2022-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonda 11 ta yangi masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu orqali respublikadagi masjidlarning umumiy soni 2112 taga yetgan.
O‘z navbatida, 2022-yilning 9 oyi davomida 49 ta masjid qayta qurilib, 35 tasi qayta ta’mirlangan.
Bundan tashqari, hozirgi kunda mamlakatda 325 ta masjidda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)