Pokistonning Sind viloyatida 17-noyabr kuni yo‘lovchi avtobusi chuqurlikka tushib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
Halok bo‘lganlarning 11 nafari yosh bolalar bo‘lib, hodisada 13 kishi jarohatlandi. Voqea viloyatning g‘arbiy qismidagi Hindu shossesida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi o‘rnatilgan to‘siqlarni payqamay, chuqurlikka tushib ketgan. Avtomobilda haydovchidan tashqari 32 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.
Ta’kidlanishicha, Sind provinsiyasi yaqinda yuz bergan suv toshqinlaridan qattiq zarar ko‘rgan, mintaqada 8 ming kilometr uzunlikdagi yo‘l vayron bo‘lgan. Suvni oqizish uchun hukumat chuqurlar qazigan. Avtobus esa ulardan biriga tushib ketgan.Mavzzuga doir:
Izoh (0)