Daryo

“Lukashenko xalqaro tribunal oldida javob berishi kerak” — Yevroparlament

Belarus bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilindi. Mamlakat Rossiya bilan birga Ukrainadagi urushga javobgarligi belgilandi

1 daqiqa o‘qish27 042 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Yevroparlament 24-noyabr kuni rezolyutsiya qabul qilib, unda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rejimi Ukrainaga qarshi urushda Rossiya bilan bir xil javobgar ekani keltirib o‘tildi.

Foto: AFP

Belarus bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyada mamlakatdagi 1400 nafardan ortiq siyosiy mahbusga nisbatan asossiz va siyosiy sabablarga ko‘ra chiqarilgan hukm keskin qoralangan. Yevropa parlamenti Lukashenko rejimining Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi ishtirokini keskin tanqid ostiga olgan.

Rezolyutsiyada Lukashenko rejimi Ukrainadagi harbiy jinoyatlar uchun Rossiya bilan birga javobgarligi, shu uchun xalqaro tribunal va xalqaro jinoiy sud oldida javob berishi kerakligi qayd etiladi.

Yevroparlament deputatlari YI davlatlari va Yevrokomissiyani Belarusga ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashga chaqirdi.

23-noyabr kuni Yevroparlament Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga ovoz berdi. Unda Rossiyaga sanksiyalarni kechib o‘tishda yordam beradigan davlatlarga ham chora ko‘rilishi ta’kidlangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar