AQSh kosmik kuchlari Xitoyning “Long March-6A” raketasi koinotda portlab ketganini ma’lum qildi. Bu haqda Forbes xabar berdi.
Raketa 50 ga yaqin bo‘laklarga bo‘lindi. Hodisa taxminan 500 kilometr balandlikda, Xalqaro kosmik stansiya (XSK) orbitasidan bir oz yuqorida yuz berdi. Ayrim Starlink sun‘iy yo‘ldoshlari ham shu balandlikda joylashgan. Raketa parchalari Yerning past orbitasida qo‘shimcha kosmik chiqindilarga aylandi. Astronom Sis Bassaning fikricha, raketa korpusi “Yunxay-3” sun’iy yo‘ldoshi raketadan ajralib chiqqanidan ko‘p o‘tmay koinotda parchalanib ketdi.
11-noyabr kuni ham Xitoyning “Long March-6A” yengil toifali raketasi Yerni kuzatish uchun mo‘ljallangan “Yunxay-3” yangi sun‘iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqdi. Ammo 12-noyabr kuni koinotda nimadir yuz berdi va hodisa oqibatida raketa portladi hamda parchalanib ketdi.
“Raketa parvozini bir necha soat davomida kuzatish shuni ko‘rsatadiki, yoqilg‘i sizib chiqqan bo‘lishi mumkin. Raketaning ikkinchi bosqichi o‘nlab bo‘laklarga bo‘lindi, ular tez aylanib, osmonda aniq yorqin izlar qoldirdi”, — deydi Bassa.
Astronomning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy raketasining bu bo‘laklari bir necha yil davomida Yerga qaytadi. Ehtimol, raketaning qoldiqlari atmosferada yonib ketadi. Ammo yana bir muammo bo. Raketa parchalari XKS bilan taxminan bir xil orbitada uchadi, bu esa orbital stansiya xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
Avvalroq Janubiy Koreya o‘zining birinchi kosmik raketasini kosmosga uchirgandi. Biroq raketa sun’iy yo‘ldosh maketini orbitaga olib chiqa olmagandi.
Izoh (0)