Italiyaning yaqin saylangan bosh vaziri Jorj Meloni yangi hukumat Rossiyaning shantajlariga berilmasligi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi, deb yozadi Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rim energetika sohasida Moskvaning shantajiga berilsa, bu uning muammolarini hal qilmaydi, balki keyingi shantajlarga yo‘l ochadi.
Jorj Meloni oktabr oyi oxirida qasamyod qilgan rahbariyat italiyaliklarga energiya inqiroziga qarshi kurashda yordam berishga e’tibor qaratishini aytdi. Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi bilan urushda Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, avvalgi bosh vazirning siyosatini davom ettirishini ma’lum qildi.
Mavzuga doir: Bayden Italiya yangi bosh vazirini tabrikladi va mamlakatni AQSHning muhim ittifoqchisi deb atadi
Izoh (0)