• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Shaytanat”dagi Shomil — Abduxalil Mingnorov pulsizlikdan qiynalib, “Chorsu”da go‘sht sotgani hamda Yodgor Sa’diyev sabab san’atga qaytgani haqida

    Aktyor Abduxalil Mingnorov tomoshabinlarga “Shaytanat” seriali orqali yaxshi tanish. Ammo uning ijodi faqatgina bu rol bilan chegaralanmagan. U “Yoningdaman, ota”, “Zurriyot” va “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” kabi filmlarga rejissorlik qilgan. “Shaytanat”dagi kallakesar Shomilning Imom Termiziy rolini mohirlik bilan ijro etgani esa ko‘pchilik uchun yangilik bo‘ldi.

    “Madaniyat uyidan chiqqan mashhurlar”

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    — San’atga mehr qo‘yishim juda qiziq kechgan. Mahallamiz yaqinida Madaniyat uyi tashkil etilgandi. Darsdan keyin turli to‘garaklarga borib, hunar o‘rganardik. O‘sha paytlarda mashhur bo‘lgan “Bahor qaytmaydi” videofilmining rejissori Mirabbos Mirzaahmedov aktyorlik to‘garagiga rahbar bo‘ldi. Shu inson sabab juda ko‘p bolalar san’atga mehr qo‘ydi. Abdurayim Abduvahobov, Fathulla Mas’udov, Jahongir Qosimov va men to‘garakning ilk qaldirg‘ochlari bo‘ldik.

    Keyin uyimizda tugunga tugilgan, eski dutor turardi. Bir kuni onamdan dutor kimniki ekanligi haqida so‘radim. “Bolaligimda teatrga borib, dutor chalishni o‘rgangandim. Akalarim bilib qolib, dutorni sindirib, uyga olib kelishgan”, deb gapirib bergandi. San’atga bo‘lgan mehr onamdan o‘tganmi bilmadim, akam ikkimiz ham san’atkor bo‘lishni niyat qildik. U sozanda, men esa aktyorlik bo‘yicha tahsil oldim.

    “Ijodkorlar o‘rtasidagi urush”

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    — Institutni bitirgach, hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatriga ishga kirishni istagandim. Ammo yo‘llanma asosida Samarqand teatriga ishga yuborishdi. Ikki yil ishlab, yana Toshkentga qaytdim. “Agar Milliy teatrga ishga olishsa, san’atni davom ettiraman”, degan niyat bilan teatrga borsam, sinov asosida ishga olishdi. Ammo 1981-yillarda teatrdagi vaziyat u qadar yaxshi emasdi. Ijodkorlar ikkiga ajralib qolishgan, hatto yoshlar narigi tomon bilan gaplashishsa ham chetga olib “Nega ular bilansan?” degan so‘roqlar bo‘lardi. Yosh aktyorlar xuddi ikki tomon orasidagi o‘tga o‘xshab qolgandi.

    Teatrda Bahodir Yo‘ldoshev bilan 15 yilga yaqin ishladim. Faxr bilan aytolamanki, u insondan juda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Bahodir akani ko‘pchilik yoshlar tushunmasdi, o‘rtada tushunmovchiliklar yuzaga kelardi. Chunki u shunday rejissor ediki, aktyorlar uning xayolidagi fikr bilan ishlashlarini istardi.

    Milliy teatrda olti yil ishlab, juda ko‘p ustoz san’atkorlarning ta’limini oldim. Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, Zaynab Sadriyeva, Sora Eshonto‘rayeva, Zikir Muhammadjonov kabi ko‘plab ustoz san’atkorlar bilan bir sahnada ishladim. Ammo hozirgacha tushunmayman, ijodkorlar nega bir-biri bilan kelisholmay qolgan? Teatr ikkiga bo‘linib, parokanda bo‘ldi. Ijodkorlarning bir qismi sobiq Hamza teatrida, qolgani esa yangi tashkil etilgan teatrga o‘tib ketishdi. Ular qatorida men ham bor edim.

    “Topgan puling harom”

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    — Hozir vaziyat qanday bilmadim, ammo men ishlagan vaqtlarda teatrning maoshi bilan yashash juda qiyin edi. Shu bois ba’zi san’atkorlar to‘yga chiqishga majbur bo‘lishdi. Ammo u paytda ko‘plab teatr va kino aktyori to‘ydan tirikchilik qilishga or qilishardi. Bir kuni majlis bo‘ldi. Unda ustoz san’atkorlardan biri turib, to‘yga borgan ijodkorni ko‘rsatib: “Topgan puling harom”, dedi. Ammo ular moliyaviy tanqislik sabab shunga majbur bo‘lishardi. 1994-yilga kelib, majburlikdan teatrdan ketishga qaror qildim. Eski shahar bozoriga borib, savdo qilishni boshladim. Mol yog‘i, go‘shti va jigari bilan savdo qilardim. Tanish somsapazlarga go‘sht yetkazib turardim. Yashirmayman, bozorda ishlab qo‘lim pul ko‘rdi. Eski bo‘lsa-da, mashina sotib oldim. 2006-yilga qadar bozorda ishlab, moliyaviy ahvolimni yaxshilab oldim.

    “Shaytanat”da suratga tushishni istamagandim

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube

    — “Shaytanat” serialining suratga olinishi boshlanganida Shomil roli Seydulla Maldaxonovga berilgan ekan. Ammo o‘rtada nimadir bo‘lib, uni boshqa rolni topshiribdi. Shundan keyin Jahongir Qosimov Yodgor Sa’diyevga meni taklif qilgan. Avvaliga rad etganman. “Yana nomi ulug‘ suprasi quruq ishga qaytmayman”, degandim. Bir kuni Jamshid Zokirov uyimga kelib, “Xo‘p degin, yaxshi rol” degan. Xullas, xushlamay Shomil rolini ijro etganman. Serialning boshida xushlamay rolni ijro etganim yaqqol seziladi. Ammo bu rol tashrif qog‘ozimga aylanib qoldi. Hatto, chet elga borganimda ham Shomilni ko‘rishgani haqida aytib berishgandi.

    “San’atdan ketolmay qoldim”

    Foto: A.Mingnorov arxividan

    Foto: A.Mingnorov arxividan

    — Aslida san’at ham bir kasallik. Unga sho‘ng‘ib ketgandan keyin, ajralish juda qiyin. Olqish olgandan keyin bozorda ishlay olmadim. Televideniyeda “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” degan ko‘rsatuvni suratga olib, ssenariylar yozardim. Bir kuni Yusuf Roziqov “Sen yozishni bilasan, rejissorlik qilolasan. Kattaroq ish qilsang-chi”, dedi. Xullas, mana shu inson sababchi bo‘lib rejissorlikka mehrim yanada uyg‘ondi. Bir nechta qissalarni ssenariyga aylantirib, sohani o‘zim uchun qaytadan kashf etdim. “Zurriyot”, “Fidoyilar”, “Yoningdaman, ota” kabi filmlarni suratga oldim.

    “Tanqidlarga uchragan film”

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    — “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmini suratga olish g‘oyasi paydo bo‘lganida biroz ikkilanganman. Chunki u inson haqida to‘liq ma’lumot berilgan birorta manba yo‘q. Uch yil davomida uydan chiqmay yozgan hadislarini o‘rgandim. Shu bilan birga o‘sha zamonda yashagan insonlarning kitoblarini ham o‘qib, ular qoldirgan ma’lumotlarni badiiylashtirib, ssenariyga kiritdim. Ma’lumotlarning ozligi uchun loyihani tark etmoqchi ham bo‘ldim. Shunda film prodyuseri Nasrullo Sa’dullayev “Pul yo‘q bilaman, qiynalib ketding, ammo kel shu ishni savob uchun qilaylik”, deb loyihani davom ettirishimga sabab bo‘lgan paytlar ham bo‘ldi. Qiyinchilik bilan qilingan ish hamisha o‘z samarasini beradi. 2019-yili uning ilk premyerasi bo‘lib o‘tdi. Afsuski, u paytlari karantin bo‘lgani uchun yetarlicha targ‘ibot qilinmadi. Ammo o‘sha paytda ba’zi jurnalistlardan qattiq ranjidim. Hali film tomoshabinlarga namoyish etilmay turib, keskin tanqid qilishdi. Havfsalam pir bo‘lib turgan paytda Rossiyadan taklifnoma keldi. Qozon shahrida o‘tkaziladigan kinofestivalni “Imom Abu Iso Muhammad Termiziy” filmi bilan ochish istaklari borligini aytishdi. Film juda iliq qabul qilindi. Filmning umumiy budjeti 2 million 800 ming so‘mni tashkil etadi. Ammo bu mablag‘ tarixiy film uchun juda oz.

    Film qanchalik o‘zini oqladi, degan savolga javob berishim qiyin. Ammo quvonganim u juda ko‘p mamlakatlarda namoyish etildi va “Islam Today” internet nashri tomonidan musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi.

    “Usmonxon Alimov bilan amalga oshmagan loyiha”

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    Foto: Abduxalil Mingnorov arxividan

    — Rahmatli Usmonxon Alimov bir guruh ilm ahllari bilan kelib, kinosaroyda filmni tomosha qilishgan. Kaltakning tagida qolmay deb shoshib, zaldan chiqib ketayotganimda orqadan Usmonxon akaning “Menga film ma’qul bo‘ldi, sizlarga-chi?” degan gapi qulog‘imga chalindi. Keyin u kishi meni ko‘rishni istayotganini aytishdi. Film haqida iliq fikrlarni eshitib, ko‘nglim ancha ko‘tarildi. U inson bilan yana bir nechta katta loyihalar ustida ishlamoqchi edik. Afsuski, bunga ulgurmadik.

    Ayni damda imom Moturudiy ta’limoti haqidagi film ssenariysi ustida ishlayapman. Nasib qilsa, yaqin bir-ikki yilda tarixiy filmlarimiz yana bittaga ortadi, degan umiddaman.

    Mavzuga doir:

    • AQSHda O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haqida badiiy film suratga olinmoqda
    • Farg‘onada Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali Topvoldiyev haqida hikoya qiluvchi “Osiyo arsloni” filmini suratga olish ishlari boshlandi
    • Hilol Nasimovning “Meros” filmi Hindiston xalqaro kinofestivalida “Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” deya e’tirof etildi

    19.12.2022, 18:48   Izoh (0)   32164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘z ismi bilan emas, taxallusi bilan butun dunyoga tanilgan Gollivud yulduzlari

    19.12.2022, 15:49

    Nafaqat qiziqarli sujeti, balki qahramonlarning betakror liboslari uchun ham ko‘rishga arziydigan mashhur filmlar (foto)

    19.12.2022, 13:40

    Grim ortida qolgan yoshlik: Kinodagi rollari uchun “keksaygan” mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    19.12.2022, 11:52

    Instagram: Ortiq Sultonov o‘g‘lini uylantirdi, Intizor Tojiboyeva turmushga chiqdi, Yulduz Usmonova Umra safaridan qaytdi

    18.12.2022, 22:42

    Yaponiyalik mashhur multiplikator Xayao Miyazakining yangi animesi qachon namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

    18.12.2022, 20:51

    Isitmalagan holda sahnaga chiqqan Munisa, Liil Xurramovning ilk katta mukofoti. “Mavsum xitlari-2022” taqdimot marosimidan reportaj (video)

    18.12.2022, 15:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.