• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Nafaqat qiziqarli sujeti, balki qahramonlarning betakror liboslari uchun ham ko‘rishga arziydigan mashhur filmlar (foto)

    Ayrim filmlarda liboslar aktyorlar kabi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kiyimlar davrni his qilishga yordam beradi va filmning yanada muvaffaqiyatli chiqishiga xizmat qiladi. Kino olamida shunday filmlar borki, ularni maftunkor sujeti, aktyorlarning mahorat bilan rol ijro etishi, ajoyib musiqa sadolari borligi uchungina emas, balki chiroyli liboslar uchun ham tomosha qilish mumkin. Ushbu filmlarning aksariyati eng yaxshi liboslar uchun turli mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

    “Tiffanidagi nonushta” — 1961-yil

    “Tiffanidagi nonushta” moda olamidagi eng mashhur filmlardan biri. Odri Xepbern ishtirokidagi kartinalar har doim elegantlarga, uslublarga mos bo‘lib kelgan va bu bejiz emas, chunki aktrisaning obrazlari uchun liboslar o‘sha davrning eng mashhur tikuvchilari tomonidan yaratilgan. Xususan, “Tiffanidagi nonushta” kartinasidagi mashhur qora libos Yuber de Jivanshiga buyurtma qilingan. Ushbu libos 2006-yilda “Kristis” auksionida 900 000 dollarga sotilgan. Yana bir qiziq fakt: Tiffani do‘koni yakshanba kuni, birinchi marta 19-asrda aynan suratga olish guruhi uchun ochilgan.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Kleopatra” — 1963-yil

    “Kleopatra” filmi hamon jahon kino sanoatidagi eng qimmat filmlardan biri bo‘lib, kinokartinaning budjeti 44 million dollarni tashkil etgan (bu qiymat bugungi kunda taxminan 323 million dollarga teng). Faqatgina kostyumlar va bosh qahramonlarning liboslari uchun 200 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflangan, bu o‘sha paytda aql bovar qilmaydigan miqdor edi. Film 1996-yilgacha “Aktrisa eng ko‘p libosini almashtirgan film” sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan: Elizabet Teylor kiyimini 65 marta o‘zgartirgan.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Kiyimlar vaqtga to‘liq mos kelmasa-da, biroq 1950-yillarning modasiga ko‘proq o‘xshardi. Dizaynerlar to‘g‘ri tanlov qildi: bugungi kungacha Gollivud kostyum dizaynerlari maktabida “Kleopatra” filmidagi liboslar naqshlari bo‘yicha alohida kurs mavjud. Eng mashhur va ajoyib kostyum — Kleopatraning oltin libosi 24 karatli oltin matodan tikilgan va 2012-yilda kimoshdi savdosida 59 ming dollardan ko‘proqqa sotilgan.

    “Marjonli tarix” — 2001 yil

    Filmning butun hikoyasi tarixdagi eng sirli va yirik firibgarliklardan biri bilan bog‘liq real voqealarga asoslangan bo‘lib, bu haqda Aleksandr Dyuma ham o‘zining “Qirolicha marjoni” romanida tasvirlab bergan. Filmda davr ruhini aks ettiruvchi va uni his qilishga yordam beradigan chiroyli liboslarni ko‘rish mumkin. Biroq eng muhimi, ajoyib narxdagi chiroyli olmos qayta tiklangan. Ushbu tarixiy lahza sir bo‘lib qoldi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Mariya-Antuanetta” — 2005 yil

    “Mariya-Antuanetta” kinokartinasidagi Sofiya Koppolaning yorqin, rang-barang va g‘ayrioddiy go‘zal kostyumlari filmda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu kartina 2007-yilda “Eng yaxshi liboslar” nominatsiyasida “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.

    Qahramonlarning hashamatli liboslari tarixiy aniqlik bilan tiklanmagan, biroq ular tomoshabinga Fransiya qirolichasining ruhiyatini va uning turmush tarzini osongina yetkazgan. Ko‘p sahnalarda nima bo‘layotganidan chalg‘ib, ko‘ylaklar, soch turmagi va poyabzalga e’tibor berasiz. Mariya Antuanetta uchun poyabzalning eksklyuziv modellari mashhur dizayner Manolo Blanik tomonidan yaratilgan.

    Eng e’tiborli tomoshabinlar sahnalarning birida Converse kedalarini payqaydi. Sofiya Koppolaning so‘zlariga ko‘ra, bu film sodir bo‘lgan vaqt oralig‘iga qaramay, qirolichani oddiy o‘smir sifatida ko‘rsatish uchun ataylab qilingan. Mariya Antuanetta 15 yoshida turmushga chiqqan va 19 yoshida taxtga o‘tirgan.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Geyshaning xotiralari” — 2005-yil

    Kartinadagi voqealar XX asrning 30-yillarida Yaponiyada bo‘lib o‘tadi va geyshalarning og‘ir taqdiri, sirli va uzoq madaniyati haqida hikoya qiladi.

    Kostyumlar tarixiy liboslarning aql bovar qilmaydigan darajada murakkab ko‘rinishini yetkazishga muvaffaq bo‘lgan “Oskar” mukofotini qo‘lgan kiritgan rassom Kollin Atvud tomonidan yaratilgan. Hashamatli matolar, aniq chiziqlar va nozik rang kombinatsiyalari tomoshabinni birinchi daqiqalardanoq o‘ziga jalb qiladi. Ranglar Sharq madaniyati liboslarida muhim rol o‘ynaydi, ular elementlarni ramziy ma’noda ifodalaydi, kayfiyatni aks ettiradi. Kollin kartinada buni hisobga olib, har bir qahramon uchun o‘zining rang palitrasini yaratdi. Film 2006-yilda liboslar uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Yelizaveta. Oltin asr” — 2007-yil

    Rejissor Shekhar Kapur buyuk ingliz qirolichasi haqidagi birinchi filmni 1998-yilda suratga olgan, biroq 9 yildan so‘ng, ya’ni 2007-yilda chiqarilgan ikkinchi “Yelizaveta: Oltin asr” kartinasi haqiqatan ham yorqin va esda qolarli bo‘lib qoldi.

    Tarixda Yelizaveta I ning liboslari nafaqat tikuvchilik, balki zargarlik buyumlari ham haqiqiy asarlar sifatida namoyon bo‘ladi. U bu bilan saroy ahlini, elchilarni va barcha zamondoshlarini lol qoldirdi. Kino uchun bunday kiyimlarni qayta ishlab chiqarish juda qimmatga tushar, ko‘p vaqt talab qilar va sujet esa e’tibordan chetda qolishi mumkin edi, shuning uchun rejissor va kostyum dizayneri Aleksandra Birn boshqacha yo‘l tutdi.

    Ular qirolichaning garderobining rang-barangligini ko‘rsatdi, bu u yoki bu tarzda uning hayotidagi voqealar bilan parallel bo‘ladi. Diqqatli tomoshabin bir xil ko‘ylakning turli xil ko‘rinishda ikki marta paydo bo‘lishini sezishi mumkin. Liboslar chindan ham tarixiy ko‘rinishga ko‘ra yaratilgan bo‘lib, detallar (yenglar, ko‘ylaklar, yubkalar va boshqalar) bir-biriga tikilgan holda emas, balki bir-biriga bog‘langan holda yangi kombinatsiyalar yaratish imkonini bergan. Kartina 2008-yilda “Eng yaxshi liboslar” nominatsiyasida “Oskar”ni oldi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Gersoginya” — 2008-yil

    Kinokartinada go‘zalligi bilan tanilgan, faol siyosiy arbob bo‘lgan, Fransiya qirolichasi Mariya-Antuanetta bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan Devonshire gersoginyasining og‘ir taqdiri haqida hikoya qilinadi. Film ijodkorlari uning hayotining bu tomonini chetga surgan. Ajoyib liboslar va soch turmagi batafsil ishlab chiqilgan bo‘lib, tomoshabinni gersoginya hayotining muhitiga cho‘mdiradi.

    Qizig‘i shundaki, Keyra Naytli filmda kiygan toskana qizil libosi ssenariyda ko‘zda tutilgan murakkab tryuk tufayli uch nusxada tayyorlangan. Ushbu ko‘ylaklar 36 metr ipakdan tikilgan va har biri qo‘lda yasalgan yashil va oltinrang to‘r bilan bezatilgan. 2009-yilda Britaniya akademiyasi kino va liboslar dizayneri Maykl O‘Konnor “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi liboslar” nominatsiyasida taqdirlandi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Buyuk Getsbi” — 2013-yil

    Film Frensis Skott Fitsjeraldning “Buyuk Getsbi” romani asosida ishlangan bo‘lib, 1920-yillardagi Nyu-Yorkdagi rang-barang hayot haqida hikoya qiladi. Unda hashamatli partiyalar, avtomobillar, soch turmagi va, albatta, liboslar mavzusini uchratish mumkin. Film qahramonlari uchun barcha kiyimlarni Miuchcha Prada yaratgan, Prada va Miu Miu arxivlaridagi kiyimlarni qayta ko‘rib chiqib, ularni o‘sha yillarga xos tafsilotlar — biserlar, patlar va dantellar bilan to‘ldirgan. Zargarlik buyumlari esa mashhur Tiffany & Co zargarlik brendining ustalari tomonidan yaratilgan.

    Mashhur Amerika atelyesi Brooks Brothers erkaklar kostyumlari bilan shug‘ullangan. Kostyumlar birinchi jahon urushidan keyin insonlar o‘yin-kulgi, ranglar, yorqinlik va yengillikni xohlagan o‘sha yillarning moda tendensiyalarini mukammal tarzda yetkazdi. Film 2014-yilda Britaniya Akademiyasi mukofotlari va “Eng yaxshi liboslar” uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Tikuvchi” — 2015 yil

    Filmning nomidan ham ma’lumki, unda kostyumlar va liboslar alohida, muhim rol o‘ynaydi. Hikoya tomoshabinni 1950-yillarga, kambag‘al Avstraliya qishlog‘iga olib boradi. Ko‘p yildan so‘ng, Keyt Uinslet ijro etgan bosh qahramon Tilli uyiga qaytib keladi. U uzoq vaqt tarixda sayohat qiladi, tikuvchilikni o‘rganadi, Madlen Vionnaga xizmat qiladi va Kristobal Balensiyaga tavsiya qilinadi. U kiyimlar yordamida insonlarni mahorat bilan o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ladi.

    Qizig‘i shundaki, aktyorlar o‘z rollariga yaxshiroq ko‘nikish uchun ko‘pincha turli kurslardan o‘tadi. Keyt bilan ham shunday bo‘lgan, u bu rol uchun tikishni o‘rgangan. Shundan so‘ng, aktrisa Margo Uilson bilan birga o‘z qahramoni uchun liboslarni tanladi. Uning qahramonining qizil libosi ushbu filmni suratga olishdan 25 yil oldin sotib olingan matodan yaratilgan.

    1950-yillardagi bo‘yinbog‘lar, ayol siluetlari, kichik shlyapalar va kalta qo‘lqoplar bu tarzda ajoyib tarzda tasvirlangan va yangi moda tarixiga qo‘shildi. Film liboslar uchun mukofotlanmagan bo‘lsa-da, har bir kishi undagi nafis liboslarni tomosha qilishi va zavqlanishi mumkin.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    “Daunton” — 2019-yil

    “Daunton” kinokartinasi dastlab teleserial bo‘lganiga qaramay, 2019-yilda xuddi shu nomdagi to‘liq metrajli film chiqarildi. Bu bir nechta fasllarning takrorlangan hikoyasi emas, umumiy voqealarning davomi bo‘ldi. Serialda ko‘plab liboslar qo‘llanilganini, o‘sha yillar modasida qanday yangi tendensiyalar paydo bo‘layotganini, personajlar obrazlari qanday o‘zgarib borayotganini ko‘rish mumkin.

    Kostyum dizayneri Anna Robbins kartinada haqiqiy vintaj buyumlarining deyarli 50 foizidan foydalanganini aytgan. U ko‘p vaqtini turli kolleksiyachilardan narsalarni qidirish va sotib olishga sarfladi. Biroq uchun u kechki va kokteyl liboslari, kunduzgi ko‘ylaklarni tikish, matolar va kashtalar yaratish, o‘sha yillarning tarixiy prototiplari va modasini o‘rganishi kerak edi.

    Ilgari serialga o‘z buyumlarini qarzga bergan Bentley & Skinner zargarlari bu safar ham filmga 1880-1910-yillardagi haqiqiy tiaralarni qarzga berdi. Bularning barchasi aktyorlarni to‘ldiradigan go‘zal kartinaga birlashtirildi.

    Foto: “Noviy ochag”

    Foto: “Noviy ochag”

    Mavzuga doir:

    • Zararlangan terini parvarish qilish: qishda yuz va qo‘l terisini qutqaradigan asosiy qoidalar.
    • Yuz terisini tozalashdagi asosiy xatolar va ularning oqibatlari.
    • Yuz terisini uy sharoitida parvarish qilishda har kuni yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato.
    • Bilib qo‘ygan yaxshi! Yuz terisini parvarish qilish haqida 10 ta fakt.

    19.12.2022, 13:40   Izoh (0)   20655
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Grim ortida qolgan yoshlik: Kinodagi rollari uchun “keksaygan” mashhur aktyor va aktrisalar (foto)

    19.12.2022, 11:52

    Instagram: Ortiq Sultonov o‘g‘lini uylantirdi, Intizor Tojiboyeva turmushga chiqdi, Yulduz Usmonova Umra safaridan qaytdi

    18.12.2022, 22:42

    Yaponiyalik mashhur multiplikator Xayao Miyazakining yangi animesi qachon namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

    18.12.2022, 20:51

    Isitmalagan holda sahnaga chiqqan Munisa, Liil Xurramovning ilk katta mukofoti. “Mavsum xitlari-2022” taqdimot marosimidan reportaj (video)

    18.12.2022, 15:05

    “G‘aroyib shifokor” “Qarg‘a” va Turkiyada sevib tomosha qilingan boshqa yangi seriallar

    18.12.2022, 12:30

    2022-yilda ota-ona bo‘lgan jahonga mashhur juftliklar (foto)

    18.12.2022, 10:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.