• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Dunyoni zabt eta olaman, bu qo‘limdan keladi”. Sultonali Rahmatov chet eldan ijodiy hamkorlar izlayotgani hamda 300 ming dollarga sotgan albomi haqida (video)

    Taniqli kompozitor Sultonali Rahmatov “Sevimli” telekanalining “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida uning taronalari mualliflik huquqisiz davlat telekanallarida foydalanilayotgani, birinchi konsert dasturini o‘tkazishga 70 000 dollar puli ketgani, albomini chet elga 300 000 dollarga sotgani, Rossiyadan taklif bo‘lgani, muxlisi unga Mercedes-Benz avtomashinasini sovg‘a qilgani va hozirgi yosh bastakorlar nima sababdan tanilmayotgani to‘g‘risida gapirdi.

    “Qonun-qoida chiqarilib qo‘yilgan, faqat nomiga”

    “Qo‘shiqlarimda mualliflik huquqi ko‘p buzilgan. Chet el emas, butun respublikadagi televideniyelar hammasi so‘ramasdan, shartnoma qilmasdan foydalanyapti, birortasi bilan shartnomam yo‘q. Mayli, ishlatilsin, qarshiligim yo‘q, hammasi qonuniy bo‘lsin, men sifatni o‘ylayapman.

    Masalan, 1997-yilda “Sharq taronalari” musiqasini yozganimda ertasi kundan boshlab televideniyeda namoyish etila boshladi. Qo‘yganda ham mayli, juda past sifatda qo‘ydi. Bordim, so‘radim, nima uchun mening musiqamni past sifatda qo‘ydingiz, dedim. So‘raganda ham berar edim. O‘ninchi nusxasini qo‘ygan, juda ham sifati past. Agar shunday qilsa, viloyat televideniyelarining o‘zi ham rivojlanadi.

    Hozir musiqaning tijorat tomoniga o‘tishimiz kerak, tijorat degani bu — sifat. Kimga ko‘proq pul bersangiz, yaxshi narsa keladi, qo‘yilganda ham o‘zini ko‘proq oqlaydi. Shuning uchun ham bitta klipni suratga olish, aylantirish ham katta pul turadi. Ularni aylantirish uchun nima qilish kerak? Qonun-qoida chiqarilib qo‘yilgan, faqat nomiga, shuning uchun ishlamayapti”, — deydi kompozitor.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Haligacha dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan xatlar keladi”

    “Shu tomondan omadim keldi, katta orkestr bilan konsert berish hammaga ham emas. Shogirdlarim ham bunga harakat qildi, kuchi yetmadi, sababi — mablag‘. Mualliflik yo‘q, yaxshi ham Allohga behisob shukr deyman, pulim bo‘lgani uchun konsert qo‘ydim, pulim bo‘lmaganida men o‘sha konsertni qo‘ya olmas edim. Unisi, bunisi harakat qilyapti, lekin pul bo‘lishi kerak, hammasi mablag‘ga borib taqaladi. Bu sistemani ildizidan qurish kerak, tepadan sistemani yo‘lga qo‘ygandan keyin hammasini ishga tushirishsa, har bir bir musiqaning mualliflik huquqi bo‘lsa, har bir ijodkor pulini oladi va shu tomondan rag‘batlantiriladi.

    Mana, masalan birinchi konsertimga 70 000 dollardan ortiq pul ketdi. Oddiy bitta kompozitor shuncha pulni qayerdan olishi mumkin? Yaxshi ham albomimni chet elga 300 000 dollarga sotganimni evaziga shu konsertni qildim. Agar pulim bo‘lmaganda qilolmas edim. Bizning rahbariyatdagilar, men ochig‘ini aytaman, yordam berish kerak deyishyapti, biroq hali ham yordam berishgani yo‘q.

    Men dunyoni zabt etishim mumkin, qo‘limdan keladi. Haligacha dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan xatlar keladi. Birortasi ham yordam bergani yo‘q, unda qanaqasiga san’at, mualliflik huquqi rivojlanadi? Hech narsa rivojlanmaydi, bitta men emas, misol keltirdim. Bu yerda propagandani kuchaytirish kerak”, — deydi Sultonali Rahmonov.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Sultonali Rahmatov chet eldan hamkor qidirayotgani va unga bo‘lgan takliflar haqida 

    “Men umid qilaman, hozir O‘zbekistondan emas, chet eldan hamkorlarni qidiryapman. Rossiyadan taklif qilishgan edi, men O‘zbekistonimiz boy dedim. Bizda boyvachchalar, milliarderlar ko‘p, lekin ular san’atni mensimaydi ham, tushunmaydi ham. Mana, ulug‘ olimlarni olaylik, kinolarda ko‘raman.boshida qiyin, bitta olimni jinni deyishadi. Chiqib bo‘lgandan keyin zo‘r ekan, deyishadi. Bizga yordam beradi, qachonki, men hozir Yevropaga chiqib konsert beray, darrov yordam berish kerak deyishadi. Yordamni qiynalayotgan, chiqayotganga berish kerak. Masalan, bizda bitta mashhur san’atkor boshida qiynaldi, Yevropaga borib tanlovda qatnashib mashhur bo‘ldi.

    Keyin bitta oligarx chaqirib nima yordam beray deyapti. U esa yordam kerak emas deb aytgan, yordam qiynalayotgan insonga kerak. Men yordam so‘radim, qo‘limga bermasdan xarajatlarini qilishini aytdim. Katta mablag‘, men qanday qilib Nexia’ning puliga Mercedes sotib olaman? Menga katta pul kerak, butun dunyoga chiqmoqchiman.

    Butun dunyoga chiqish uchun bazani yaratish kerak. Hozir Nexia’ni, Lacetti yoki Malibu’ni pulini so‘rashim mumkin, undan Mersedes, Bentley, Jaguar’ni farqi bor-ku. Yoki ular bilan tenglashtiryapmizmi? Aytmoqchimanki, Spark ham, Malibu ham zo‘r mashina, lekin bu yoqqa ham qarab ketish kerak. Mening orkestrim O‘zbekiston bo‘yicha eng zo‘r orkestr. Uni yig‘ish oson bo‘lmagan”, — deydi Sultonali Rahmatov.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Orkestr tuzish, har bitta kiyimini to‘g‘rilash uchun pul sarfladim”

    “Men imkonim boricha qildim, Alloh menga shu narsani berdi. Orkestr tuzish, har bitta kiyimini to‘g‘rilash uchun pul sarfladim. Buni esa Rossiyaga sotgan albomimni evaziga qildim. Mening ham qo‘limdan yaxshi mashina minish kelar edi. Biroq men shuni qilmadim, mashinam bor, menga Mercedes sovg‘a qilishgan edi. Bojxona to‘lovlari katta bo‘lgani uchun olib kela olmadik. Keyingi yil o‘sha rossiyalik muxlisim shu yerdan mashina olib berdi. Men hamma narsani ijodga tashladim. Uni qildim, buni qildim, bularning hech qaysi tekinga kelgani yo‘q. Konservatoriyaga ham gapirdim, qilishganmi, yo‘qmi bilmadim. Hozir ‘oranjirovka’siz san’at yo‘q.

    Ashula qilasizmi, kuy yoki raqs qilasizmi, bari bir ‘oranjirovka’ kerak. O‘sha paytda rahbariyatga aytdim. Bolalarni hammasi uni ko‘chadan o‘rganadi, men ham ko‘chadan o‘rganganman. Bir ikkitasi keldi, studiyaga borib o‘rganishi kerakligini aytsam, qayerdan, kimdan deydi. Eng muhim narsa yo‘q, bastakorlik fakultetidagi kompozitorlarga yo‘nalishni alohida ochish kerak deganman, bunga 15 yil bo‘ldi. Nima bo‘ldi hozir, shunday bo‘lsa hech narsaga ulgurishmaydi”, — deydi kompozitor.

    Foto: Videodan skrinshot

    Foto: Videodan skrinshot

    “Mashhur bo‘lib turib men yordam so‘rayapman, yoshlarni aytmasa ham bo‘ladi. Yosh san’atkorlarda ayb yo‘q, propaganda va televideniyeni to‘g‘rilab qo‘ying. Sistemani to‘g‘rilab qo‘yib so‘rasa bo‘ladi, mana, sening g‘ishting bor, sementing, quming bor, nimaga uy qurmayapsan deb so‘rasa bo‘ladi. Uylarning dizaynini televizorga qo‘ying, shundan ilhom keladi. Masalan, televizorda kimningdir musiqasini eshitib, zo‘r deb aytadi. Undan zo‘r qilib yaratadi, qani shu? Masalan, men Maykl Jeksonga qiziqaman va uning hayoti haqida bilaman.

    Betxoven, Motsart qanday chiqqan, boshqasi qanday chiqqan, tarixini o‘rganib chiqqanman, chunki qiziqqanman. Bu yerda hozir zo‘r musiqa bo‘lsa festivalga chiqish niyatim bor, unga tayyorlanaman, festivalda ham to‘g‘ri chiqish qilish kerak. Shunchaki festival deyish kerak emas”, — deydi Sultonali Rahmatov.

    Mavzuga doir:

    • “Unga qo‘l ko‘targanimdan afsusdaman”. Taniqli kompozitor Sultonali Rahmatov xonanda Nilufar Saidova bilan ajrashishi sababi haqida (video).
    • Madaniyat vazirining Sherali Jo‘rayev bilan dueti va Murod Xonto‘rayev oilasiga mukofot. 20 yillik “zapret”dan so‘ng o‘tkazilgan “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimidan reportaj (foto, video).
    • “ ‘Osmondagi bolalar-3’da suratga tushmoqchiman”. Dilnoza Kubayeva aktrisalikni tark etib, xonandalik qilmoqchiligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi (video).
    • Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto).

    27.10.2022, 20:34   Izoh (0)   16637
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi “Cheburashka” multfilmining treyleri taqdim etildi: bosh qahramon qanchalik o‘zgargan? (video)

    27.10.2022, 19:56

    Jahon yulduzlarining yashirin ma’noga ega noodatiy zargarlik buyumlari (foto)

    27.10.2022, 17:38

    “Ajrashishimizni kutganlar, ovora bo‘lasizlar biz baxtli bo‘lamiz”. Jiddiy kelishmovchiliklarga borib, yana oilasini saqlab qolgan san’atkorlar (video)

    27.10.2022, 16:02

    Fransiyalik rassom Pyer Sulaj 102 yoshida vafot etdi

    27.10.2022, 15:25

    Eng tejamkor qirol: nima uchun Charlz III eski kiyimlarini tashlab yubormaydi?

    27.10.2022, 13:40

    Filmografiyasida eng yomon rollar ham o‘rin olgan Gollivudning mahoratli aktyor va aktrisalari (foto)

    27.10.2022, 10:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.