi sog‘lom bo‘lsa, jamiyatning nogironligi bo‘lgan shaxslarni ham qabul qilishi oson bo‘ladi, — deydi Madina Po‘latova.

    Odatda imkoniyati cheklangan insonlar jamiyatga qo‘shilishni unchalik istashmaydi. Ularda tortinish, qo‘rquv va xavotir hissi bo‘ladi. Ammo Madina bolalikdan ilm olishga qiziqqani va uyda berilgan ta’limdan qoniqmay an’anaviy maktabda tahsil olishni istaganini quyidagicha izohlaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Birinchi sinfdan to yettinchi sinfga qadar yakka tarzda uyda ta’lim olganman. Ammo ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqim sabab, uydagi ta’limdan qoniqmadim. Birinchi prezidentimizga iltimosnoma yozib, hamma qatori maktabda o‘qishimga ruxsat berishlarini so‘raganman. Bu bilan qaysidir ma’noda inklyuziv ta’limning shakllanishiga o‘z hissamni qo‘shganman, desam ham bo‘ladi. Shundan so‘ng yettinchi sinfdan to o‘n birinchi sinfga qadar sog‘lom bolalar bilan birdek maktabda tahsil olganman. Bu meni yanada ruhlantirgan va hayotga bo‘lgan qiziqishimni oshirgan, — deydi Madina Po‘latova.

    Madina Po‘latova ba’zi insonlarning nogironlarga bo‘lgan munosabatidan ranjib, jamiyatda qo‘shilishni istamagani va ruhiy tushkunlikka tushib qolgani haqida ham so‘zlab berdi.

    Foto: Madina Po‘latovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Madina Po‘latovaning shaxsiy arxividan

    — O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan insonlarga jamiyatning munosabati haqida juda ko‘plab monitoringlar o‘tkazganman. Nogironlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa-da, ba’zi insonlarning yomon munosabati ko‘ngilni g‘ash qiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlar ham savdo yoki xizmat ko‘rsatish binolarini ishga tushirayotganida nogironligi bo‘lgan va harakatlanish imkoniyati cheklangan insonlarni ham hisobga olishlari kerak deb o‘ylayman.

    Prezidentimizning shahar yo‘nalishlarida nogironlar uchun maxsus yo‘lakchalari bor avtobuslar xarid qilinishi va yer osti va usti metrolarida nogironligi bo‘lgan insonlarga hamroh bo‘luvchi metropoliten xodimlarining borligi kishini quvontiradi. Istaymanki, avtobus chiptachilari sharoitlardan amalda foydalanishsin. Chunki nafaqat nogiron, balki sog‘lom insonning ham yo‘lovchi taksilardan foydalanishga har doim ham sharoiti bo‘lmaydi. O‘qishga ketayotganda hamisha jamoat transportidan foydalanaman, — deydi Madina Po‘latova.

    O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan insonlarning ilm olishiga va kasb-hunar o‘rganishiga ko‘plab imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, bunday yoshlar imtiyozli ravishda talabalikka tavsiya etiladi. Madina ham bu imkoniyatdan foydalanib, bugungi kunda O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olmoqda.

    Foto: Madina Po‘latovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Madina Po‘latovaning shaxsiy arxividan

    — Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy ish fakultetining 2-bosqich talabasiman. Aslida o‘quv xonalarimiz universitet binosining to‘rtinchi qavatida joylashgan. U yerda nogironlik aravachasi sig‘adigan lift bor bo‘lishiga qaramay rahbariyat aynan inklyuziv talabalar uchun birinchi qavatdan o‘quv xonasi ajratgan. Bir necha yildan buyon ishlaganim sabab. Sirtqi ta’limda o‘qishni istaganman. Ilgari nogironlar jamiyatida ishlagan bo‘lsam. Hozirgi kunda suv yetkazib berish firmasida operator bo‘lib ishlayman.

    Avval nogironlik aravachasiga o‘tirib tashqariga chiqqanda odamlardan uyalardim. Jamiyatda imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishgandan so‘ng men ham barcha fuqarolar singari teng huquqli ekanligimni angladim. Hozir ham o‘qishga borganda hech kimdan uyalmayman, aksincha sog‘lom kursdoshlarim davrasida a’lo baho olsam seminarlarda faol ishtirok etsam faxrlanaman. Alloh bergan sinovdan uyalishga hech kimning haqqi yo‘q, — deydi Madina Po‘latova.

    Madina Po‘latovaga hindistonlik shifokorlar yurib ketishi mumkinligini aytishgan. Ammo buning uchun u nihoyatda murakkab operatsiyani boshdan kechirishi lozim. Turgan gapki, bunday jarrohlik amaliyoti yaxshigina mablag‘ni talab etadi. Ammo qahramonimiz taklifni rad etgan va yana O‘zbekistonga aravachada qaytib ketishni lozim ko‘rgan. Xo‘sh, nega u operatsiyaga rozi bo‘lmagan?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Menda orttirilgan nogironlik bo‘lgani uchun ota-onam nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham davolatishga harakat qilishgan. Hindistonga borganimizda shifokorlar tekshirib yurib ketishimga umid borligini aytishgan. Ammo rozi bo‘lmaganman. Chunki men ota-onamning yolg‘iz farzandi emasman. Mendan tashqari, akam va opam ham bor. Ota-onamning topgan mablag‘i va e’tibori menga qaratilishini istamaganman. Shu bois jarrohlik amaliyotiga rozi bo‘lmay O‘zbekistonga qaytganman.

    Ba’zi insonlar nogironligi bo‘lgan shaxslarga boqimanda deb qarashadi. Ammo bundan emas. Shaxsan men nogiron bo‘lsam-da, hamma qatori fikrlay olaman, ishlayman va o‘qiyman. Oldimdagi hech bir to‘siq maqsadlarimga yetishishimga qarshilik qilolmaydi. Yurtimizda nogironlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanib, jamiyatda o‘z o‘rnimni topishga intilaman, — deydi Madina Po‘latova.

    Mavzuga doir:

    • “O‘quvchilarda ijobiy o‘zgarishlar sezilyapti” — “Zamin” fondi tomonidan eshitish apparatlari tarqatilgan maktab-internati haqida reportaj (video)
    • Shuhrat Abdurahmonov Andijonda yangi qurilgan uylar nogironlarga qulayligini quruvchilarni aravachaga mindirib sinab ko‘rdi (video)

    28.12.2022, 20:09   Izoh (0)   7257
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dekabrda samolyotlar 58 marta boshqa aeroportga yo‘naltirildi

    28.12.2022, 19:58

    “Jasoratini ko‘rib qoyil qoldim”. Sirdaryo hokimi maktabga borish uchun daryo kechib o‘tayotgan o‘quvchi qiz haqida

    28.12.2022, 18:47

    Toshkent viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

    28.12.2022, 18:35

    Qarshi shahridagi “Gungon” mahallasida abgor ko‘cha bor: aholi jar solsa-da, rahbarlar befarq ekani aytilmoqda

    28.12.2022, 18:10

    “Maqsad — taqiqlar jamiyatini emas, balki huquqiy jamiyatni yaratish” — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Axborot kodeksi haqid...

    28.12.2022, 16:57

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    28.12.2022, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.