“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin.
Futbolchi va “Real” rahbariyati hamkorlik yakuniga yetayotganini tushunib turibdi. JCH—2022 dan so‘ng tomonlar yarim himoyachining boshqa klubga o‘tish masalasini ko‘rib chiqadi. Ikkala tomonga ham foydali bo‘lgan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Defensa Central ma’lumotlariga ko‘ra, belgiyalik futbolchining xizmatlariga “Aston Villa” qiziqish bildirgan. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Unai Emeri ushbu transferga ruxsat berishi mumkin. Emeri futbolchi jamoa hujum chizig‘ining yetakchisi bo‘lishiga ishonmoqda.
“Real” Azarning transferidan munosib pul olmoqchi. Madrid jamoasi belgiyalikni 2019-yilning yozida “Chelsi”dan sotib olgandi. “Real” transfer uchun 100 million yevrodan oshiq pul sarflagani aytilgandi.
31 yoshli Eden joriy mavsum La Ligada 3 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Izoh (0)