Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llamoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Davlat rahbari birinchi navbatda, e’tibor Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishini ta’kidladi.
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi. O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi. Kelasi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi», — dedi prezident.
Prezidentning aytishicha, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
”O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman. 2023-yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishni boshlaymiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)