• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Harbiy jinoyatchilar ustidan sud — Nyurnberg jarayonining yakunlanishi, Malida asirga olingan 170 kishi va Fransiyaga josuslik qilishda ayblangan taniqli aviakonstruktor. Kun xronologiyasida 20-noyabr

    20-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan natsistlar Germaniyasidagi harbiy jinoyatchilarga qarshi sud yakuni, Malidagi mehmonxonada asirga olingan 170 kishi hamda Fransiya foydasiga josuslik qilishda ayblangan taniqli aviakonstruktor oid faktlar o‘rin olgan.

    Natsistlar Germaniyasi amaldorlariga qarshi boshlangan Nyurnberg sudi

    1945-yil 20-noyabrda natsistlar Germaniyasidagi harbiy jinoyatchilar ustidan sud — Nyurnberg jarayoni boshlangan edi. Sud oradan qariyb bir yil o‘tgach, 1946-yil 1-oktabrda yakunlangan va hukm e’lon qilingan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Xalqaro harbiy tribunal 12 nafar natsistni butun dunyoga qarshi jinoyati, harbiy jinoyati va insoniyatga qarshi jinoyati uchun osish orqali o‘lim jazosiga hukm etgan. Bu xalqaro huquqning rivojlanishida muhim tarmoqqa aylangan bo‘lib, “Tarix sudi” deb nomlanadi.

    Bavariyaning Nyurnberg shahrida boshlangan sudni Gitlerga qarshi koalitsiyaga a’zo to‘rtta davlatning sakkiz nafar sudyasi olib borgan. AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va Fransiya prokurorlari tomonidan tayyorlanib, ikki kun davomida o‘qib eshittirilgan ayblov xulosasi to‘rtta banddan iborat bo‘lgan: butun dunyoga qarshi jinoyat, insoniyatga qarshi jinoyat, urush qonunlarini buzish (harbiy jinoyatlar) va ushbu jinoyatlarni sodir etish uchun fitna uyushtirish.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1946-yil 1-oktabr kuni sudyalar uzoq davom etgan debatlar natijasida 22 nafar shaxsga nisbatan umumiy pozitsiyani shakllantirgan. Ularning hech biri aybiga iqror bo‘lmagan. Germaniya mehnat fronti rahbari Robert Ley 1945-yil 25-oktabrda qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan. Natsistlar harakatini moddiy qo‘llab-quvvatlagan “Fridrix Krupp” qurol konserniga rahbarlik qilgan Gustav Krupp davolab bo‘lmas darajada nosog‘lom deya topilgan. Ushbu ikki shaxsga nisbatan ochilgan ish to‘xtatilgan. Natijada Gustav Kruppning o‘g‘li Alfrid Krupp Nyurnberg jarayonining Amerika tribunalida (1947-1948-yillar) sudlangan. 1-oktabrda yana uch nafar sudlanuvchi oqlangan, to‘rt nafari 10—20 yil oralig‘ida qamoq jazosiga hukm etilgan, uch nafari umrbod ozodlikdan mahrum etilgan, 12 nafari esa o‘limga hukm qilingan.

    Jinoyatchilarning o‘n nafari 16-oktabr kuni osilgan. Sirdan o‘limga hukm etilgan Martin Borman 1945-yil mayida o‘z joniga qasd qilgani keyinchalik ma’lum bo‘lgan. German Gering — Reyxda Gitlerdan keyingi ikkinchi odam hisoblangan bo‘lib, u o‘lim jazosi ijro etilishidan uch soat oldin qamoqxona kamerasida o‘z joniga qasd qilgan. Germaniyada faoliyat yuritgan “NSDAP”, “SS”, “SD” va “Gestapo” kabi tashkilotlarning a’zolariga alohida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan xolos, Vazirlar Mahkamasi, “SA” va Vermaxt qo‘mondonligi a’zolari esa butunlay oqlangan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Gering va Bormandan, shuningdek, Adolf Gitler janglari tugamasidan oldin o‘z joniga qasd qilgan Yozef Gebbels va Genrix Gimmlerdan tashqari, sudlanuvchilar kursisida Gitlerning Milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Rudolf Gess ham o‘tirgan. U 1941-yil o‘z tashabbusiga ko‘ra Buyuk Britaniyaga kelib, tinchlik bitimini tuzmoqchi bo‘lganiga inglizlar tomonidan hibsga olingan va urush yakuniga qadar asirda saqlangan. Uning yonida tashqi ishlar vaziri Ioxim fon Ribbentrop, Vermaxt oliy qo‘mondonligi rahbari Vilgelm Keytel SS imperiya xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i va Germaniya ichki ishlar vazirligi stats-kotibi Ernst Kaltenbrunner ham bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal barcha urushlardan keyingi holatlar uchun muhim jarayonga aylangan: u nafaqat ommaviy jinoyatlar sodir etganlarni javobgarlikka tortgan, balki birinchi marta alohida shaxslarga, jumladan, harbiy jinoyatlari uchun davlat rahbarlariga nisbatan ham xalqaro huquq normalarini qo‘llagan. Bu xalqaro gumanitar huquqda huquqiy pretsedentni yaratgan va u hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

    Mali mehmonxonasida asirga olingan 170 kishi

    Bundan 7 yil oldin 20-noyabr kuni Mali poytaxti Bamakoda joylashgan Radisson mehmonxonasida qurollangan terrorchilar hujum uyushtirgandi. Bino ichiga kirishga muvaffaq bo‘lgan jangarilar 170 ga yaqin odamni asirga olgan. Hujum uchun mas’uliyatni “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqador “Al-Murubitun” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

    Foto: The New York Times

    Foto: The New York Times

    2013-yilning yanvarida Fransiya Malining bir qismini egallab olib, Azavad mustaqil davlatini e’lon qilgan isyonchi taureglarga qarshi harbiy operatsiya boshlagan. Operatsiyaning maqsadi Mali hukumatiga yordam berish va fransuz fuqarolarini himoya qilish bo‘lgan. Xalqaro operatsiya BMT Xavfsizlik Kengashining 2012-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiya bilan ma’qullangan. 2013-yil 8-fevralda mamlakat shimoli-sharqida xudkush terrorchi harbiy xizmatchilarga qarshi birinchi teraktni uyushtirgan. Shundan keyin BMT missiyasining tinchlikparvarlari va xodimlariga nisbatan hujumlar seriyasi boshlangan.

    20-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da Radisson Hotel mehmonxonasi binosiga Ichida qurollangan jangarilar bo‘lgan diplomatik raqamlar o‘rnatilgan bir nechta mashina yaqinlashgan. Kirishdagi soqchini yaralagan terrorchilar binoga bostirib kirib, u yerdagi 170 ga yaqin odamni asirga olgan (140 nafar mehmon va 30 nafar mehmonxona xodimi). Qur’on oyatlarini o‘qiy olgan asirlarning bir qismi ozod etilgan.

    Foto: The New York Times

    Foto: The New York Times

    Ko‘p o‘tmay hodisa joyiga Mali kuch tuzilmalari xodimlari yetib kelgan va aksilterrorchilik operatsiyasi boshlangan. Soat 09:00 da harbiylar mehmonxona binosiga kirgan, bir soatdan keyin esa terrorchilar to‘rtinchi qavatda qurshovga olingan. Bu vaqtga kelib Mali harbiylariga yordam berish uchun Fransiyaning 40 nafar maxsus kuchlari yetib kelgan. Shuningdek, shtrumda Amerika harbiylari va BMTning ko‘p qirrali majmuaviy missiyasi kuchlari ham ishtirok etgan.

    Operatsiya davomida barcha asirlar sekin-asta ozod etilgan (marhumlardan tashqari). Ular kichik guruhlar shaklida mehmonxonani tark etayotgan bir paytda kuch tuzilmalari xodimlari yakuniy shturmga tayyorgarlik ko‘rgan. Soat 16:00 da terrorchilar yo‘q qilingan va harbiylar binoni ko‘zdan kechirishni boshlagan. Operatsiya davomida besh nafar harbiy yaralangan, “Volga-Denpr” Rossiya aviakompaniyasi ekipajining olti a’zosi halok bo‘lgan. Mazkur voqeadan keyin mamlakatda 10 kunlik favqulodda holat e’lon qilingan.

    Fransiyaga josuslik qilishda ayblangan aviakonstruktor

    1935-yilning 20-noyabr kuni uchuvchi-sinovchi Pyotr Stefanovskiy “Zanjir” loyihasi doirasida beshta qiruvchi samolyot qotirilgan “TB-3” bombardimonchisini birinchi marta havoga ko‘targan edi. Samolyot sovet aviakonstruktori Andrey Tupolyev boshchiligidagi jamoa tomonidan yaratilgan edi. Oradan bir necha yil o‘tgach, Tupolyev aksilinqilobiy tashkilotga mansublikda ayblanib, hibsga olingandi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Andrey Tupolyev 1888-yil 10-noyabrda Tver viloyatining “Pustomazovo” qishlog‘ida dunyoga kelgan. Otasi Peterburg universitetidan haydalgan bo‘lsa-da, sirtqida o‘qigan va notarius bo‘lib ishlagan. Onasi Tverdagi Marina ayollar gimnaziyasi bitiruvchisi. Andreyning o‘zi boshlang‘ich ta’limni uyda olgan, keyin esa Tver gimnaziyasida o‘qishni davom ettirgan.

    “Texnika bo‘yicha ketishim kerakligimni his qilardim. Chunki texnikani juda yaxshi ko‘rardim”, — deb yozadi u.

    1909-yilda Tupolyev Nikolay Jukovskiyning aeronavtika to‘garagiga qo‘shilgan, u yerda olim yigitchaga “eng dahshatli ehtiroslardan biri — fanga bo‘lgan ishtiyoq”ni yuqtirgan. Tupolyev 1910-yildayoq o‘zi yaratishda ishtirok etgan planerda birinchi parvozini amalga oshirgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Biroq o‘qish jarayoni birinchi hibsga olinish jarayoni bilan to‘xtab qolgan. Tupolyev talabalar noroziligida ishtirok etgan, noqonuniy adabiyot tarqatgani uchun qo‘lga olingan va ma’muriy tartibda vataniga yuborilgan. U o‘qishni Birinchi jahon urushi boshlanishida tamomlashga muvaffaq bo‘lgan.

    O‘qishni tamomlagan Tupolyev Markaziy aerodinamika institutida ishlagan, samolyotlarda yog‘och o‘rnini egallagan duralyuminiy muqobilini yaratishda ishtirok etgan. Tupolyev 1923-yilda aralash konstruksiyali o‘zining birinchi yengil samolyoti “ANT-1”ni, 1924-yilda — yaxlit metalli “ANT-2”, 1925-yilda — birinchi yaxlit metalli jangovar “ANT-3” samolyotini yaratgan. Shuningdek, “ANT-4” nomli bombardimonchi monoplatni ham seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

    Tupolyev rahbarligi ostida bombardimonchilar, qiruvchilar, yo‘lovchi tashuvchi, transport, dengiz samolyotlari, aerochanalar, torpedali katerlar, birinchi sovet tayanch dirijabllari loyihalangan.

    1937-yil 21-oktabrda Tupolyev hibsga olingan. U “aviatsiya sanoatida Sovet Ittifoqiga qarshi tashkilotga boshchilik qilish, samolyotsozlik sohasida qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va Fransiya foydasiga josuslik qilishda” ayblangan. Shuningdek, u aksilinqilobiy tashkilotlarni yaratish va iqtisodga zarar yetkazishda ayblangan. Bundan tashqari, u o‘z chizmalarini sovetlarning asosiy raqibi bo‘lgan nemis aviakonstruktori Vilgelm Messershmitga sotganlikda gumonlangan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Tupolyevga nisbatan shubhalar uning 1930-yillarda Germaniya, Fransiya va AQSHga safarlari sabab paydo bo‘lgan. Bu kabi safarlardan biri janjal bilan yakunlanishiga bir baxya qolgan — Tupolyev SSSR tomonidan tashkil etilgan “AMTORG” konsalting-savdo firmasini chetlab o‘tib, xorij zavodlarida samolyotlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bundan tashqari, Tupolyev o‘zining xizmat safarlariga aviatsiyaga aloqasi bo‘lmagan rafiqasini ham olib borgan. Safarlar davomida bir nechta samolyot ishlab chiqarishda litsenziyalar sotib olingan bo‘lib, ulardan biri ishlab chiqarish uchun juda murakkab edi, qolganlar sovet normalariga mos kelmagan.

    “Meni Lubyankadagi hibsxonada saqlashdi. Keyin esa Butirkaga o‘tkazishdi. U yerda ham oson, ham qiyin edi, atrofda odamlar bor edi harqalay… Yo‘q, meni kaltaklashmadi, faqat uzoq vaqt turg‘izib qo‘yishardi — axir men og‘ir odamman — menga qiyin edi”, — deya keyinchalik do‘sti Leonid Kerberga aytib bergan u.

    Uni chizmalarni kimga sotganini, buning evaziga qancha pul olganini aytishni talab qilishgan. “Sheriklarining Arxangelskiy, Suxov, Petlyakov, Myasishev allaqachon barchasini tan olib, seni sotishdi. Faqat sen tajanglik qilyapsan, o‘zingga oson bo‘ladi, ayt…”, — deyishgan unga. Agarda Tupolyev tan olmasa, xotinini lagerga, farzandlarini esa bolalar uyiga jo‘natib yuborishni va’da qilishgan. Yaqinlarining hibsga olinishidan qo‘rqqan erkak “barchasini tan olgan” va 1924-yildan beri fransuz josusi ekanini aytgan. Ammo iqrorlik yordam bermagan. Tupolyev qamoqxonada o‘tirganida ham yangi — “ANT-58” samolyoti ustida ishlagan. Butirkadan u Moskva viloyatidagi “Bolshevo” posyolkasidagi “SSSR NKVD huzuridagi maxsus texnik byuro”siga o‘tkazilgan.

    Tupolyev “Bolshevo”ga o‘tganida, u yerda aviatsiya sohasining hibsga olingan yetakchi mutaxassislari ishlayotgan edi: taniqli konstruktorlar Vladimir Petlyakov, Vladimir Myasishev, Robert Bartini, Iosif Neman, Aleksandr Nadashkevich, Kurt Minkner. Sergey Korolyev ham shu yerda bo‘lib, u Tupolyev rahbarligi ostida “Pe-2” va “Tu-2” bombardimonchilarini yaratish ustida ishlagan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Tupolyev va uning sheriklari ustidan sud 1940-yilda sirtdan o‘tkazilgan va aviakonstruktor 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uni lagerdan urush qutqarib qolgan. 1941-yil 19-iyul kuni Tupolyev va uning 20 nafar sherigi muddatidan oldin ozodlikka erishgan — u bunga qadar 1376 kun umrini qamoqda o‘tkazib ulgurgandi. 1955-yil 9-aprelda esa Tupolyev to‘liq reabilitatsiya qilingan.

    Ikkinchi jahon urushidan keyin Tupolyev soatiga 1000 kilometr tezlikda uchishga qodir “Tu-16” reaktiv bombardimonchisini yaratgan. Shuningdek, sovetlarning so‘nggi fuqarolik reaktiv samolyoti — “Tu-104” ham unga tegishli edi. Tupolyev 1972-yil 23-dekabrda vafot etgan va Moskvadagi “Novodevichye” qabristoniga dafn etilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Isroilga birinchi marta tashrif buyurgan Misr prezidenti Anvar Sadat, MBA tarixidagi eng yirik janjal va Oy yuzasiga qo‘ngan “Apollon-12”. Kun xronologiyasida 19-noyabr

    20.11.2022, 09:30   Izoh (0)   43870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ilk bor Kiyevga tashrif buyurdi (foto)

    19.11.2022, 20:26

    Ukraina–Rossiya urushi qachon tugashi bo‘yicha taxminiy muddat ma’lum qilindi

    19.11.2022, 18:45

    Tojikiston prezidentining nevarasi mamlakat Dzyudo federatsiyasi rahbari etib saylandi

    19.11.2022, 16:34

    Rossiya koloniyalaridagi mahbuslar 2 oy ichida rekord darajada kamayib ketdi. Bu ular urushga yollanayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin

    19.11.2022, 16:13

    Ilon Mask Twitter’da Trampning akkauntini qaytarish yoki qaytarmaslik haqida ovoz berish tashkil qildi

    19.11.2022, 13:39

    Koronavirusning yangi shtammi: mutaxassislar “serber” yanada yuqumliroq ekani haqida ogohlantirmoqda

    19.11.2022, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:47

    Oyoq, tish va hatto til: tana a’zolarini millionlab dollarga sug‘urtalagan mashhurlar

    Shou-biznes | 20 iyun, 16:36

    Buyuk Britaniya va Bahrayn o‘rtasida 2 ta yirik shartnoma imzolandi

    Dunyo | 20 iyun, 16:30

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    Chinakam matonat egasi, Ginneslari rekordi kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina

    Sport | 20 iyun, 16:26

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:15

    Pokiston armiyasi rahbari Donald Tramp bilan uchrashdi

    Dunyo | 20 iyun, 16:10

    Qashqadaryoda tuproq qoplamali yo‘llarni to‘liq shag‘al qoplamaga o‘tkazish boshlanadi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.