• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Benzinning arzonlashishi Andijon va Namanganda navbatlarni yuzaga keltirgan bo‘lsa, Farg‘ona va Qoraqalpog‘istonda yonilg‘ining “yo‘qolib qolishi”ga sabab bo‘ldi (foto, video)

    O‘zbekistonda kuzatilgan elektr energiya taqchillik va tabiiy gaz yetishmovchiligi hududlardagi metan gaz zapravkalarida turnaqator navbatlarga, ayrim zapravkalar faoliyatining to‘xtatilishiga olib keldi. Shundan so‘ng haydovchilarda muqobil yonilg‘i — benzinga talab ortdi.

    Haydovchilarning benzinga muhtojligi va aholining transportga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, bu borada prezidentning AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz solig‘idan ozod qilish bo‘yicha maxsus qarori qabul qilindi. Mazkur qarordan kelib chiqib “O‘zbekneftgaz”ga qarashli benzin zapravkalarida AI-80 markali benzin narxi 5700 so‘mga tushdi.

    Sir emaski benzinning arzonlashishi nafaqat viloyatlarda poytaxt Toshkentda ham turnaqator navbatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. “Daryo” ijodiy jamoasi 13-dekabr kuni viloyatlarda shu markadagi benzin qaysi narxda sotilayotgani bilan qiziqdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Namangan

    “Daryo”ning Namangan viloyatidagi muxbiri Azizbek Abduvaliyevning ma’lumot berishicha, viloyatdagi “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 markali benzin 5700 so‘mdan sotilmoqda, ammo ularga navbat metan gaz quyish shoxobchalaridagi navbat bilan deyarli tenglashgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov
    Xususiy benzin quyish shoxobchalarida esa bu narx 7200 so‘mni tashkil etmoqda. Ularda ham navbat bor, ammo “O‘zbekneftgaz” shoxobchalaridagi kabi kilometrga cho‘zilmagan. Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida A-92 markali benzin 9500 so‘mdan, xususiy benzin quyish shoxobchalarida esa 10500 so‘mdan sotilmoqda. Bu markali benzinga deyarli navbat yo‘q, — deydi Azizbek Abduvaliyev.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Qashqadaryo

    “Daryo” internet nashrining Qashqadaryo viloyatidagi vakili Murodjon Amirovning ma’lumot berishicha, “O‘zbekneftgaz”ning viloyatdagi mavjud 3 ta shoxobchasida AI-80 markali benzin 5700 so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, xususiy zapravkalarda aynan shu markadagi yonilg‘i hamon 7000 so‘mdan pullanmoqda.

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov
    Viloyatning Shahrisabz tumanida “Ishonch” firmasiga qarashli yonilg‘i shoxobchasida AI-80 markali benzin narxi 7000 so‘m ekani yozilgan. Shoxobcha sotuvchisiga bu markali benzin aksiz solig‘idan ozod qilingani uchun narxi tushgani aytilgach, narxni 5700 so‘mga tushirdi. Ammo doimiy shu narx saqlanib qolishi dargumon, — deydi muxbir.

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

    Qo‘shimcha qilinishicha, AI-80 markali benzin viloyatning aksariyat tumanlarida haligacha eski narx — 6800-7000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

    Farg‘ona

    Tahririyatning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Azizjon Ermatovning yozishicha, viloyat markazi Farg‘ona shahrida nafaqat “O‘zbekneftgaz”ga qarashli zapravkalarda, tadbirkorlarga qarashli benzin quyish shoxobchalarida ham AI-80 markali benzin 5700 so‘mdan sotilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
    Tan olish kerak, ayrim zapravkalar yopiq. Zapravka egalari bu markali benzin yo‘q demoqda, — deydi muxbir.

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Ta’kidlanishicha, viloyatdagi benzin quyish shoxobchalarida arzonlashtirilgan benzin 5700 so‘mdan 7000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov
    Viloyat markazi Farg‘ona shahrida benzin taqchilligi kuzatilmayapti. Navbatlar deyarli yo‘q. Shaharda benzin narxlari 5700 so‘mdan 6600 so‘mgacha. Tumanlardagi narxlar esa 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha. Tumanlarda aynan AI-80 benzin yetishmovchiligi kuzatilyapti. Ayrim zapravkalar yopiq, ayrimlarida AI-80 yo‘q, o‘rniga AI-92 sotilyapti, — deydi Azizjon Ermatov.
    Andijon

    “Daryo”ning Andijondagi muxbiri Umidjon Mamarasulovning ma’lumot berishicha, arzonlagan benzin sabab metan zapravkalardagi turnaqator navbat benzin zapravkalariga ko‘chgan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Haydovchilardan biri Vasliddin Quvondiqovning aytishicha, u benzin zapravkada ikki soatdan buyon navbatda tursa-da, yonilg‘i ololmagan.

    Vasliddin Quvondiqov.

    Vasliddin Quvondiqov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Ertalab soat to‘rtda uydan chiqqanman. Besh soat gaz zapravkada navbat kutdim. Navbatim kelay deganda o‘chirib qo‘yishdi. Shuncha turib gaz quyolmaganim bois, benzinga keldim. Bu yerda ham navbat paydo bo‘libdi. Ikki soatdan oshdi. Shu yerdagi arzonidan quyay deb kelsak, bu yerda ham odamning yuziga oyoq qo‘yadiganlar bor ekan. Yaxshiyam qonun posbonlari kelib yordam berib turibdi. Bo‘lmasa na benzin, na gaz ololamiz. Tirikchilik qilib bo‘lmay qolardi, — deydi u.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Viloyatdagi benzin quyish shoxobchalaridan biri mas’ulining aytishicha, bir kunda 8 ming litrdan ortiq AI-80 markali benzin sotilgan.

    Shuhratbek Ohunov.

    Shuhratbek Ohunov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov
    Bugun ham Andijondagi “Andijonneftbaza” MCHJga qarashli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi doimgidek o‘z faoliyatini davom ettiryapti. Tunu-kun bolalar xizmatda. Prezidentimiz chiqargan qaror bilan xalqqa yengillik yaratish maqsadida AI-80 benzini 5700 so‘m etib belgilandi. Kechqurun soat 00:00 dan ish boshlagan bo‘lsak, shu bo‘yi hozir ham savdo to‘xtagani yo‘q. Hozirgacha 8 ming litrdan ko‘p benzin sotildi, — deydi navbatchi operator Shuhrat Ohunov.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Andijon shahridagi “O‘zbekneftegaz”ga qarashli ikkita hamda “Andijonneftbaza” MCHJga qarashli avtomobillarga benzin quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzin 5700 so‘mdan sotilayotgani bois AYQSHda 1 kilometrdan ortiq navbatlar yuzaga kelgan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Qo‘shimcha qilinishicha, Osh—Toshkent yo‘lidagi mavjud xususiy zapravkalarda AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan 7500 so‘mgacha sotilmoqda. Ularning ayrimlarida shu markali benzin mavjud emas.

    Qoraqalpog‘iston

    2022-yilning 13-dekabriga o‘tar kechasi AI-80 markali benzin narxi 5700 so‘mga tushgani xabar berilgach, Nukusdagi ba’zi shoxobchalarda AI-80 benzini tugab qoldi. Ba’zilarida esa bir necha kundan beri shu markadagi benzin sotilmayapti, deya xabar berdi “Daryo”ning Qoraqalpog‘istondagi muxbiri Shuhrat Saidahmadov.

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov
    Bugun tushlikka kelib Nukusdagi sanoqli shoxobchalarda AI-80 benzini topish mumkin bo‘lmoqda. Narx esa 7000 so‘mligicha qolgan. AI-91, 92 benzinlari esa 12000 mingga chiqqan, — deydi nashr muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    “Daryo” mazkur holat yuzasidan o‘rganishlarini davom ettiradi.

    13.12.2022, 21:07   Izoh (0)   37887
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtamadi — Energetika vazirligi

    13.12.2022, 20:32

    Turkmaniston O‘zbekistonga kuniga qo‘shimcha 20 mln kub metr gaz beradi

    13.12.2022, 19:36

    Navoiydagi gaz zapravkada gaz hisoblagich talabga javob bermasligi oqibatida 1,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi

    13.12.2022, 19:34

    Samarqandda mast haydovchi YPX xodimlaridan qochib ketdi (video)

    13.12.2022, 19:10

    “Mamlakatdagi “svet”, gaz muammolarini juda yaxshi bilaman” — prezident

    13.12.2022, 19:00

    Shavkat Mirziyoyev: “Poytaxtda elektr energiya va issiqlik ishlab chiqaruvchi stansiyalar quriladi”

    13.12.2022, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.