Xorazm viloyati Urganch shahrida tadbirkordan 300 dollar talab qilgan dehqon bozori rahbari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX va IIVning Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “Urganch markaziy dehqon bozori” AJ boshqaruv raisi Sh.R. yakka tartibdagi tadbirkor S.K.ga tegishli go‘sht mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan savdo shoxobchasini bozor hududidagi yengil tipdagi ko‘chma savdo shoxobchalari dislokatsiyasiga kiritib, hujjatlarini rasmiylashtirib bergani evaziga o‘z xizmat xonasida 300 dollar pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)