“O‘zgidromet” 21-dekabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo‘ladi.
“O‘zgidromet” 20-dekabr kuni Kavkaz hududlaridan sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanib, 21-dekabrda respublikaning barcha hududlariga tarqalishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)