Portugaliya terma jamoasi JCH—2022 chorak finalida Marokashga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Portugaliyaliklar bosh murabbiyi Fernandu Santush terma jamoani tark etishi mumkin.
Record nashrining yozishicha, Portugaliya futbol federatsiyasi 68 yoshli mutaxassis bilan uchrashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uchrashuv davomida murabbiyning iste’foga chiqarilishi kutilmoqda.
Santush iste’foga chiqarilsa, uning shtabi 3,75 million yevro miqdorida kompensatsiya talab qiladi, deya yozmoqda Jornal de Noticias.
Murabbiy 2014-yildan buyon Portugaliyani boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida terma jamoa 2016-yil Yevropa Chempionatida, 2019-yilda esa Millatlar Ligasida zafar quchgan.