Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya va AQSH yadro qurolidan foydalanmaslik haqida kelishib olganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Prezidentga buni Turkiya razvedkasi rahbari Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin va AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byornsning uchrashuvidan keyin yetkazgan. Uchrashuv 14-noyabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan.
“Ayni vaqtda ikkala tomon ham yadro qurolidan foydalanishga urinmaydi. Biz ular tez-tez uchrashib turishini istaymiz va bunga imkoniyat yaratishga tayyormiz. Bu (yadro qurolidan foydalanish), xudo asrasin, yangi jahon urushi boshlanishiga olib keladi”, — dedi Erdo‘g‘on TRT telekanali efirida.
14-noyabr kungi uchrashuv chog‘ida Byorns Narishkinga Rossiya tomonidan yadro quroli qo‘llanilgan taqdirda, qanday oqibatlarga olib kelishi haqida aytgan. AQSH Davlat departamenti vakili Vedant Patelning so‘zlariga ko‘ra, Byorns, shuningdek, Rossiya razvedkasi rahbariga “hibsda saqlanayotgan Amerika fuqarolarining Rossiya hukumati tomonidan adolatsiz tarzda foydalanilayotgani” haqida ham gapirgan.
Mavzuga doir:
- AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Kiyevga kelib, Zelenskiy bilan uchrashdi — WP
- AQSH MRB rahbari Turkiyada Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori bilan uchrashib, yadro qurolidan foydalanish oqibatlari haqida ogohlantirdi
- Turkiyada Rossiya va AQSH vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda — OAV
Izoh (0)