• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSHdagi boshlang‘ich maktabda 26 kishini o‘ldirgan o‘smir, O‘zbekiston SSRga tegishli samolyot halokati va Tan imperiyasida “Shirin shudring fitnasi”. Kun xronologiyasida 14-dekabr

    15-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan AQSHdagi boshlang‘ich maktabda otishma uyushtirgan o‘smir, O‘zbekiston SSRga qarashli samolyot halokati va Tan imperiyasida “Shirin shudring fitnasi”ga oid faktlar o‘rin olgan.

    AQSHdagi boshlang‘ich maktabda otishma

    Bundan 10 yil oldin 14-dekabr kuni Konnektikut shtatining Nyutaun shahrida 20 yoshli Adam Lanza o‘z uyida onasini o‘ldirgan, keyin esa Sendi Xuk boshlang‘ich maktabida otishma uyushtirib, 26 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan va o‘z joniga qasd qilgandi.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Kamuflyaj va zirhli nimcha kiyib olib miltiq bilan qurollangan mergan maktab binosiga bostirib kirganida qo‘riqchi barchani xavfdan ogohlantirishga ulgurgan. Ko‘plab o‘qituvchilar sinfxonalardagi eshiklarni yopgan va bolalar hamda o‘zlarini himoyalashga muvaffaq bo‘lgan. Xodimlardan biri ovozli ogohlantirish tizimini yoqib, ovoz kuchaytirgich orqali yangragan otishma tovushlari boshqalarga ham yetib borgan.

    Otishma boshlangan paytda maktab binosida 600 kishi bo‘lgan. 911 ga birinchi qo‘ng‘iroq soat 09:30 da kelib tushgan, o‘q ovozlari esa 10:30 borib tingan.

    Halok bo‘lgan 26 nafar qurbonning 20 nafari — bolalar: 6-7 yosh oralig‘idagi 12 nafar qiz va 8 nafar bola. Konnektikut shtati sud tibbiyot ekspertizasi rahbari Ueyn Karverning so‘zlariga ko‘ra, har bir qurbonning uchtadan 11 tagacha jarohati bo‘lgan.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Maktab ma’muriyati vakilining aytishicha, fojiadan bir kun oldin Lanza maktabdagi to‘rt nafar xodim bilan tortishib qolgan bo‘lib, ularning biri — ayol o‘qituvchigina oyog‘idan yaralanib, omon qolgan. O‘qituvchilardan biri bolalarni himoya qilish vaqtida halok bo‘lgan, uning hamkasbi esa jinoyatchiga qarshilik ko‘rsatishga uringan. Qurbonlar orasida maktab direktori ham bor edi.

    Aholisi 27 ming kishi bo‘lgan Nyutaundagi hodisa shu qadar dahshatli ediki, qutqaruv operatsiyasiga jalb etilgan ayrimlarning o‘zlariga tibbiy va psixologik yordam kerak bo‘lgan. AQSHda e’lon qilingan motam sabab barcha davlat bayroqlari to‘rt kunga tushirib qo‘yilgan.

    Tergov davomida merganning yonida uchta pistolet bo‘lgani aniqlangan, biroq u o‘quvchilarni 5,56 kalibrli Bushmaster yarimavtomatidan otgan. Uning o‘qdonida bir necha yuz patron bo‘lgan.

    Lanzaning oilasi Nyutaunning General Electric, Pepsi va IBM kompaniyalarining xodimlari yashaydigan nufuzli dahada istiqomat qilgan. Otasi 2008-yilda ajrashib ketgan va oilani tark etgan. Adamning 24 yoshli akasi Rayan Lanza tergovga ukasi bilan oxirgi ikki yildan beri gaplashmaganini ma’lum qilgan.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Merganning uyini tintuv qilish vaqtida ular ko‘plab o‘qotar qurollar va uchta samuraylar qilichiga duch kelgan. Pistoletlar va miltiqlar onasi Nensi Lanza nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lib, u nishonlarga o‘q otish bilan qiziqqan va o‘g‘lini ham bir necha bor tirlarga olib borgan.

    Politsiyachilar jinoyatchining buyumlari orasidan uzunligi 2,2 metr, eni esa 1,2 metrni tashkil etuvchi jadvalga duch kelgan — u o‘tmishda sodir etilgan ommaviy qotilliklarga bag‘ishlangan bo‘lib, qotillar ismi, qurbonlar soni va jinoyat qurollari turi keltirilgan.

    Adam Lanza rasman “Asperger sindromi” — autizmning yengil shaklidan aziyat chekkan. Qotilning organizmidan alkogol, taqiqlangan giyohvandlik yoki dori vositalari izlari topilmagan. Qotilning uyidan ayrim tibbiy, ruhiy hujjatlar va retseptlar aniqlangan.

    2013-yil 5-dekabr kuni 911 xizmatiga favqulodda holat vaqtida amalga oshirilgan qo‘ng‘iroq yozuvi e’lon qilingan. FQB protokollar, suratlar va telefon qo‘ng‘iroqlarini o‘z ichiga olgan bir necha ming varaqdan iborat ish hujjatlarini e’lon qilgan.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Sendi Xuk maktabi yopilgan, barcha ishtirokchilar Nyutaundan 11 kilometr uzoqlikda joylashgan Monro shahridagi o‘rta maktabga o‘qishga yuborilgan. O‘quvchilarning ota-onalari maktabni buzib tashlash va o‘rniga yangisini qurish lozim degan qarorga kelgan — 2013-yil 6-oktabr kuni o‘tkazilgan referendumda 4504 kishi buzilishni yoqlagan bo‘lsa, 558 kishi unga qarshi ovoz bergan. Federal g‘aznachilikdan yangi bino qurilishiga 50 million dollar ajratilgan.

    Konnektikutdagi otishma zamonaviy AQSH tarixidagi eng qonli qirg‘inlardan biriga aylangan va keng jamoatchilik noroziligini keltirib chiqargan. Ushbu voqeadan keyin mamlakat prezidenti Barak Obama Kongressni qurol xaridi va savdosi tartibini murakkablashtiruvchi qonun loyihasini ishlab chiqarishga chaqirgan.

    Prezidentning Demokratlar partiyasidan bo‘lgan tarafdorlari qonunchilikka avtomatik jangovar qurollarni sotishni taqiqlash bo‘yicha o‘zgartirishni taklif etgan. Ammo Senat qonun loyihasini Konstitutsiyaning 2-o‘zgartirishini (fuqarolarning qurol olib yurish huquqi) buzishi sabab rad etgan.

    Qurbonlarning oilalari fuqarolik da’volarini tartibga solish doirasida 94 ming dollardan kompensatsiya olgan.

    O‘zbekistonda SSRga tegishli samolyot halokati

    1942-yilning 14-dekabr kuni Toshkent shahri yaqinida O‘zbekiston SSR Fuqarolik havo floti bosh boshqarmasining “ANT-20bis” samolyoti halokatga uchragandi. Fojia oqibatida havo kemasining bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchi va ekipaj a’zolari — jami 36 kishi halok bo‘lgan.

    Foto: “Aviaru.rf”

    Foto: “Aviaru.rf”

    O‘zbekiston SSR Fuqarolik havo floti bosh boshqarmasining “ANT-20bis” samolyoti ekipaji Urganch—Turkmanobod—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qaytish reyisini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Soat 11:40 da Turkmanoboddan havoga ko‘tarilgan vaqtda samolyotda 26 nafar yo‘lovchi va 10 nafar ekipaj a’zosi bor edi. Umumiy tijoriy og‘irlik 5523 kilogrammni tashkil etgan va bu belgilangan chegaradan ortiqcha bo‘lmagan. Turkmanobod—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ob-havo parvoz uchun yaroqli edi. Samolyotning ehtiyot qismlarida nuqsoqlar kuzatilmagan.

    Soat 13:50 da 500 metr gorizontal parvoz vaqtida samolyot o‘rtacha aylanishda ishlayotgan motorlari bilan pastlay boshlagan. Pastlash avvaliga sekin edi, keyin esa og‘ish burchagi ortgan va bu to‘xtamagan. Samolyot 80 daraja burchak ostida Qozog‘iston SSRning Janubiy Qozog‘iston viloyatidan 3 kilometr, Toshkent shahridan esa 86 kilometr janubi-g‘arbiy hududga borib qulagan. Bortda bo‘lgan barcha yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan. Hodisa joyida samolyot bo‘laklari bilan to‘lgan o‘ra hosil bo‘lgan.

    Yer bilan to‘qnashuv oqibatida havo kemasining motorlari 5 metr chuqurlikka kirib ketgan. Yonilg‘i baklari esa portlagan, biroq yong‘in yuz bermagan. Uchuvchilar kabinasidan ikkinchi uchuvchi jasadi va yo‘lovchi sifatida ketayotgan O‘zbekiston Fuqarolik havo floti bosh boshqarmasi uchuvchisi Kozlovning jasadlari topilgan. Kema komandirining jasadi bo‘laklari uchuvchilar kabinasida bo‘lmagan. Yo‘lovchilar orasida butunlay yonib ketgan, jarohat darajasi uning shaxsiga oydinlik kiritishga imkon bermaydigan darajada inson jasadi topilgan, biroq uning yonida samolyot komandirining guvohnomasi bo‘lgan.

    Shunday qilib, kema komandiri samolyot bosharuvini yo‘lovchi Kozlovga topshirgan. U uchuvchi bo‘lsa-da, bu turdagi samolyotlarni boshqarishda tajribasiz edi. Komandir esa ikkinchi uchuvchiga ishongan holda kabinadan chiqib ketgan — u bu kabi ishlarni oldingi parvozlarda ham bir necha bor takrorlagan. Kozlov tasodifan yoki samolyotning og‘ish burchag barqarorlashtirgichiga bo‘lgan reaksiyasini ko‘rish uchun komandir o‘rindig‘i tirsagi ostidagi elektron ko‘tariluvchi barqarorlashtirgichning mexanizmini bosib yuborgan. Natijada u maksimal ijobiy og‘ishni yuzaga keltirgan.

    Foto: “Aviaru.rf”

    Foto: “Aviaru.rf”

    Parvoz paytida barqorlashtirgichning maksimal musbat burchakka o‘tishi muqarrar ravishda samolyotning sho‘ng‘ishga o‘tishiga olib keladi, chunki barqarorlashtirgichning bu holatida samolyotni rullar bilan tekis parvoz rejimida ushlab turish mumkin emas.

    Kozlov barqarorlashtirgich mexanizmni o‘z vaqtida o‘chirishga ulgurmagan, boisi u mazkur mexanizm boshqaruvi to‘g‘risida yetarlicha tasavvurga ega emasdi.

    Ikkinchi uchuvchida ham barqarorlashtirgichni boshqarish mexanizmini o‘chirishga imkon bo‘lmagan. Buning uchun u o‘rnidan turishiga to‘g‘ri kelgan, bu esa yanada ko‘proq vaqt ketishiga olib kelardi. Natijada samolyot shunday katta burchak darajada og‘ganki, uni chiqarish imkonsiz bo‘lib qolgan.

    Guvohlar ko‘rsatmasida keltirilishicha, kema komandiri oldin ham Toshkent—Turkmanobod—Urgach yo‘nalishida yo‘lovchi sifatida uchgan Kozlovga samolyotni boshqarishga ruxsat bergan.

    Tan imperiyasida “Shirin shudring fitnasi”

    Xitoyda haram og‘alari davlatdagi muhim pozitsiyalarni egallagan, hatto g‘aznani nazorat qilgan va harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan. 817-yilda haram og‘alari o‘zlariga ma’qul bo‘lmagan hukmdorni o‘ldirgan, 835-yilda esa imperator Ven Szun yuqori martabalari bunday shaxslarga qarshi fitna uyushtirishga uringan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Xitoy imperatorlari saroyida haram og‘alari ko‘plab funksiyalarni bajargan. Ular hukmron oilaning a’zolariga xizmat qilgan va ularning bolalarini tarbiyalagan, saroy hayotini tashkillashtirgan va muhim xo‘jalik ishlari bo‘yicha qarorlar qabul qilgan. Bundan tashqari haram og‘alari soliq yig‘ish va qurol ishlab chiqarishni nazorat qilgan. Tan imperiyasida ular maslahatchi organ shakllantirib, o‘zlariga keng vakolatlarni taqdim etgan.

    VIII asr oxirlarida haram og‘alari nazoratida ulkan armiya to‘plangan. Imperator Ven Szun bu kabi amaldorlarning hukmronligiga qarshi kurashgan. U sud marosimlarini avvalgidan ancha kamtarlashtirgan va ko‘plab taniqli martabali amaldorlarni ishdan olgan. Ven Szunning saroyda g‘azna pullari o‘g‘irlanishiga chek qo‘yishga bo‘lgan urinishi ko‘plab qo‘l ostidagilarda norozilik keltirib chiqargan. Haram og‘alari moliyaviy oqimlarni nazorat qilib kelgan, poraxo‘r sifatida tanilgan edi. Bundan tashqari, hukmdorning ularning bilan shaxsiy adovati bo‘lgan — haram og‘alari uning akasi, imperator Szin Szunni o‘ldirgan edi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Haram xodimlari ikki to‘daga bo‘lingan: Ven Szun ulardan birining boshlig‘i bilan munosabatlarni yaxshilab ikkinchi guruh rahbarini o‘ldirishni rejalashtirgan. Shundan keyin imperator muhim lavozimlarda o‘tirgan alohida haram xodimlarini yo‘qotishni tashkillashtirgan. U o‘z raqiblarini ommaviy ravishda o‘ldirish bo‘yicha qulay vaziyatni kutgan. Ertalabki qabullarning birida unga yaxshi belgi haqida xabar berishadi — go‘yoki saroy yaqinidagi anor daraxtida shirin shudring paydo bo‘lgan emush. Ven Szun haram xodimlariga ushbu tabiat hodisasini o‘rganish uchun ko‘chaga chiqishni buyuradi. Bog‘da esa uni fitnachilar kutib turardi. Haram xodimlari ularning borligini payqab qolib, qochish bilan qutulib qolgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Imperatorning ittifoqchilari ommaviy qatl etilgan, ayrim manbalarda keltirilishicha, omadsiz yakunlangan “shirin shudring fitnasi” minglab insonlar o‘limiga olib kelgan. Bundan tashqari, haram og‘alari hukmdorni o‘z o‘g‘li va merosxo‘ri Li Yunni qatl etishga majburlagan. Harbiy gubernatorlar hokimiyati kuchaygan, mamlakatning turli nuqtalarida isyonlar boshlangan. 907-yilda Li sulolasining so‘nggi imperatori hukmronligi yakunlangan.

    Saroydagi haram og‘alarining ta’sir doirasi vaqt o‘tgan sari ortib borgan. XIV asrdan boshlab ular ham diplomatik xizmatlarga jalb etilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: SSSRdan qochish uchun 100 km suzgan okeanolog, Saddam Husaynning qo‘lga olinishi va Peruda 6 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan ko‘l. Kun xronologiyasida 13-dekabr

    14.12.2022, 09:30   Izoh (0)   48223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun zarur bo‘lgan OAV qonunini qabul qildi

    13.12.2022, 23:55

    Isroilda qornida embrionlar bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi

    13.12.2022, 22:47

    “Gavayining so‘nggi malikasi” 97 yoshida vafot etdi. Uning boyligi 215 mln dollarni tashkil qilgan

    13.12.2022, 21:52

    Isroilda o‘zbekistonlik 37 yoshli ayol qo‘lga olindi

    13.12.2022, 21:36

    Zelenskiy qishda hal qilinishi kerak bo‘lgan oltita muammoni aytdi

    13.12.2022, 20:56

    Bayden bolalar velosipedini haydamoqchi bo‘lib, uni sindirib qo‘ydi (video)

    13.12.2022, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    O‘zbekiston | 9 may, 19:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.