Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk ukrainalik harbiylar tomonidan asirlikdagi rus askarlari “o‘ldirilgani” aks videolar haqiqiy bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Jenevada 25-noyabr kuni e’lon qilingan bayonotda BMTning Ukrainadagi inson huquqlari sohasidagi monitoring missiyasi shunday xulosaga kelgan.
“Kadrlar haqiqiy bo’lishi ehtimoli katta. BMT voqeani aniqlashga yordam berish uchun mustaqil va batafsil sud-tibbiy ekspertiza zarurligini ta’kidlaydi. Ukraina rasmiylari mazkur hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atganidan xabardormiz”, — deydi Folker Turk.
U tomonlarni “harbiylarga qasos olmaslik, asirga olganlarni qatag‘on qilmaslik va bu ko‘rsatmalar to‘liq bajarilishini ta’minlash kerakligi haqida aniq ko‘rsatmalar berishga” chaqirdi. Oliy komissar mahbuslarga insonparvar munosabatda bo‘lish talabi Jeneva konvensiyalarida belgilab qo‘yilganini eslatdi.
Mavzuga doir:
- Rossiya ukrainalik harbiylar asirdagi rus askarlarini otib tashlaganini ma’lum qildi
- Ukraina hukumati asirdagi rus harbiylari otilgani aks etgan videoni tekshirmoqda
- Rossiyalik asirlarning qatl etilishi aks etgan videodan keyin Davlat dumasi dunyo davlatlarini “Kiyev rejimi jinoyatlarini qoralashga” chaqirdi
Izoh (0)