• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri shakllantiriladi

    Shavkat Mirziyoyevga 15-noyabr kuni tadbirkorlik faoliyatini soddalashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Unda keltirilishicha, bugungi kunda biznesni tartibga soluvchi 6 mingdan ortiq me’yoriy-huquqiy va 40 mingta texnik hujjat mavjud. Ayrim eski talablar yangi mahsulotlar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishni qiyinlashtirmoqda.

    Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq tadbirkorlarning zamonaviy faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilayotgan talablar qayta ko‘rib chiqilib, bir qator yengilliklar joriy qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xususan, tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalarini aniq belgilandi. Bular davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziyalash va ruxsat berish, texnik tartibga solish, tarif va notarif tartibga solish, majburiy sug‘urta, davlat nazorati, raqobatni himoya qilish, javobgarlik o‘rnatish kabilardir.

    Tahlillardan kelib chiqib, ko‘plab tartib-taomillar ham qisqartirildi. Masalan, tadbirkorlik subyektining ustav fondi kamaytirilayotganida kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish, elektr energiyasi ortiqcha iste’mol qilinganida uni uzib qo‘yish, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan xodimlarni soliq organlarida alohida hisobga qo‘yish kabi jarayonlar ko‘p ovoragarchilikka sabab bo‘lyapti. 2023-yil 1-yanvardan bunday majburiy talablar bekor qilinadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestrini shakllantirish mo‘ljallangan. U ikki bosqichda qilinib, 2025-yil 1-iyuldan to‘liq ishga tushiriladi. Bu reyestrga kiritilmagan talablar bo‘yicha tadbirkorga nisbatan javobgarlik belgilash taqiqlanadi.

    Prezident 22-avgust kuni bo‘lgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda sohani raqamlashtirish, hujjatlarni qog‘oz shaklida saqlashni kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Ilgari amal qilgan tartibga ko‘ra, yuridik shaxsning ish haqlari va boshqa daromadlari, ular bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi hujjatlar 75 yil davomida qog‘oz holida saqlanishi kerak edi. Yangi farmon bilan ma’lumotlar soliq idoralari bazasida borligi uchun ularni qog‘ozda saqlash bekor qilindi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari o‘zlarining ichki buxgalteriya birlamchi hujjatlarini axborot tizimlari orqali tuzganda, ularni qog‘oz shaklida yuritishdan ozod etilmoqda. Bu o‘zgarishlar natijasida 587 mingta korxona qog‘ozbozlikdan qutulib, ishi yengillashadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab soliq organlariga moliyaviy hisobotlarni har chorakda taqdim qilish, 9 xil statistika hisobotlarini topshirish amaliyoti bekor qilindi.

    Davlat rahbari mutasaddilarning axborotini tinglab, ushbu farmon ijrosini samarali tashkil etish, mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini yuritishni soddalashtirish, qulay biznes muhitini yaratish ishlarini izchil davom ettirishga ko‘rsatma berdi.

    15.11.2022, 21:22   Izoh (0)   6798
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Markaziy Osiyo hukumatlariga tavsiyalar berib boruvchi ekspertlar alyansi tuzildi

    15.11.2022, 20:59

    Xorazmda hokim o‘rinbosari 6 yilga qamaldi

    15.11.2022, 20:43

    Andijon oktabr oyida eng ko‘p egizaklar tug‘ilgan hudud bo‘ldi

    15.11.2022, 19:27

    O‘zbekistonning 3 ta hududida 3–4 balli zilzila qayd etildi

    15.11.2022, 19:16

    Qibrayda 2 200 kg iste’molga yaroqsiz go‘shtni konservalamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

    15.11.2022, 19:06

    O‘zbekiston 10 oyda qancha meva-sabzavot eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

    15.11.2022, 18:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.