Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriluvchi va atrof-muhitni o‘rganuvchi Kopernik tahliliy markazi kelayotgan qishda Yevropada harorat normadan sezilarli darajada yuqori bo‘lishini prognoz qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Mavsumiy prognozga ko‘ra, bu qishda Yevropaning barcha hududlarida anormal isish kutilmoqda.
Oxirgi oyda havoning iliq bo‘lishiga ishonch ortdi. G‘ayritabiiy yuqori harorat tabiiy gazga bo‘lgan talabni kamaytirishi mumkin, — deyiladi tadqiqotda.
Qayd etilishicha, qulay ob-havo sharoiti tufayli Yevropada 2022-yil oxirigacha, hatto 2023-yilning “sovuq” boshlanishi ehtimoldan yiroq bo‘lmagan taqdirda ham, ichki talabni qondirish uchun energiya resurslari yetarli bo‘ladi.
Buyuk Britaniya, markaziy va janubiy Yevropaning katta qismida harorat tarixiy me’yorlardan sezilarli darajada yuqori bo‘lishi kutilmoqda — 60 foizgacha. Issiqroq harorat kam tabiiy gaz zaxiralari tugashining oldini olishga yordam beradi.
Gas Infrastructure Europe ma’lumotlariga ko‘ra, 13-noyabr holatiga ko‘ra, Yevropa omborlari deyarli 95,5 foizga to‘lgan.
Fransiya va Germaniyaning ko‘p qismida keyingi uch oy ichida yog‘ingarchilik o‘rtacha darajadan ancha past bo‘lishi ehtimoli 40 foiz dan 50 foizgacha.
Yevropada yomg‘ir va qorning yetishmasligi ichki daryo transporti va gidroenergetika operatorlariga, shuningdek, chang‘i mavsumiga ta’sir qilishi mumkin.
Izoh (0)