Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llamoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
“Biz korrupsiya haqida ko‘p gapiramiz, lekin tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilsa, nima uchun vazir javob bermasligi kerak? Endi so‘rov boshqacha bo‘ladi.
Vazir o‘z tizimiga ajratilgan mablag‘larni samarali va maqsadli ishlatish bo‘yicha birinchi bo‘lib, o‘zi javob beradi. Davlat vakillari o‘zining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.
Endi, vazirlarning siyosiy mas’uliyati oshirilib, hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.
Har bir viloyatdagi muammolarni yechish uchun, har oyda joyiga chiqqan holda “Hukumat kuni” o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi. Vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo‘yicha hisobot beradi. Ta’kidlab aytmoqchiman – endi, qaysi vazir o‘z ishini eplay olmasa, iste’foga chiqadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga doir:
Izoh (0)