Toshkent shahri Chilonzor tumanida 21-dekabr kuni Audi avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, soat 16:32 da tumanning “Qozirobod” MFY hududidan o‘tgan Kichik halqa yo‘li ko‘chasida Audi avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:54 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida avtomobilning motor hamda salon qismi yonib zararlangan. Yong‘in elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv ortidan sodir bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hodisa oqibatda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga doir:
Izoh (0)