Bishkek tumanlarining ruscha nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror Qirg‘izistonda rus tilidan voz kechish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi mumkin. Bu haqda Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Svetlana Jurova “Govorit Moskva”ga xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror Qirg‘izistonda rusiyzabon aholi huquqlarining buzilishiga olib keladi.
“Bu shunchaki amalga oshirilayotgani yo‘q. Bu oxir-oqibatda rus tilini siqib chiqarish uchun qaratilgan dastlabki kichik qadamdir”, — deydi Jurova.
Rasmiy Rossiyadan bunday qilmaslik to‘g‘risida iltimoslar kelib chiqishi mumkinligi, chunki bu Qirg‘izistonda yashovchi rossiyaliklarning huquqlarini poymol qilishini aytdi. Bu orqali ularning Rossiya bilan aloqasi yo‘qolishini qo‘shimcha qilindi.
“Keyingi bosqich Qirg‘izistonda maktablarga qaratiladi, vaziyat Gruziyadagi kabi, ya’ni yoshlar deyarli rus tilini bilmaydigan bo‘ladi. Ukrainada ham shundan boshlanganini bilamiz”, — deya ogohlantirdi Jurova.
Siyosatchi bu holat haqida Vladimir Putinga xabar qilinishini va u “Qirg‘iziston prezidentiga qandaydir izoh berishini” prognoz qildi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)