Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 6-oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kengesh) majlisida deputat Arslanbek Maliyev mamlakat davlat ramzlariga tuzatishlar kiritishni taklif qildi, deb yozadi Asia Plus.

Foto: Playbuzz

Foto: Playbuzz

Xususan, xalq deputati bayroqning rangini hamda madhiya so‘zlarini o‘zgartirmoqchi. Maliyevning  bayroqning rangi SSSR davrida tanlanganini pesh qilmoqda.

“Tarixga murojaat qiladigan bo‘lsak, qirg‘izlarning bayrog‘i ko‘k rangda bo‘lgan. Shuning uchun biz o‘sha rangni qaytarishimiz kerak. Bunday qonun loyihasi allaqachon tayyorlanmoqda. Madhiyada ham ba’zi so‘zlarni tuzatish zarur. O‘z tarixiy ramzlarimizga qaytish vaqti keldi”, — dedi u.

Avvalroq Arslanbek Maliyev mamlakat nomini o‘zgartirishni taklif etgandi. U taklif qilgan variantlar orasida Qirg‘iz eli, Qirg‘iz kaganati, Qirg‘izjer bor edi.

Bayroq nomini va madhiya so‘zlarini o‘zgartirish masalasi Qirg‘izistonda birinchi marta ko‘tarilayotgani yo‘q.

2011-yildayoq parlament fraksiyasi deputatlari, shuningdek, jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya madhiyadagi 5—6 ta so‘z chalg‘ituvchi ma’noga ega, degan xulosaga kelib, ularni ohangdorroq va ma’noliroq so‘zlar bilan almashtirishni taklif etgandi.

Davlat bayrog‘i borasida esa parlament a’zolari guruhi qizil rang agressiya va urush ma’nosiga ega ekanini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev akademik Abdumavlon Abdullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Dunyo
YI Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina va Gruziya hududlarida berilgan pasportlarni tan olmaydi
Dunyo
Zelenskiy idorasi Ukrainadagi urush qanday tugashini prognoz qildi