Grozniy markazida noma’lum erkak Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspektsiyasi xodimiga pichoq bilan hujum qildi, deb xabar bermoqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
Hodisa politsiyachi namoz uchun ichkariga kirgan paytda sodir bo‘lgan. “Iblis unga zimdan og‘ir jarohatlar yetkazdi”, — dedi Checheniston rahbari. Hujumchi xizmat quroli bilan qochishga uringan, uni otib tashlashgan.
“Hozirda politsiya jinoyatchining ehtimoliy sheriklari, shuningdek, sodir etilgan jinoyat motivlarini aniqlamoqda, tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bandit yolg‘iz harakat qilgan, uning shaxsi aniqlanmoqda”, — dedi Qodirov.
Chechenistonda huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujumlar avval ham sodir etilgan. Jumladan, 2020-yilning dekabr oyida Grozniy markazida pichoq bilan qurollangan odamlar ikki patrul xodimiga hujum qilib, ularning qurollarini tortib olishga uringan.
Otishmada bir huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan. Har ikki hujumchi ham o‘ldirilgan. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ular Ingushetiyadan respublikaga kelgan aka-uka Temurziyevlar ekanini ta’kidlagan. Hujum uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)