• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 23-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 23-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Zelenskiy ukrainaliklar “har qanday ssenariy”ga tayyor turishi kerakligini aytdi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina yangi hujumlarga uchragan taqdirda foydalanish uchun 4 mingdan ortiq yordam punktlari yaratilganini ma’lum qildi

    Ukrainaga yangi raketa hujumlari sodir bo‘lgan taqdirda foydalanish uchun 4 mingdan ortiq “buzilmas punktlar” — uyali aloqa, internet, elektr va issiqlik ta’minoti bilan jihozlangan nuqtalar tayyorlab qo‘yildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.

    “Aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi “Buzilmas punktlar” loyihamizni butun mamlakat bo‘ylab ham joriy qilmoqdamiz. Shu kunning natijasi o‘laroq, 4 mingdan ortiq ana shunday punkt tayyorlandi. Yana ko‘p ishlar rejalashtirilgan”, — degan prezident.

    Ukraina prezidenti shuningdek, bunday punktlarda “asosiy xizmatlar”ning barchasi — elektr, suv, issiqlik, birinchi tibbiy yordam qutisi, mobil aloqa va “kecha-yu kunduz ishlovchi mutlaqo bepul” internet mavjud bo‘lishini ta’kidladi. Bu punktlar maktablar, shifoxonalar, viloyat va tuman hokimliklari qoshida ishlaydi.

    Ayni vaziyatda Zelenskiy ukrainaliklar “har qanday ssenariyga” tayyor turishi kerakligini qo‘shimcha qildi.

    AQSH MRB bosqindan norozi rossiyaliklarni agentlikka yollamoqchi

    AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining razvedka xizmati boshlig‘i Devid Marlou boshqarma Ukrainadagi urushdan norozi rossiyaliklar bilan hamkorlik qilish niyatida ekanini aytdi. Bu haqda The Wall Street Journal Marlouning bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.

    Marlouning tushuntirishicha, urush boshlanishidan oldin Rossiya prezidenti o‘z mamlakatining kuchi Ukraina va NATOga ta’sir o‘tkaza olishi haqida gapirgan. “Ammo u birin-ketin hammasini boy berdi”, — deya qo‘shimcha qildi razvedka boshlig‘i.

    “Biz butun dunyo bo‘ylab bunga (Ukrainadagi urushga) biz kabi qarshi bo‘lgan rossiyaliklarni qidirmoqdamiz ... Biz hamkorlikka tayyormiz”, — degan Marlou.

    The Wall Street Journal qayd etishicha, razvedka boshlig‘ining so‘zlari MRB sobiq xodimlarining bayonotlariga mos keladi — ularda Rossiyaning Ukrainaga bosqini rossiyalik harbiylar, oligarxlar, biznesmenlar va urush boshlanganidan keyin Rossiyani tark etganlar orasidan yangi agentlarni yollash uchun qulay zamin yaratishi ta’kidlangan.

    Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya va G‘arb davlatlari yuzlab diplomatlarni hududidan chiqarib yubordi. “RBK” hisob-kitoblariga ko‘ra, 2022-yilning yanvaridan avgustigacha diplomatik vakolatxonalarning 550 dan ortiq xodimi Rossiyaga qaytarilgan, ularning ba’zilari josuslikda gumon qilingan. Rossiyalik diplomatlarning aksariyati AQSH, Bolgariya va Polshadan chiqarib yuborilgan. Bunga javoban Rossiya ham 300 dan ortiq odamni chiqarib yubordi.

    Yevroparlament Rossiyaga nisbatan yangi rezolyutsiyani qabul qildi

    Yevroparlament a’zolari 22-noyabr kuni Strasburgda bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda Rossiyani “terrorizmga homiylik qiluvchi va terrorizm vositalaridan foydalanadigan davlat” deb tan oluvchi rezolyutsiyaga ovoz berdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

    Rezolyutsiya 494 ta ovoz bilan qabul qilingan, 58 nafar deputat ushbu hujjatga qarshi ovoz bergan, 44 nafari esa betaraf qolgan. Hujjatda nafaqat Ukrainadagi urush bilan bog‘liq ayblovlar, balki Rossiyaga qarshi boshqa ayblovlarni ham bor.

    Yevroparlament Yevropa Komissiyasi va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni “Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berishga harakat qilayotgan davlatlarga qarshi mumkin bo‘lgan choralarni ko‘rib chiqishni” taklif qiladi.

    Yevroparlament deputatlarining tavsiyalari orasida “Rossiya yoqilg‘i va uran importiga zudlik bilan va to‘liq embargo qo‘yish, shuningdek, ‘Shimoliy oqim 1’ va ‘Shimoliy oqim 2’ gaz quvurlaridan butunlay voz kechish” o‘rin olgan.

    Tayvan Xitoy qiruvchilari va kemalari orolga yaqinlashayotgani haqida xabar bermoqda

    Tayvan mudofaa boshqarmasi orolga tutash hududda Xitoy xalq ozodlik armiyasi (XXOA) Harbiy-dengiz kuchlarining to‘rtta kemasi, ikkita qiruvchi samolyoti va bir harbiy vertolyotini aniqladi, deb yozmoqda “RBK” boshqarma xabariga tayanib.

    “Bugun, soat 6:00 holatiga (Toshkent vaqti bilan 3:00) Tayvan atrofida hududda Xitoy xalq ozodlik armiyasi ning uchta uchar apparati va to‘rtta kemasi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

    Tayvan Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, manyovrlar davomida Xitoyning ikkita J-16 qiruvchi samolyoti janubi-g‘arbiy hududdagi Tayvan havo hujumidan' mudofaa identifikatsiya zonasiga kirgan, orol sharqida esa suvosti kemasiga qarshi Ka-28 vertolyot qayd etilgan.Tayvan armiyasi bunga javoban samolyotlarni havoga ko‘tardi, radioogohlantirishlar berdi va zenit-raketa tizimlarini shayladi.

    Umuman olganda, Tayvan Xitoydan ajralib chiqqani haqida 1949-yilda, fuqarolar urushi davrida e’lon qilgan. Pekin orolning mustaqilligini tan olmaydi va uni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi.

    O‘zbekiston yerlarining sho‘rlanib borishi qishloq xo‘jaligini cheklashga olib kelmoqdami?

    Ekspertlarning baholashiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondagi 70 foizdan ortiq yer maydonlari degradatsiyaga uchragan bo‘lib, har yili 830 mln dollarlik yo‘qotishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

    Xususan, eng ko‘p sho‘rlangan yerlar Qoraqalpog‘istonda (90-95 foizni), Buxoroda (96 foizni) va Xorazm vohasida (95-100 foizni) joylashgan. Davlat ekologiya qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, organik moddalarning 30-40 foizga kamayishi hisobiga respublika hududining 40 foiz tuproqlari unumdorligi pasaygan.

    Shu bilan birga, 800 ming gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlar sug‘orish texnikasi hamda yerlarni tekislash tadbirlari noto‘g‘ri amalga oshirilayotgani tufayli eroziyaga uchramoqda.BMTning barqaror ekotizimlar va cho‘llanish bo‘yicha Global markazi ekspertlari yaqin yillarda yerlarning degradatsiyasi qishloq xo‘jaligi rivojlanishini cheklashga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

    “O‘zbekistonda yerlarni degradatsiya va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator tadbirlar olib borilishi, Keyingi yillarda yerdan foydalanish, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi sohalari va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ko‘plab me’yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, bunday holatlarning oldini olishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhim masala”, — deyiladi Senat xabarida.

    23.11.2022, 23:00   Izoh (0)   12876
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonlik siyosatchi KXSHT bosh kotibi bo‘ladi

    23.11.2022, 22:50

    Zelenskiy Yevroparlament Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qilganiga munosabat bildirdi

    23.11.2022, 22:30

    Britaniya sudi Shotlandiyada mustaqillik referendumi o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

    23.11.2022, 20:18

    Moldova Ukraina energetika tizimiga berilgan raketa zarbalari tufayli elektrsiz qoldi

    23.11.2022, 20:12

    Kiyev va Ukraina viloyatlariga yana raketa zarbalari berildi. Qurbonlar va yaradorlar bor (video)

    23.11.2022, 19:45

    AQSHda 30 yil avval muzlatilgan embriondan sog‘lom egizaklar dunyoga keldi. Bu yangi rekord hisoblanadi (foto)

    23.11.2022, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.