• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Qashshoq mamlakatlar uchun eng qiyin vaziyat: global oziq-ovqat importi xarajatlari yil oxirigacha oshishi prognoz qilindi. O‘zbekistonda vaziyat qanday?

    FAO oziq-ovqat prognoziga ko‘ra, dunyoda import qiymati 2021-yilga nisbatan 10 foizga oshadi va tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetadi. Shu bilan birga, ayrim mamlakatlarda import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining o‘sish sur’ati sekinlashishi qayd etilgan. “Daryo” mavzu yuzasidan sharh tayyorladi.

    Foto: Bloomberg
     

    FAO — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti.

    Bu oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlarining oshishi va bir vaqtning o‘zida bir qator valyutalarning dollarga nisbatan qadrsizlanishi bilan bog‘liq.

    Ikkalasi ham import qiluvchi mamlakatlarning xarid qobiliyatiga va ushbu mamlakatlarga kiradigan oziq-ovqat miqdoriga ta’sir qiladi.

    Qashshoq mamlakatlar uchun eng qiyin vaziyat

    Umuman olganda, importning o‘sishi yuqori daromadli mamlakatlarda kuzatiladi. Ammo iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlar narxlarning oshishidan katta zarar ko‘rishi mumkin.

    Masalan, kam daromadli mamlakatlar oziq-ovqat importini 10 foizga qisqartirishga majbur bo‘lishi kutilmoqda. Ammo ular oziq-ovqatga hech bo‘lmaganda o‘tgan yilgidek pul sarflashadi.

    Bu yana bir bor ushbu mamlakatlarda oziq-ovqat bilan ta’minlanish muammosi ortib borayotganiga ishora qiladi.

    Bular oziq-ovqat xavfsizligi nuqtayi nazaridan ogohlantiruvchi belgilar bo‘lib, import qiluvchilar uchun ortib borayotgan xalqaro xarajatlarni moliyalash tobora qiyinlashib borayotganidan dalolat beradi. Oqibatda bozorlardagi narxlar yanada oshishi mumkin, — deya tushuntiradi FAO.

    Tashkilot yiliga ikki marta o‘z prognozini e’lon qiladi. U dunyoning asosiy oziq-ovqatlari, jumladan, don, yog‘li o‘simliklar, shakar, go‘sht, sut mahsulotlari va baliqlarni qamrab oladi.

    Prognoz, shuningdek, okean yuklari stavkalari, o‘g‘itlar narxlari va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonining boshqa muhim elementlari tendensiyalarini ko‘rib chiqadi.

    Ushbu asosiy tovarlarning ko‘pchiligini jo‘natish rekord darajada yetgan yoki unga yaqin, ammo ko‘plab omillar bozorlardagi vaziyat qiyinlashishi mumkinligini ko‘rsatadi.

    FAO prognozi raqamlarda

    2022—2023-yillarda Kanada va Rossiyada hosilning qayta tiklanishi natijasida global bug‘doy yetishtirish rekord darajadagi 784 million tonnaga yetishi kutilmoqda.

    Bu global bug‘doy zaxiralarini eng yuqori darajaga ko‘tarishi mumkin, garchi hisobotda qayd etilishicha, ularning asosiy qismi asosan Xitoy va Rossiyada to‘planadi. Qolgan dunyo zaxiralari esa 8 foizga qisqarishi kutilmoqda.

     

    Shu bilan birga, asosiy mamlakatlarda ishlab chiqarishning qisqarishi yuz berishi taxmin qilinmoqda. Oqibatda zaxiralarning kamayishi tufayli ozuqa don zaxiralari 2013-yildan beri eng past darajaga tushadi.

    2022-yilda global ishlab chiqarish 2,8 foizga qisqarib, 1 467 million tonnani tashkil etadi.

    Osiyoda barqaror hosil darajasi va Afrikada ishlab chiqarishning tiklanishi tufayli global guruch ishlab chiqarish umumiy o‘rtacha darajada qoladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yog‘li ekinlar ishlab chiqarish ham tiklanishni kutmoqda. Hajm 2022—2023-yillarda rekord darajaga yetadi, soya va kolza yetishtirishning ko‘payishi kungaboqar urug‘i ekinlarining ehtimoliy pasayishini qoplashi kutilmoqda.

    Braziliyada rejalashtirilgan tiklanish, Xitoy va Tailandda yuqori hosil tufayli shakar ko‘proq ishlab chiqarilishi kutilmoqda, ammo iste’mol sekinroq o‘sadi.

     

    2022-yilda go‘sht va sut mahsulotlarining jahon ishlab chiqarishi ham biroz oshadi.

    Baliqchilik va suv mahsulotlari yetishtirishning umumiy hajmi 1,2 foizga oshishi kutilmoqda.

    Shu bilan birga, akvakultura yetishtirishning 2,6 foizga o‘sishi — dehqonchilik natijasida olingan baliq mahsulotlari — tijorat baliqlarini ovlashning biroz qisqarishini qoplaydi.

    O‘g‘itlar va energiya

    Tashkilot oziq-ovqat istiqbollari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, o‘g‘itlar importiga global xarajatlarning taxminiy bahosini beradi.

    Bunday resurslarga global import xarajatlari 2022-yilda 424 milliard dollargacha oshishi kutilmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan 48 foizga va 2020-yilga nisbatan 112 foizga ko‘pdir.

    Prognoz qilinayotgan o‘sish energiya va o‘g‘it importining yuqori xarajatlari bilan bog‘liq. Har ikkisi ham, ayniqsa, daromadi past va o‘rtacha daromadli mamlakatlar uchun dolzarbdir.

    FAO’ning ogohlantirishicha, shu tufayli ayrim mamlakatlar qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan o‘g‘itlar va boshqa materiallarni sotib olish hajmini qisqartirishga majbur bo‘lishi mumkin.

    Bu esa muqarrar ravishda qishloq xo‘jaligi mahsuldorligining pasayishiga va ichki bozorlarda oziq-ovqat taqchilligi yuzaga kelishiga olib keladi.

    Ma’lumotlariga ko‘ra, global qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir 2023-yilgacha davom etishi mumkin.

    O‘zbekistonda vaziyat qanday?

    2022-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 2,46 mlrd dollarni (2021-yilning mos davrida 1,8 mlrd dollar) tashkil etdi.

    Joiry yilgi oziq-ovqat importi 2021-yilning yanvar—sentabr oylariga nisbatan 36,8 foizga (663,1 mln dollar) oshdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2021-yilning yanvar—sentabr oylarida jami import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 10 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida bu ko‘rsatkich 1,2 foizga ko‘payib, 11,2 foizni tashkil etdi.

    Yil boshidan beri 106 mamlakatdan oziq-ovqat mahsulotlari importi amalga oshirilgan. Ular orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda — 891,1 mln dollar yoki 36,2 foiz.

    Bu borada 590,9 mln dollarlik ko‘rsatkich bilan Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi. Braziliya esa O‘zbekistonga oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha uchinchi o‘rinda — 362 mln dollar.

    Shuningdek, yil boshidan beri Ukrainadan O‘zbekistonga oziq-ovqat yetkazib berish qariyb teng yarmiga kamayib, 21,3 mln dollarni tashkil qilmoqda. Bu Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush sabab mamlakat qishloq xo‘jaligi zarar ko‘rgani bilan izohlanadi.

    15.11.2022, 09:22   Izoh (0)   21764
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropada g‘ayritabiiy issiq qish bo‘lishi prognoz qilinmoqda

    14.11.2022, 23:48

    Turkiya Yevropani gaz bilan ta’minlamoqchi

    14.11.2022, 21:08

    O‘zbekistonliklar banklar orqali qancha dollar sotib olgani ma’lum bo‘ldi

    14.11.2022, 20:26

    Yevropa Ittifoqi Rossiya neftiga yuqori narx chegarasini belgilashga tayyorligi ma’lum qilindi

    14.11.2022, 18:59

    Yevrokomissiya oziq-ovqat inqiroziga moyil mamlakatlarga 210 million yevro ajratdi

    14.11.2022, 17:32

    XVJ global o‘sishning yanada sekinlashishi haqida ogohlantirmoqda

    14.11.2022, 14:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Rossiyadan deportatsiya qilingan 500 dan ortiq bolani qaytarishni talab qildi

    Dunyo | 3 iyun, 12:19

    Jaziramada terlamaslikka yordam beradigan layfhaklar

    Layfstayl | 3 iyun, 12:07

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 12:00

    Rianna oilasida judolik: xonandaning otasi vafot etdi

    Layfstayl | 3 iyun, 11:51

    Britaniya armiyasi doimiy jangovar shay rejimga o‘tadi

    Dunyo | 3 iyun, 11:48

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Metabolizmni tezlashtiruvchi va saratondan himoya qiluvchi 3 mahsulot

    Layfstayl | 3 iyun, 11:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.