• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eronda hijoblarini yechib tashlagan ikki mashhur aktrisa hibsga olindi

    Eron politsiyasi mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan norozilik harakatlari bilan birdamligini namoyish etib, omma oldida o‘z ro‘mollarini yechib tashlagan ikki nafar mashhur aktrisani hibsga oldi, deb xabar beradi The Times of Israel.

    Hengameh Gazioniy va Katayun Riyohiy

    Hengameh Gazioniy va Katayun Riyohiy
    Foto: Instagram

    Hengameh Gazioniy va Katayun Riyohiy dastlab ijtimoiy tarmoqlardagi “provokatsion” postlari va OAVlardagi faoliyatining tekshirilishi yuzasidan prokuraturaga chaqirilgan, so‘ng hibsga olingan. Namoyishlarning bostirilishini ashaddiy tanqid qilib kelgan Gazioniy tartibsizliklarga gij-gijlagani va ularni qo‘llab-quvvatlagani, shuningdek, muxolifat OAVlari bilan aloqasi uchun qo‘lga olingan.

    52 yoshli kino yulduzi sud organlariga chaqirilganini ma’lum qildi, so‘ng Instagram’ga o‘zining hijobini yechayotgani aks etgan videoni e’lon qildi.

    “Katta ehtimol bilan bu mening so‘nggi postim bo‘ladi. Mana shu lahzadan boshlab men bilan nimaiki sodir bo‘lmasin, bilingki, doimgidek so‘nggi nafasimgacha Eron xalqi bilanman”, — deb yozdi u 19-noyabr kuni kechqurun.

    Undan oldingi hafta e’lon qilgan postida u Eron hukumatini 50 dan ortiq bolalarning o‘limida ayblagan edi.

    Keyinroq 60 yoshli kino va televideniye aktrisasi, bir qancha mukofotlar sovrindori hamda xayriya faoliyati bilan mashhur bo‘lgan yana bir aktrisa Katayun Riohiy xuddi shu ish bo‘yicha hibsga olindi. U sentabrda hijob taqmagan holda Londonning Xalqaro Eron televideniyesiga intervyu bergandi. Aktrisa Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin Eronni qamrab olgan norozilik namoyishlari bilan birdamligini bildirgan, shuningdek, majburiy hijobga qarshi chiqqan edi.

    Mizan Online ma’lumotlariga ko‘ra, Gazioniy ijtimoiy tarmoqlarga joylangan “provokatsion” materiallari uchun prokurorlar tomonidan sudga chaqirilgan sakkiz kishidan biri bo‘lgan. Ular orasida eronlik futbolchi va Tehronning Persepolis futbol klubi murabbiyi Yahyo Gulmuhammad ham bo‘lib, u Eron milliy termasi o‘yinchilarini “ezilgan xalqning ovozini hukumatga yetkazmayotganlikda” ayblagan edi.

    Erondagi namoyishlarga nima sabab bo‘ldi?

    Eronda namoyishlar sentabr o‘rtalarida, 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin boshlandi. Politsiya uni Tehronda metrodan chiqish chog‘ida hijobni noto‘g‘ri o‘ragani uchun hibsga olgan.

    Keyinroq Aminiyning akasi ma’lum qilishicha, politsiyachilar u bilan “qayta tarbiyalash” ishlarini o‘tkazishga va’da bergan. Politsiya uchastkasidan qiz tez yordam mashinasida olib ketilgan. Shifokorlar qizda yurak xuruji va insult yuz berganini bildirgan, u bir necha kundan keyin vafot etgan. Eron politsiyasi baxtsiz hodisa yuz berganini da’vo qilmoqda.

    Eron hukumati fikricha, noroziliklar “islom rejimini zaiflashtirish bo‘yicha dushman strategiyasi”ning bir qismidir, mamlakat armiyasi esa namoyishlar fonida “dushmanlarga qarshi kurashish” va xavfsizlikni ta’minlash niyatida.

    Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy namoyishlar “oddiy eronliklar” tomonidan o‘tkazilmayotganini, balki oldindan rejalashtirilganini aytgandi, shuningdek, u AQSH va Isroilni tartibsizliklarni tashkillashtirishda ayblagandi.

     

    Mavzuga doir:

    • Eronda namoyishlar tufayli ilk ayblanuvchi o‘lim jazosiga hukm qilindi
    • Eronda 14 ming nafar namoyishchi qatl etilishi mumkin
    • Eron futboli afsonasi Ali Dayi o‘limga hukm qilingani aytilmoqda
    21.11.2022, 13:10   Izoh (0)   19293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonning “Bayterek” xoldingi rahbari Kanat Sharlapayev Rossiya fuqaroligidan voz kechdi

    21.11.2022, 12:14

    “Urush boshidan beri Rossiya Ukrainaga 4700 dan ortiq raketa uchirdi” — Zelenskiy

    21.11.2022, 12:11

    AQSH gipertovushli qurollar bo‘yicha Rossiya va Xitoyga yetib olish zarurligini ma’lum qildi

    21.11.2022, 11:49

    Borrel Yevroittifoq va Markaziy Osiyo o‘rtasida Rossiyani aylanib o‘tuvchi transport yo‘laklarini qurishni taklif qildi

    21.11.2022, 11:43

    Ukrainada urush sabab 5 million odam ishidan ayrildi

    21.11.2022, 11:14

    To‘qayev prezident saylovida g‘olib bo‘lmoqda — Markaziy saylov komissiyasi

    21.11.2022, 11:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.