• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR tarixidagi dahshatli dengiz halokati, Xitoyda yakunlangan “Bir oila — bir bola” siyosati va sayyoradagi eng keksa astronavt. Kun xronologiyasida 29-oktabr

    28-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan 800 dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘lgan “Novorossiysk” kemasi, Xitoyda yakunlangan “Bir oila — bir bola” siyosati va eng keksa astronavtga oid faktlar o‘rin olgan.

    SSSR tarixidagi eng dahshatli dengiz halokati

    1955-yil 29-oktabr kechasi SSSR tarixidagi eng dahshatli dengiz halokatlaridan biri sodir bo‘lgandi. Sevastopol ko‘rfazida yuz bergan portlash oqibatida “Novorossiysk” linkori (liniya kemasi) cho‘kib ketgan. Fojia oqibatida 829 kishi, jumladan, boshqa kemalar eskadasi dengizchilari ham halok bo‘lgan. Uzoq yillar davomida “Novorossiysk”ning cho‘kishiga nemis minalar, italiyalik desantlar va sovet admiraliga qarshi partiya fitnasi kabi vajlar ko‘rib chiqilgan, ammo linkor halokatining aniq sababi hozirga qadar ma’lum emas.

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    28-oktabr kuni Qora dengiz flotining flagmani “Novorossiysk” Sevastopol ko‘rfaziga qaytayotgan edi. Linkor jamoasining kayfiyati yuqori va bayramona bo‘lgan: kema jangovar o‘tishlar va o‘quv mashqlarini muvaffaqiyatli yakunlagan.

    Jamoaning ko‘plab a’zolari yaxshi xizmati uchun ta’tilga chiqishi kerak edi. Kechga borib kema o‘z dislokatsiyasiga yetib borgan va langarni tashlagan — biroq belgilangan nuqtadan yarim korpusga o‘tib ketgan. Bu flagman kapitani vazifasini bajaruvchi — katta yordamchi, 2-rang kapitani Grigoriy Xurshudovning xatosi bilan yuz bergan. Umuman olganda mazkur holat hech qanday jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirmagan. Kema o‘z joyiga o‘rnashishi bilan komandir Xurshudov va katta muhandis boshchiligidagi ofitserlarning bir qismi qirg‘oqqa chiqqan.

    Ekipajga dam olish buyurilgan: tinch dengizda hech qanday xavf kuzatilmagan. Biroq tungi soat 01:30 da kema qo‘ng‘irog‘i jarang sochgan. Bir daqiqa o‘tmay, “Novorossiysk”da kuchli portlash sodir bo‘lgan — u hatto Qrimdagi seysmograflar tomonidan qayd etilgan ham. Keyinroq aniqlanishicha, portlash oqibatida kemada 150 metr kvadratli yoriq paydo bo‘lgan.

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Portlash oqibatida 250 ga yaqin odam hatto uyg‘onishga ham ulgurmay halok bo‘lgan. Tirik qolgan dengizchilar zo‘rg‘a o‘ziga kelib, kemadan qochishga tushgan. Kema qiyshaygan. Kema borti yengil metalldan ishlangani fojianing dastlabki daqiqalaridanoq vaziyatni qiyinlashtirgan. Bunday muhandislik yechimdan shundoq ham og‘ir artilleriya qal’asining vaznini kamaytirish maqsadida foydalanilgan.

    Sodir bo‘layotgan voqeani Sevastopolning yuzlab aholisi qirg‘oqdan kuzatib turgan va “trevoga” bo‘yicha ko‘tarilgan dengizchilar yordamga shoshgan. Biroq yordamga kelganlarning aksariyati o‘zi bilan yong‘inni o‘chirish vositalarini olib kelgan, ularga esa suvni chiqarib tashlaydigan nasoslar kerak edi. Linkordagi avariyaviy holatlarga mo‘ljallangan beshta nasosning faqat ikkitasi ishlashi keyinroq ma’lum bo‘lgan.

    Soat 02:00 larda kema bortiga Qora dengiz flotining bosh qo‘mondoni vitse-admiral Viktor Parxomenko shtabning yuqori martabali ofitserlari bilan ko‘tarilgan. Ammo u qo‘mondonlik punktiga qadar yetib bormagan. Mashhur admiral linkorning yuqori palubasida 800 dengizchini to‘plagan.

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    “Novorossiysk” ofitserlari yetkazilgan shikastga qaramay, kemani qutqarish mumkin deb hisoblagan. Ularda kemani sayozlikka chiqarish g‘oyasi paydo bo‘lgan. Mashina bo‘lmasidagi jamoa tayyor edi — barcha topshiriqni kutgan, biroq u baribir berilmagan. Buning o‘rniga vitse-admiral Parxomenko linkorni qirg‘oqqa tortib borishni buyurgan.

    “Novorossiysk”ni qutqarish bilan bir necha ofitser, jumladan, bortga qaytgan kapitan Grigoriy Xurshudov ham shug‘ullangan. Natijada dengizchilar kimning buyrug‘ini bajarishga ikkilangan, vaqt esa o‘tib borardi. Kemani qirg‘oqqa tortish g‘oyasi o‘zini oqlamagan.

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Soat 03:50 “Novorossiysk”ning og‘ishi kritik nuqtaga kelgan. Kapitan Xurshudov vitse-admiraldan shaxsiy tarkib va dengizchilarni evakuatsiya qilishga ruxsat so‘ragan. Ammo Parxomenko uning gapini bo‘lgan: “Vahimani to‘xtating!”.

    “Machta belgilangan og‘ishdan o‘tib ketib, odamlarni qutqarish bo‘yicha qaror qabul qilish kerakligi aniq bo‘lgach, Parxomenko kemani tark etishni buyurgan. Bu vaqtga kelib kech bo‘lgandi. 10-15 daqiqaga kechikilgan edi”, — deb yozadi tarixchi Nikolay Cherkashin.

    Ertasi kuni qutqaruvchilarda umid paydo bo‘lgan: kema ichida qolgan tirik insonlarning ovozlari eshitilgan. Linkorda 200 ga yaqin odam qolgandi. “Qorabog‘” kemasi qutqaruvchilari linkor korpusida teshik ochib, u orqali yetti kishini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Boshqa qutqaruvchilar ham shunday yo‘l tutib, “Novorossiysk”da yangi teshiklarni ocha boshlagan.

    Dengizchilarga yordam berishni niyat qilganlar bir narsani hisobga olmagandi: ularning teshiklari orqali havo kirib, linkor cho‘kishni boshlagan. Ochilgan tuynuklarni yamash vaziyatni qutqarmagan — soat 22:00 da “Novorossiysk” to‘liq suv ostida qolgan.

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Foto: Wikimedia / Public Domain

    Qutqaruv operatsiyasi uchun yuzga yaqin g‘avvos jalb etilgan, ammo ular ikki dengizchini qutqara olgan xolos.

    Halokat sabablarini tergov qilish uchun voqea joyiga SSSR Vazirlar kengashi raisi o‘rinbosari Vyacheslav Malishev boshchiligidagi hukumat komissiyasi yetib kelgan. Yuzlab odamlarni so‘roq qilish natijasida komissiya harbiy-dengiz halokatiga sapyor-g‘avvoslar tomonidan aniqlanmagan eski mina sabab bo‘lgan, degan xulosaga kelgan.

    “Bir oila — bir bola”: Xitoy tajribasi nimalarga olib kelgandi?

    2015-yil 29-oktabr kuni Xitoy hukumati “Bir oila — bir bola” siyosati yakunlanganini e’lon qilgandi. Mamlakat o‘z hududida tug‘ilishni qattiq nazoratga olgan dunyodagi birinchi davlat hisoblanadi. Davlat aholi sonining ortib ketishi iqtisodiyotning qulashiga sabab bo‘lib, odamlarga yegulik va suv yetmay qoladi deb o‘ylagan.

    Foto: Asialyst

    Foto: Asialyst

    Bu borada hatto kotratsepsiyadan foydalanish ham yetarli hisoblanmagan. Shu bois 1970-yillarda oiladagi bolalar soniga ilk cheklov joriy etilgan — ularning soni ikki nafardan oshmasligi kerak edi. Oxir-oqibat bu yo‘nalishni yanada qattiqroq ushlashga qaror qilingan va 1979-yilda mamlakatda mashhur “Bir oila — bir bola” reproduktiv rejimi o‘rnatilgan.

    Ammo ko‘p o‘tmay mazkur rejimni yengillashtirishga to‘g‘ri kelgan. 1980-yillar o‘rtalarida qishloq aholisi uchun istisno qilingan — oilada birinchi tug‘ilgan farzand qiz bo‘lsa, ikkinchi bor farzand ko‘rishga ruxsat berilgan. Keyinroq ko‘plab etnik ozchiliklarga ham yengilliklar berilgan, masalan, Xitoyda yashovchi tibetliklar uch nafargacha bola ko‘ra olgan. 2009-yilga kelib oilada yagona farzand bo‘lganlarga ikkinchi marta bolali bo‘lishiga ruxsat berilgan. Davlat aholining o‘rtacha Yoshi qarib ketayotganini, buning ustiga ikkinchi bola ota-onasini, shuningdek, bobo va buvilarini parvarishlay olmasligini tushunib yetgan — bu muammo mamlakatda “4-2-1” deb atalgan. 2014-yili bu borada yana bir yengillik joriy etilgan: juftliklarning birortasi oilada yagona farzand bo‘lganlar ikkita bola ko‘ra olgan.

    Oxir oqibat ushbu radikal reproduktiv rejimning er-xotinlarga istisno va imtiyoz beradigan 22 ta holati qayd etilgan. Shu bois 2015-yilda oilalarning qariyb yarmi ikkinchi farzandni ko‘rish uchun maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan, biroq 2016-yil yanvaridan barcha xitoyliklarga ikkinchi bolani dunyoga keltirishiga ruxsat beruvchi yangi qonun qabul qilingan.

    Xitoy hukumati demografik rejimni nazorat qilish uchun bir nechta choralarni o‘ylab topgan. Birinchidan, maxsus ruxsatnomasiz ikkinchi bolasini dunyoga keltirgan ota-onalar jarimaga tortilgan — oilaning 4-6 yillik daromadi miqdorida. Shu sababli yana homilador bo‘lib qolganini ayollar o‘z xohishi bilan abortlarni amalga oshirgan. Ikkinchidan, birinchi bolasini dunyoga keltirgan ayollarga maxsus spirallar qo‘yilgan (uni faqat operatsiya orqali olib tashlash mumkin bo‘lgan).

    Foto: Asialyst

    Foto: Asialyst

    Agarda ayol ikkinchi bolasini dunyoga keltirsa, tug‘uruqdan keyin ular sterilizatsiya qilingan. 1980-yildan 2014-yilga qadar 324 million xitoylik ayolga spiral qo‘yilgan va 108 milliondan ortiq sterillangan. Bundan jarayonlardan yashirinishga uringan ayollar davlat lavozimlaridan, farzandlari esa ta’lim olish imkoniyatidan ayrilgan.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Bir oila — bir bola” siyosati davomida 400 million bolaning tug‘ilishiga yo‘l qo‘yilmagan. Ayrim olimlarning fikricha, tug‘ilish sonini bunday radikal usullardan boshqa yo‘llari ham bo‘lgan: qator iqtisodiy omillar sabab u baribir tushib ketgan bo‘lardi.

    Bunday rejimning ijobiy tomonlardan biri — oilada yagona bo‘lgan farzand yaxshi ta’lim olgan. “Bir oila — bir bola” siyosatining noqulay tomonlaridan biri ayollar va erkaklar sonida keskinlik bo‘lgan. Ko‘plab oilalar o‘g‘il farzandli bo‘lishni istagan va ko‘plab holatlarda qizlaridan voz kechgan yoki qiz farzand dunyoga kelishini bilgach, abort qildirgan.

    Foto: Asialyst

    Foto: Asialyst

    Ushbu rejimga bog‘liq yana bir qayg‘uli fenomen “shidu” deb nomlanadi. Bu jumla bilan oiladagi yagona farzandning yoshi katta bo‘lgan vaqtda vafot etib qolishi ifodalanadi. Bundan holatda keksa xitoyliklarga g‘amxo‘rlik qiladigan inson bo‘lmagan (chunki keksalarga qarash — bu bolalarning vazifasi, davlat bunday muammolar bilan shug‘ullanmaydi). Ayniqsa, “shidu” 70 ming kishining umriga zomin bo‘lgan 2008-yilgi Sichuan zilzilasida bilingan.

    Eng keksa astronavt

    Bundan 24 yil oldin 29-oktabr kuni Kanaveral burnidagi kosmodromdan Discovery shattli havoga ko‘tarilgandi. Kosmosga amalga oshirilgan mazkur parvozda Ikkinchi jahon urushi qahramoni va Koreya urushi jangovar uchuvchisi, Kennedi bilan do‘st tutingan Jon Glenn eng keksa astronavt sifatida ishtirok etgandi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Bir qarashda bu STS-95 missiyasi doirasidagi oddiy parvozga o‘xshaydi. To‘qqiz kun davom etgan parvozda 135 ta yorug‘lik aylanishi orqali, 5 million kilometrdan ortiq masofa bosilgan. Uning doirasida bitta sun’iy yo‘ldosh ishga tushirilgan, bittasi qabul qilib olingan, Hubble kosmik teleskopi uchun apparatlar sinovdan o‘tkazilgan. Shu bilan birga, aynan shu parvoz davomida bir nechta rekord o‘rnatilgan bo‘lib, ularni hech qachon yangilab bo‘lmaydi, ayrimlarini esa takrorlash juda qiyin.

    Gap shundaki o‘sha vaqt kosmik kema ichida 77 yoshli inson ham bo‘lgan. Aynan u amerikalik birinchi “to‘laqonli” astronavt hisoblanadi, uning parvozlari orasidagi muddat 30 yildan oshiqni tashkil etadi.

    Kichik Jon Gershel Glenn 1921-yilning 18-iyun kuni Ogayo shtatidagi Kembrij shahrida dunyoga kelgan. Urush boshlangandan keyin u dengiz aviatsiyasida uchuvchilikka o‘qigan va 1943-yilda dengiz piyodasiga aylangan. Gershel Chance Vought F4u Corsair aviatashuvchisida 59 ta jangovar parvozni amalga oshirgan. Marshall orollari uchun kechgan urushda omon qolgan, g‘alabani ko‘rgan, shu bilan birga, xizmatini tamomlamagan. Oradan besh yil o‘tib, yana jangga otlangan. Bu safar reaktiv samolyotlarda: avvaliga Grumman F9F Panther, keyin esa F86 Sabre’da uchgan.

    Glenn sinovchi-uchuvchilar maktabini tamomlagan, uch yil mutaxassisligi bo‘yicha ishlagan va 1957-yil iyulda Los-Anjelesdan Nyu-Yorkkacha butun Amerika qit’asini 3 soat 23 daqiqada uchib o‘tib, birinchi jahon rekordini o‘rnatgan. Shunday qilib tarixda ilk bor tovushdan tez parvoz amalga oshirilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1959-yilning aprelida AQSHning eng yaxshi uchuvchilaridan biri “ichki e’tirof”ga ega bo‘lgan: u AQSHning birinchi astronavtlari otryadi — “Ilk yettilik” a’zosiga aylangan. Alan Shepard, Virjil Grissom, Skott Karpenter, Uolter Shirra, Gordon Kuper, Donald Sleyton va kichik Jon Gershel Glenn.

    Glenn urushdan oldin bakalavr darajasini olgani ham foyda bergan: u bo‘lmasa otryadga qabul qilishmagan. Shuningdek, Glenn bo‘linmaning eng Yoshi katta a’zosi bo‘lgan — yosh chegarasi 40 ni tashkil etsa, u 37 yoshda bo‘lgan. Umuman olganda, bo‘lajak astronavtlarning barchasi yosh bo‘lmagan: eng kichigi Gordon Kuper 32 yoshda edi.

    Amerikaning birinchi astronavti nomiga Yuriy Gagarindan bir oy keyin parvoz qilgan Alan Shepard sazovor bo‘lgan: Shepard o‘zining birinchi parvozini 1961-yil 5-may kuni amalga oshirgan. Biroq uning uchishi Sovet Ittifoqiga to‘laqonli javob bo‘lmagan, chunki Freedom-7 kapsulasi yer usti orbitasiga chiqmasdan, suborbital parvozni amalga oshirgan. Shepardning dublyori Glenn edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1962-yil 20-fevral kuni amerikaliklar ichida birinchi, dunyoda esa Yuriy Gagarin va German Titovdan keyin uchinchi bo‘lib Glenn ortibal parvozga uchgan. Glenn Friendship-7 kemasida bir sutkadan ortiq parvoz qilgan Titovning natijasini yangilay olmagan va uchta aylanishni amalga oshirgan, shunga qaramay, bu AQSH uchun katta yutuq edi.

    Glenn hamkasblaridan farqli o‘laroq, parvozidan keyin kosmik karyerasini tezda tamomlagan. Uni yaqin do‘sti — AQSHning bosh prokurori, prezidentning ukasi Robert Kennedi yo‘ldan urgan. 1962-yilda davlat arbobi astronavtga senatorlik lavozimiga kirishishni taklif qilgan. Glenn 1964-yilda bo‘linmadan ketib, Robert bilan bir vaqtda nomzodini qo‘ygan, biroq miyasida chayqalish sabab kampaniyani davom ettira olmagan.

    Shundan keyin u o‘zini biznesga urgan. 1974-yilga kelib Jon Glenn Ogayo shtatidan senatorga aylangan va 1999-yilga qadar ushbu lavozimni egallab kelgan. 1984-yilda u hatto AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan, biroq Demokratlar partiyasi ichidagi jarayonlarda yutqazib qo‘ygan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Ammo senatorlik lavozimi unga kosmik dasturni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashida yordam bergan. 1998-yilda u “xizmat mavqeyi”dan foydalanishga qaror qilgan va kosmosga uchgan. Ekipajga u “foydali yuk bo‘yicha mutaxassis” bo‘yicha kiritilgan. Bu keksa insonning kosmosga birinchi parvozi edi.

    Oxirgi marta kosmosga uchganidan keyin Glenn yana 18 yil umr ko‘rgan. U 2016-yilning dekabrida 95 yoshida — “Ilk yettilik”dagi barchadan oxiri vafot etgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Boku metrosida 286 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan halokat, fransuzlar tomonidan AQSHga sovg‘a qilingan Ozodlik haykali va fashistlardan ozod etilgan Ukraina. Kun xronologiyasida 28-oktabr

    29.10.2022, 09:30   Izoh (0)   58935
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NASA “tabassum qilayotgan” Quyosh suratini e’lon qildi

    29.10.2022, 09:29

    Filippinda tropik bo‘ron tufayli 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    29.10.2022, 09:16

    Pentagon Ukrainaga harbiy yordam sifatida yana 275 mln dollar ajratilishini e’lon qildi

    29.10.2022, 07:11

    Rossiya yaqinda yangi safarbarlik to‘lqiniga muhtoj bo‘lishi mumkin — Zelenskiy

    29.10.2022, 06:26

    Braziliyalik tadqiqotchi Norvegiyada josuslikda ayblanib, hibsga olindi

    28.10.2022, 23:32

    Rossiya “harbiy yo‘qotishlar” uchun tovon puli talab qilgan Polshaga SSSR davrini eslatdi

    28.10.2022, 23:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Har kuni bir piyola qahva ichish qariganda sog‘lom bo‘lish ehtimolini oshiradi — 30 yillik tadqiqot

    Salomatlik | 5 iyun, 09:32

    Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 09:08

    Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 08:46

    Qo‘qonda kadastr inspektori 150 ming dollarni noqonuniy olayotganda qo‘lga tushdi (video)

    O‘zbekiston | 5 iyun, 08:34

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.