• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Xalq IPO’si aslida nima, unda oddiy aholi va kompaniyalar qanday foyda ko‘radi?

    O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xususiylashtirish jarayoniga e’tibor kuchaymoqda. Xususan, 2022—2023-yillarda yigirmadan ortiq davlat ishtrokidagi yirik korxonalarni xususiylashtirish rejalashtirilgan.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Joriy yilning 17-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

    20-dekabr kuni esa Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2023-yilda “katta xususiylashtirish” boshlanishi, mingga yaqin korxona savdoga chiqarilishini ta’kidladi.

    “Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin. Shuning uchun, topshiriq berdim.

    Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalq IPO‘si bo‘lishiga ishonaman”, — degan prezident.

    Nima sababdan IPO bunday muhim voqea hisoblanadi va bu aholiga qanday naf keltiradi? Daryo sharhida shu masala ko‘rib chiqiladi.

    IPO nima va u nimaga o‘tkaziladi?

    IPO (Initial Public Offering) — bu kompaniya aksiyalarining fond birjasida birinchi joylashtirilishi.

    Aksiya — bu korxona ishlab chiqaradigan qimmatbaho qog‘oz. Aksiyalarni sotib olgan aholi vakillari yoki kompaniyalar biznesga sherik bo‘lib qoladi.

    Kompaniya uchun IPO — bu manfaatli shartlarda yirik investitsiyalarni jalb qilish usuli.

    Masalan, 2011-yilda NASDAQ Amerika fond birjasida aksiyalarni birinchi marta ommaviy joylashtirish natijasida “Yandeks” kompaniyasi 1,3 mlrd dollar miqdordagi mablag‘ni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.

    Moliyaviy manfaatlardan tashqari, korxona o‘z obro‘sini mustahkamlaydi va keng tan olinadi.

    Yirik kompaniyalarning IPO’ga chiqishi muhim voqea bo‘lib, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otadi.

     

    Shuningdek, IPO o‘tkazish — xususiylashtirish usullaridan biri. So‘nggi yillarda hukumat kompaniyalarni kimoshdi savdosi va arizalar qabul qilish yo‘li bilan sotish orqali iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga harakat qilmoqda.

    Xalq IPO’si aslida nima?

    Xalq IPO’si — bu kompaniya aksiyalarini brokerlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri jismoniy shaxslarga sotish.

    Bu oddiy odamlarga yirik milliy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish va shu orqali nafaqat kompaniya foydasining bir qismini olish, balki uni rivojlantirishda ishtirok etish imkonini ham beradi.

    Xalq IPO’sida aksiyalar birinchi navbatda jismoniy shaxslarga — mamlakat fuqarolariga sotiladi.

    Xalq IPO’si kompaniya uchun qanchalik foydali?

    Kompaniya ishlab chiqarishni kengaytirish uchun pulga muhtoj. Bankdan kredit olinganida esa foiz to‘lash va mulkni garovga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bank o‘rnatadigan qattiq to‘lov taqvimi biznesni xotirjam olib borishni qiyinlashtiradi.

    Jahon moliyaviy amaliyotida bank kreditining muqobil varianti bor — investorni jalb qilish. Shu orqali tadbirkorlar o‘z biznesini yanada rivojlantira oladi.

    Xalqa IPO’si yordamida kompaniyalar qo‘shimcha sarmoyalarni mamlakatning oddiy fuqarolaridan oladi.

    Ko‘pincha davlatning o‘zi iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni kamaytirish uchun kompaniyalarning ulushini sotadi.

    Xalq IPO’si aholi uchun qanchalik foydali?

    Aksiyalarga egalik qilish aholiga kompaniyaning rivojlanishi va o‘sishidan foyda olish imkoniyatini beradi. Bu yillik to‘lovlar — dividendlar va aksiyalar narxining oshishi orqali sodir bo‘ladi.

    Xalq IPO’si uchun eng barqaror kompaniyalar tanlab olinadi. Ularning aksariyati o‘z daromadlarini mamlakat ichidagi faoliyati orqali amalga oshiradi ya’ni bu jahon bozorlaridagi vaziyatga bog‘liq bo‘lmaydi.

    Mazkur barqarorlik investorlarni jalb qiladi, bu esa ularga bo‘lgan talabni va narxlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Nega davlatga Xalq IPO’si kerak?

     

    Birinchidan, davlat uchun Xalq IPO’si — bu xalq pullarini mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga jalb qilish usulidir.

    Davlat kompaniyalari IPO davomida to‘plangan mablag‘larni ularni yanada rivojlantirish, aktivlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirishga yo‘naltirishi mumkin.

     

    Ikkinchidan, Xalq IPO’si muhim vazifaga — fond bozorini rivojlantirishga yordam beradi.

    Yetakchi korxonalar aksiyalarini sotib olish imkoniyati bilan sarmoyadorlar doirasi kengayadi. Aksiyalarga talabning ortishi ularning likvidligining oshishiga olib keladi va bu o‘z navbatida, fond bozorining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Aholining qimmatli qog‘ozlarni sotib olishdagi faolligi bozorga katta mablag‘ olib keladigan yirik investorlarni jalb qiladi.

     

    Uchinchidan, uning yordamida davlat milliy boylikni mamlakat fuqarolari o‘rtasida taqsimlaydi.

    Muvaffaqiyatli korxonalarning aksiyalariga egalik qilish fuqarolarga ularning rivojlanishi va o‘sishidan foyda olish imkoniyatini beradi.

    Dunyo tajribasi: Buyuk Britaniyada IPO

    Buyuk Britaniyada keng miqyosda xususiylashtirish va IPO jarayoni o‘sha vaqtlardagi mamlakat Bosh vaziri Margaret Tetcher boshchiligida kuzatilgan (1979—1990).

    Margaret Tetcher davrida Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tuzilgan eng muhim xususiylashtirish bitimlari:

    • 1982-yilda Amersham International yadroviy tibbiyot kompaniyasi 63 mln funt sterlingga (hozirgi kunda 97 mln dollar) sotilgan;
    • 1984-yilda British Telecom kompaniyasi 3,9 mlrd funt sterling (6 mlrd dollar) evaziga sotilgan;
    • 1986-yilda British Gas 5,6 mlrd funt sterlingga (8,6 mlrd dollar) sotilgan;
    • 1987-yilda British Airways 900 mln funt sterlingga (1,4 mlrd dollar) sotilgan;
    • 1987-yil Rolls-Royce 1,4 mlrd funt sterlingga (2 mlrd dollar) sotilgan.

    1990-yilga kelib mamlakatda 600 ming ishchi ishlaydigan 40 dan ortiq Buyuk Britaniya davlat korxonalari xususiylashtirilgan.

    1979—1990-yillarda Buyuk Britaniyada 60 milliard funt sterlingdan ortiq davlat aktivlari sotilgan va milliylashtirilgan sanoatning bandlik ulushi 9 foizdan 2 foizgacha kamaygan.

    Tetcher vazir sifatida faoliyatini boshlagan vaqtda mamlakatdagi aksioner aholining soni uch milliondan 12—15 milliontagacha oshgan.

    Xorijiy tajriba: dunyo tarixidagi eng yirik IPO

    2014-yil sentyabrda Nyu-York fond birjasida Alibaba Grup Holding Ltd Xitoy xoldingining (egasi “Taobao.com”, Tmall, “Alibaba.com”, AliExpress va boshqalar) aksiyalari joylashtirilgan edi. Aksiyalarga bo‘lgan yuqori talab tashkilotchilarga ushbu qimmatbaho qog‘ozlarning dastlabki narxlar diapazonini oshirishga, va natijada ko‘proq pul jalb qilishga imkon yaratdi.

    Ko‘pincha aksiyalar joylashtirilgan birinchi kunida “IPO sakrashi” ro‘y berib, shunda narxlar keskin ko‘tariladi. Birinchi sessiya natijalari bo‘yicha Alibaba aksiyalari 38 foiz o‘sdi va har birining narxi 93,89 dollar ga yetdi.

    IPO natijasida Xitoy xolding kompaniyasi bozor qiymati bo‘yicha Facebook, Amazon va JPMorgan Chase bankni ortda qoldirdi. Alibaba kapitalizatsiyasi 231,4 milliard dollarni tashkil qildi.

    O‘zbekiston tajribasi: tariximizdagi ilk IPO

    2018-yilda “Toshkent” fond birjasida “Kvars” aksiyalarining sotuvi start oldi. 3,3 mingdan ortiq kishi shisha zavodining yangi aksiyadorlariga aylandi.

    Aholi ko‘proq qimmatbaho qog‘ozlarni kichik miqdorda oldi - 2 dan 100 dona aksiyagacha, maksimal paket soni esa 2287 dona aksiyadan iborat bo‘ldi.

    Brokerlar buni O‘zbekistonda fond bozori endigina rivojlana boshlagani va investorlar dastlabki taxminiy qadamlarni qo‘yayotgani bilan izohlashdi. Qimmat qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘ ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga yo‘naltirildi.

    “Kvars” aksiyalarini ikkilamchi joylashtirish (SPO) 2019-yilning oxirida amalga oshirildi. Tashkilotchi sifatida Freedom Broker xalqaro investitsion kompaniyasi bo‘ldi. Zavod avvaliga 4,82 mln aksiyalarni sotishni rejalashtirgan edi, ammo obuna jarayoni davomida brokerlar 4,89 mln aksiyalar uchun talabnomalar olishga erishdilar. Talab 101,4 foizni tashkil qildi.

    Oddiy odamga aksiyalarni sotib olish nima uchun kerak?

    Qimmatbaho qog‘ozlar — dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida foyda ko‘rishning keng tarqalgan an’anaviy vositasi. Masalan, Gallup Amerika jamoatchilik fikri institutining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning aprel—may holatiga ko‘ra, 58 foiz amerikaliklar aksiyalarga egalik qiladi.

    Aksiyalar xaridorlari nimaga ega bo‘ladi:

    • Aksiyalarning katta paketini sotib olgan investor aksiyadorlar majlisida ovoz berish yo‘li bilan biznesni boshqarishga ta’sir qila boshlaydi.
    • Ma’lum vaqt o‘tganidan keyin sotib olingan aksiyalarni qimmatroq sotish imkoniyati bo‘ladi.
    • Kompaniyada yangitdan foyda olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
    23.12.2022, 06:00   Izoh (1)   44264
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Bahora Sadirdinova

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5132389856@telegram.org / 18.05.2023, 09:47

      Xalq ushbu aksiyalarni sotib oldi deylik. Ushbu aksiyalarga nisbatan yaqin kelajakda (5-10 yil) siyosat o'zgarmasligiga, ya'ni tizim boshqa tomonga qarab yurishligiga ekspertlarni fikrini keltira olasizmi? Ya'ni oddiy axoli ushbu aksiylar orqali foyda olish darajasi qay darajada ishonchli?

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniya Uniper energetika kompaniyasini milliylashtirishni yakunladi

    22.12.2022, 23:40

    Toshkentdagi biznes-markaz auksionda O‘zbekistondagi banklardan biriga sotildi. Narx — 42 mlrd so‘m

    22.12.2022, 22:42

    Jastin Biber o‘z mualliflik huquqini 200 million dollarga sotadi — WSJ

    22.12.2022, 18:44

    O‘zbekiston yetti oydan keyin birinchi marta oltin sotdi. Mamlakat tashqi savdosida vaziyat qanday?

    22.12.2022, 00:47

    O‘zbekiston banklari o‘n bir oyda qariyb 9 trln so‘mlik sof foydaga erishgan — Markaziy bank

    21.12.2022, 18:50

    Ilon Mask joriy yilda 2021-yilda topgan boyligidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ yo‘qotdi — Bloomberg

    21.12.2022, 17:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.