Rossiya qo‘shinlari o‘z oldiga 2022-yil oxirigacha Donetsk viloyatining ma’muriy chegaralariga yetib borish vazifasini qo‘ydi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarga tayanib, Fokus.ua xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qurolli kuchlari harbiy texnika va qurol-yarog‘larning katta qismini Baxmut hududida to‘plagan, biroq ruslar butun front chizig‘ida pozitsiyasini mustahkamlay olmaydi. Buning natijasida, ular hujum uchun ma’lum yo‘nalishlarni tanlaydi, u yerga maksimal kuchlar to‘playdi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Biroq, Ukraina qo‘shinlari Baxmutni ushlab turishda davom etmoqda, Rossiya harbiylari yo‘qotishlarga duch kelmoqda va bu oldinga siljishga yo‘l qo‘ymayapti. Malyarning aniqlik kiritishicha, rossiyalik harbiylar hududda unchalik muvaffaqiyatga erishmagan, biroq Ukraina qurolli kuchlari ularni hududdan chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.
“Bugungi kunga kelib, dushman shaharni o‘rab olishga harakat qilmoqda va bunga ham erisha olmayapti”, deya qo‘shimcha qildi Mudofaa vazirligi vakili.
Avvalroq rus harbiylari kichik guruhlarga tarqalib, Baxmut yo‘nalishida taktikani o‘zgartirgani ma’lum qilingandi. Ukraina armiyasida bu harakatlarni kuzatishda kuchli monitoring tizimi mavjud.
“Baxmutdagi vaziyat juda qiyin, lekin uni boshqarish mumkin. Qarshi tomon u yerdan qaytarilishiga umid bor”, — degan edi Ukraina mulozimi. U “Baxmut yo‘nalishida ‘Vagner’ xususiy harbiy kompaniyasi kichik hujum guruhlarini tuzayotgani, ular pozitsiyalarga imkon qadar tezroq yetib olish va xandaqlarga kirish uchun tarqalib ketishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qilgandi.
Izoh (0)