Nobel jamg‘armasi Rossiya va Belarus elchilarini 10-dekabrga belgilangan taqdirlash marosimiga taklif qilmaslikka qaror qildi, deb yozadi Meduza.
Jamg‘arma bayonotida aytilishicha, Stokgolmdagi marosimga Shvetsiyada ishlayotgan barcha davlatlarning elchilari taklif etilgan, biroq Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli bu taklif Rossiya va Belarus elchilari Viktor Tatarintsev va Dmitriy Mironchikga taalluqli emas.
Marosimga elchilardan tashqari o‘ta o‘ngchi Shvetsiya demokratlar partiyasi yetakchisi Jimmi Akesson ham taklif etilmagan.
Taqdirlash marosimiga har yili Shvetsiyada diplomatik vakolatxonalari bo‘lgan barcha mamlakatlarning elchilari taklif etiladi.
Rossiya va Belarus vakillari — Memorial tashkiloti va huquq himoyachisi Ales Bialiatskiy 2022-yilda tinchlik uchun Nobel mukofoti laureatlari qatoridan joy olgan. Ular bilan birgalikda Ukrainaning “Fuqarolar erkinliklari markazi” ham Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)