“Benfika” yarim himoyachisi Enso Fernandes faoliyatini top-klublarning birida davom ettirishi mumkin.
Sports Illustrated xabariga ko‘ra, “Liverpul” futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 120 million yevro tovon pulini to‘lashga tayyor. Ingliz klubi Fernandesning o‘zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishishga yaqin.
Avvalroq 21 yoshli argentinalik futbolchiga “Real”dan ham qiziqish borligi xabar qilingandi.
Fernandes joriy mavsum Portugaliya chempionatining 13 o‘yinida bitta gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi. JCH—2022 da esa Argentina safida 5 ta o‘yinda qatnashib, bittadan gol va assistga erishdi.
Izoh (0)