Kanadalik estrada xonandasi Jastin Biber o‘z musiqasiga mualliflik huquqini Hipgnosis Songs Capital intellektual mulk boshqaruv kompaniyasi bilan sotish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda manbalarga tayanib The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Xonandaning nashr etilgan va yozib olingan kompozitsiyalari katalogini o‘z ichiga olgan potensial kelishuv 200 million dollarni tashkil qilishi mumkin.
Hipgnosis filmlar, reklama roliklari va internet-efirlarda foydalanib, daromad olish uchun san’atkorlar musiqasiga huquq sotib oladi.
Oktabr oyida Blackstone va Hipgnosis Song Management investitsiya guruhi hamkorlikni e’lon qildi. Ular xonandalar kataloglarini sotib olish uchun 1 milliard dollargacha sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq amerikalik xonanda Jastin Timberleyk Hipgnosis Song Management’ga qo‘shiqlari, jumladan, Cry Me A River va Rock Your Body xitlari uchun huquqlarni sotgan edi.
Iyun oyida Jastin Biber unga Ramsey-Xant sindromi tashxisi qo‘yilgani, shu sababli yuzining bir qismi falaj bo‘lganini aytgan edi.
Izoh (0)