• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Medef, Airbus, EDF: Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirda Medef Fransiya korxonalari harakati bosh direktori Filipp Gotye, Airbus, Orano, Suez, Alstom, Total Eren, EDF, Schneider Electric, Natixis kabi 20 taga yaqin yirik kompaniya va banklar rahbarlari ishtirok etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident uchrashuv ishtirokchilarini qutlab, rasmiy tashrifning birinchi kunidagi tadbirlar ishbilarmonlik masalalariga bag‘ishlanganiga e’tibor qaratdi.

    Bu O‘zbekiston muhim va ishonchli hamkorimiz – Fransiya bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga intilishi qat’iyligidan yana bir bor dalolat beradi, – dedi davlat rahbari.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi. Valyuta bozori erkinlashtirildi, foydani repatriatsiya qilishga barcha cheklovlar bekor qilindi, banklar, yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish dasturi boshlandi, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari faol joriy qilinmoqda. O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish, sarmoyadorlarning huquqlarini himoya qilish, mulk daxlsizligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlarda aniq choralar amalga oshirilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Har bir investor O‘zbekiston deganda, eng avvalo, barqarorlik va kelajakka ishonchni tasavvur qilishiga intilyapmiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Jahondagi bugungi beqarorlik sharoitida manfaatlarni hisobga olish va o‘zaro ishonchga asoslangan ko‘p qirrali va konstruktiv sheriklikni chuqurlashtirish tobora muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

    Shu ma’noda, Fransiya biznesining O‘zbekiston bozoriga chiqishi uchun katta istiqbollar ochilmoqda. Mamlakatning jozibadorligi Markaziy Osiyoda aholi soni bo‘yicha eng yirik davlatligi, mahsulotlari MDHning ulkan bozoriga bojsiz yetkazib berilayotgani bilan ham izohlanadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlash va boshqa ko‘mak choralarini taqdim etishga tayyor ekani ta’kidlandi.

    Shavkat Mirziyoyev yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, “yashil” energetika, oziq-ovqat sanoati, kimyo va avtomobilsozlik, elektrotexnika va elektronika tarmoqlari, sog‘liqni saqlash sohasini uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sheriklikni kengaytirish rejalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari o‘z chiqishlarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Mamlakatda qaysi aniq loyihalarni amalga oshirish niyatida ekanini bayon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Fransiya biznes delegatsiyasining har bir a’zosi bilan suhbatlashib, davlatimiz rahbari tadbirkorlarni mamlakatimizga kelish va O‘zbekiston investitsiya kiritish uchun eng qulay joy ekaniga ishonch hosil qilishni taklif qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning mas’ul rahbarlariga tadbirda bildirilgan barcha tashabbuslarni o‘z ichiga olgan hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari, aniq muddatlari va ijrochilari ko‘rsatilgan Amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Fransiya taraqqiyot agentligi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazmoqda (foto)
    • Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Fransiyaga yetib bordi (foto)

    21.11.2022, 23:50   Izoh (0)   19719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda 17 yoshli qiz ijaradagi uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

    21.11.2022, 23:20

    Toshkent viloyati IIBB “yigit talashib urishgani” aytilgan qizlar janjaliga izoh berdi

    21.11.2022, 22:54

    Surxondaryoda Isuzu’ga yashirilgan salkam 200 mln so‘mlik paqildoqlar to‘xtatib qolindi

    21.11.2022, 22:51

    Toshkentda MIB xodimi qarzdor fuqaro tomonidan kaltaklandi (video)

    21.11.2022, 22:19

    O‘zbekistonda 9 oyda konsert faoliyati bo‘yicha berilgan va uzaytirilgan litsenziyalar soni ma’lum qilindi

    21.11.2022, 21:57

    “Bu juda og‘riqli masala”. Davron Fayziyev bolalar futbolidan o‘sib chiqqan iste’dodlar keyinchalik katta sportga yetib borolmayotgani haqida

    21.11.2022, 21:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Italiyada qayiqlar cho‘kib, 26 nafar muhojir halok bo‘ldi

    Dunyo | 14 avgust, 08:52

    O‘zbekistonda mandat e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 08:25

    Afg‘onistonda uch nafar sehrgar hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 08:12

    “PSJ” “Tottenhem”ni mag‘lubiyatga uchratib, UEFA Superkubogi sohibiga aylandi (video)

    Sport | 14 avgust, 07:27

    Rossiyada Telegram va WhatsApp orqali qo‘ng‘iroqlar qisman cheklovga uchradi

    Dunyo | 14 avgust, 00:05

    O‘zbekistonga mol go‘shti importi ikki baravar oshirildi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 23:50

    Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvi uchun joy izlanmoqda — CBS

    Dunyo | 13 avgust, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.