Qirg‘izistonning Jalolobod shaharida Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan xalqaro narkoguruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 34 yoshli andijonlik erkak 2 kilogramm 300 gramm chars (giyohvand modda) olayotganda qo‘lga tushgan. U narkotikni Jalolobod viloyatining Orol qishlog‘ida yashovchi Qirg‘iziston fuqarosi orqali O‘zbekistonga olib kirishni rejalashtirgan”, — deyiladi xabarda.
Ayol avtovokzal yaqinida ushlanib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Jalolobod viloyati bo‘yicha Bosh boshqarmasining tergov bo‘limiga olib ketildi. Qo‘lga olinganlar tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari hindistonlik erkakni o‘g‘irlab ketgandi,
Izoh (0)