• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSH xalqining nafratiga uchragan Kennedi xonim, Rossiyada 66 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan futbol uchrashuvi va Muammar Kaddafining o‘ldirilishi. Kun xronologiyasida 20-oktabr

    20-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Rossiyada 66 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan futbol uchrashuvi, AQSH xalqining nafratiga sazovor bo‘lgan sobiq birinchi xonim Jaklin Kennedi va Liviya yetakchisi Muammar Kaddafining o‘ldirilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “Stadionning qora siri” — 66 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan futbol uchrashuvi

    Bundan 40 yil oldin 20-oktabr kuni “Lujniki” stadionida UEFA kubogining 1/16 doirasida “Spartak Moskva” (SSSR) va “Xarlem” (Niderlandiya) o‘rtasida o‘yin o‘tkazilgan. Bir kun oldin qor yog‘gan, o‘yin Selsiy bo‘yicha -10 daraja sovuqda o‘tkazilishi kerak edi. Shu bois 82 mingta chiptaning faqatgina 16 mingtasi sotilgan, xolos.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Tribunalarni qor qoplagan, o‘yin avvalida muxlislar uchun ularning ikkitasini — “C” (sharqiy) va “A” (g‘arbiy) qismlaridagini tozalab, ochishga ulgurishgan. Ular o‘ziga 50 ming kishini sig‘dira olgan, shu bois joy hammaga yetgan. Futbol ishqibozlarining aksariyati, 12 mingga yaqini metroga yaqin bo‘lgan “C” tribunasini ma’qul ko‘rishgan.

    O‘yin soat 19:00 da boshlangan, birinchi gol 16-daqiqada “Xarlem” darvozasiga urilgan. O‘yin oxiriga borib, muxlislarning katta qismi yakuniy hisob oydinlashib qolgani bois stadionni tark etishga tushgan. Olomon o‘sha metroga yaqin tribunaning bitta zinasi orqali pastga harakatlangan.

    O‘yin yakunlanishiga 20 soniya qolganida “Spartak” futbolchisi “Xarlem” darvozasiga yana bitta gol urgan. Shu vaqtda tribuna ostida tiqilinch boshlanib, sovet va Rossiya sporti tarixidagi eng fojiaviy holatga aylangan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    66 kishi, asosan, o‘smirlar oyoq ostida qolib ketib, halok bo‘lgan. Yana shuncha odam jarohat olgan. Keng tarqalgan versiyaga ko‘ra, hodisa ikkinchi urilgan golga bildirilgan his-hayajonlar oqibatida yuz bergan — ishqibozlarning bir qismi ortga qaytishga tushgan va tiqilinch yuzaga kelgan.

    “Eh, shu golni urmasam bo‘lardi!..”, — degan futbolchi Sergey Shvetsov oradan yillar o‘tgach jurnalistlar bilan suhbatda. Biroq tergov fojia golga bog‘liq bo‘lmaganini, undan oldinroq boshlanganini aniqlagan.

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, zinaga bir qiz yiqilib tushgan, bir necha kishi unga yordam berish uchun ko‘tarilgan, ammo orqadan kelayotganlar ularni itarib, oyoqosti qilgan. Ularga boshqa odamlar turtinib, yiqilgan. Zinadan o‘ta olmay qolgan muxlislar beton polga yiqilishni boshlagan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Shvetsovning goli, aksincha, vaziyatni yaxshilagan — endigina tushishga harakat qilgan muxlislarning aksariyati ortga qaytib, bosimni kamaytirgan. Hukumat fojia ko‘lamini yashirishga uringan. Ertasi kuni “Tungi Moskva” gazetasida ikki qator xabar chiqqan: “20-oktabr kuni Lenin nomidagi Markaziy stadionda bo‘lib o‘tgan futbol o‘yinidan chiqish vaqtida harakatlanish tartibini buzgan odamlar o‘rtasida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Jabrlanganlar bor. Holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda”.

    Sud sodir bo‘lgan tiqilinchga stadion direktori V.Kokrishev, uning o‘rinbosari K.Lijin, bosh komendant Y.Panchixin va tribunadagi tartibni saqlashga mas’ul militsiya bo‘linmasi rahbari S.Koryaginni aybdor deb topgan. Direktor o‘rinbosari bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi faxriysi infarkt bilan shifoxonaga tushib qolgan, militsiya bo‘linmasi komandiri tiqilinchni to‘xtataman deb qattiq jarohat olgan, shu sababli ularga nisbatan to‘plangan materiallar alohida yurituvga olingan.

    Oxir-oqibat ularning barchasi amnistiyaga tushgan va jazodan ozod etilgan, yoki muddatlari qisqartirilgan.

    Hodisa haqidagi birinchi maqola 1989-yilda paydo bo‘lgan. “Sovet sporti” gazetasi “Lujnikining qora siri” nomli maqolani e’lon qilgan. “Fojiadan xabardor va bexabar edik. Ishonib, ishonmasdir”, — deyiladi maqolada.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1992-yilda “Lujniki”ning g‘arbiy tribunasidagi fojiaga 10 yil to‘lishi munosabati bilan “Dunyo stadionida halok bo‘lganlar xotirasiga” nomli yodgorlik o‘rnatilgan. 2007-yilda esa hodisaning 25 yilligiga “Lujniki”da “Spartak” va “Xarlem” faxriylari o‘rtasida o‘yin o‘tkazilgan. Shuningdek, Niderlandiyada fojiaga bag‘ishlangan “Drama in het Lenin-stadion” nomli kitob chop etilgan.

    Amerika xalqining nafratiga sababchi bo‘lgan Jaklin Kennedi

    1953-yilda Jaklin Buvye Jon Kennediga turmushga chiqqanida AQSHning eng sevimli insoniga aylangan edi. U turmushdan xursand bo‘lmasa-da, birinchi xonim uchun ideal namuna hisoblangan. Afsuski, juftlikning hayoti fojiaviy yakun topgan — Kennedi o‘ldirilgan. Ammo turmush o‘rtog‘i, AQSHning sobiq prezidenti o‘limidan besh yil o‘tib, 1968-yilda Jaklin Kennedi gretsiyalik milliarder Aristotel Onassisga turmushga chiqqan. Butun Amerika ayolning bu ishini “xoinlik” deb baholagan.

    Foto: Robb.Report

    Foto: Robb.Report

    Jaklin Kennedi Aristotel Onassis bilan singlisi Kerolayn Li sabab tanishib qolgan, u milliarder bilan bir muncha muddat gaplashib yurgan. Kennedilar oilasining o‘g‘li Patrik tug‘ilgan kunidan ikki kun o‘tib vafot etganidan keyin, Jaklin chuqur depressiyaga tushib qolgan. Kerolayn unga yordam berish maqsadida opasini Onassisning yaxtasida O‘rta Yer dengiziga sayohatga olib ketgan. Prezidentga bu taklif yoqmagan, ammo ayoliga foyda bo‘lishini o‘ylab, rozilik bergan.

    Ta’tilda Jaklin va Aristotel o‘rtasida muhabbat uchqunlari paydo bo‘lgan. Safar oxirida Onassis opa-singillarga qimmatbaho taqinchoqlar sovg‘a qilgan. Jaklinga berilgan sovg‘a singlisinikidan ancha qimmat edi.

    Uchrashuvdan bir oy o‘tgach, Jon Kennedi o‘ldirilgan. 34 yoshga to‘lgan Jaklin ikki bolasi bilan beva qolgan. 57 yoshli Onassis og‘ir daqiqalarda unga yordamga kelib, yonida bo‘lgan. Qanchadir vaqt davomida ular o‘z munosabatlarini sir tutib kelgan.

    Foto: Robb.Report

    Foto: Robb.Report

    1968-yilda Jon Kennedining ukasi Robert prezidentlik kampaniyasida ishtirok etgan. Saylovlar 5-noyabrda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq uning Onassis bilan to‘yi Robertning reputatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi va g‘alabasiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini bilgan Jaklin (amerikaliklarning aksariyatiga sobiq birinchi xonimning gretsiyalik magnatga turmushga chiqishi yoqmagan) marosimni saylovlardan keyinga qoldirishga qaror qilgan.

    Jaklin doimo yaxshi munosabatda bo‘lgan Robert o‘ldirilganida shokka tushgan. U endigina erining o‘ldirilishini unutayotgandi: Kennedi o‘zi va farzandlarining hayotidan xavotirga tushib qolgan.

    Foto: Robb.Report

    Foto: Robb.Report

    Jaklin Robertning o‘ldirilishi bois to‘yni nafaqat kechiktirmagan, balki uni oktabrga ko‘chirgan. “Onassis uning xavfsizligini ta’minlagan. Milliarderning Skorpiosi — Gretsiyada shaxsiy oroli, 75 kishidan iborat armiyasi va aviakompaniyasi bor edi. U ayol istagan barcha narsani muhayyo qilishga qodir bo‘lgan”, — deb yozadi O Pol Brandus.

    Onassis sevgilisiga to‘y sovg‘asi sifatida 2 million dollar bergan. Juftlikning to‘yi kuyovning Gretsiyadagi shaxsiy orolida bo‘lib o‘tgan. Yangi turmush o‘rtog‘iga “roziman” javobini bergan Jaklin muxbirlarga Aristotel bilan juda baxtli ekanini ma’lum qilgan. Shundan keyin ular Greys Kelli va Monako knyazining asal oyi o‘tgan “Kristina” yaxtasiga ko‘tarilgan.

    Foto: Robb.Report

    Foto: Robb.Report

    Jamoatchilikning tanqidlariga qaramay, keyinroq sobiq birinchi xonim Aristotel Onassis “hayotini zulmatdan” chiqarib olganini aytadi. Shunga qaramay, Jaklin to‘ydan keyin bolalari bilan asosan Nyu-Yorkda yashagan, turmush o‘rtog‘i esa Yevropada qolib, sayohatlarini davom ettirgan. Onassis juda saxiy bo‘lgan va Jaklin ham uning pullarini sarflashga tortinmagan. Milliarder har oy unga 30 ming dollar berib turganiga qaramay, ayol doim limitni oshirib kelgan. Turmushining birinchi yilida AQSHning sobiq birinchi xonimi kiyim-kechakning o‘ziga hozirgi ekvivalentda 1,25 million dollar sarflagan.

    Juftlik baxtli hayot kechirmagani haqida ko‘plab dalillar bor — er-xotin asosan bir-biridan alohida yashagan va ularning umumiy jihati bo‘lmagan. Brandusning so‘zlariga ko‘ra, Onassis ayolining yalang‘och suratini tarqatib, shu orqali Hustler pornografik jurnalida chop etilishiga sababchi bo‘lgan. Shu bilan birga, milliarder rafiqasining bolalari bilan yaxshi chiqishgan, ular ham Onassisni yaxshi ko‘rgan. Biroq Onassisning birinchi xotinidan tug‘ilgan farzandlari — Aleksandr va Kristina Jaklinni shu qadar yomon ko‘rganidan uni oilasiga qabul qilmagan. Ular Kennedi otasiga faqat pul uchun teggan deb hisoblagan.

    Jaklin va Aristotelning munosabatlari buzilgach, biznesmen ommaga opera qo‘shiqchisi Mariya Kallas bilan ko‘rinish bera boshlagan va bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lgan. U Jaklin bilan ajrashishni istagan, biroq boyliklarini bo‘lishish niyatida bo‘lmagan. Shu sababli detektivlarni yollab, ayolga qarshi dalillar, uni xiyonatda ayblovchi ma’lumotlar to‘plashga kirishgan. Uning baxtiga qarshi, Jaklin hech kim bilan munosabatda bo‘lmagan.

    1973-yilda o‘g‘li Aleksandrning avtohalokatdagi o‘limidan keyin Onassisning sog‘lig‘i jiddiy og‘irlashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, biznesmen barchasida ayolini aybdor deb hisoblagan — Onassis Jaklinni Kennedining o‘limiga sabab bo‘lgan deb, uni “jodugar” degan.

    Foto: Robb.Report

    Foto: Robb.Report

    Onassisning o‘limidan keyin boyligining katta qismi qizi Kristinaga o‘tgan. Jaklin esa deyarli hech narsasiz qolgan. O‘shanda Kristina Jaklinga Onassislar oilasini tinch qo‘yib, boshqa hech narsaga da’vogarlik qilmasligi uchun 26 million dollar to‘lagan.

    Liviya yetakchisining o‘ldirilishi

    2011-yilning 20-oktabr kuni Sirtda qurolli isyonchilardan qochishga uringan Liviya yetakchisi Muammar Kaddafi o‘ldirilgan edi. Muammar Kaddafi 1942-yil 7-iyun kuni Liviyaning Sirt shahri yaqinidagi “Qasri Abu-Hodiy” qishlog‘ida, arablashgan badaviy barbar oilasida dunyoga kelgan. Muammar oltinchi farzand bo‘lib, oiladagi yagona o‘g‘il edi. Uning otasi ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan. To‘qqiz yoshida maktabga qatnashni boshlagan Muammar keyinchalik maktabni uch bor o‘zgartirgan. Sababi uning oilasi ko‘chmanchi hayot tarzida yashagan va serhosil joylarni topish uchun tez-tez ko‘chib turishgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Liviyada monarxiyaga qarshi to‘ntarishga tayyorgarlik 1964-yilda boshlangan. Shu yili Kaddafi boshchiligida “Ozod sotsialist ofitserlar ittifoqi” harbiy tashkiloti tuzilgan. Tashkilotga kursantlar puxta saralab olingan, bunda ularning xarakteri va monarxiyaga qarshi kayfiyati o‘rganib chiqilgan.

    1969-yilda inqilob boshlangan. Turli sabablarga ko‘ra inqilobni o‘tkazish sanasi uch marta o‘zgartirilgan va nihoyat 1-sentabr kuni belgilangan. Harbiylar tez orada Tripoli, Beng‘ozi va boshqa yirik shaharlarda ommaviy mitinglar o‘tkazib, ularni o‘z qo‘liga olgan. Shu kuni butun Liviya aholisi jonli efir orqali Kaddafining “shafqatsiz va madaniyatsiz rejim qulagani” haqidagi nutqini eshitgan.

    Monarxiya tugatiladi, hokimiyat Inqilobiy qo‘mondonlik kengashi qo‘liga o‘tgan. Mamlakat nomi Liviya Arab Respublikasi deb o‘zgartirilgan. Muammar Kaddafi polkovnik unvonini olgan va Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni etib tayinlangan.

    1970-yildayoq Kaddafi Inqilobiy qo‘mondonlik kengashi raisligiga saylangan. Shu bilan birga, u Liviya bosh vaziri va mudofaa vaziri lavozimlarini ham egallagan. 1979-yilga kelib mamlakatda shariat qonunlari to‘la o‘rnatilgan. Kaddafi o‘zining siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy qarashlarini dunyoda hukmron ikki g‘oyaga qarshi shakllantira boshlagan. Uning “Yashil kitobi”da yoritilgan “Uchinchi dunyo nazariyasi” g‘oyasi islom ahkomlari, rus anarxistlari A.Kuropatkin va M.Bakunin g‘oyalari qorishmasidan tashkil topgan edi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Kaddafi hukumatni o‘z qo‘liga olgach, panarab siyosatini yurgizadi. U Liviyani boshqa arab davlatlari bilan birlashtirmoqchi edi. Xususan, 1969-yil 27-dekabr kuni Liviya poytaxti Tripolida Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir, Sudan bosh vaziri Jafar Nimeyri va Kaddafi uchrashuvi o‘tkazilib, uch davlatni birlashtirishni nazarda tutuvchi “Tripoli xartiyasi” imzolanadi. Keyingi yil 8-noyabrda Misr, Sudan va Liviyani o‘z ichiga oluvchi Arab Respublikalari Federatsiyasi tashkil topgani haqidagi “Qohira deklaratsiyasi” qabul qilinadi. Shu yili Kaddafi Tunisga ikki mamlakatni birlashtirishni taklif qiladi, ammo prezident Habib Burg‘iba bu taklifni rad etadi. 1972-yilda u musulmon davlatlarini Falastinni ozod qilish uchun AQSH va Buyuk Britaniyaga qarshi kurashishga chaqiradi.

    AQSH bilan ancha iliq aloqalarni yo‘lga qo‘ygan Misr, SSSR bilan siyosiy ittifoqchiga aylangan Liviyani o‘z ichki ishlariga aralashishda ayblay boshlagan. O‘z navbatida Misr prezidenti Anvar Sadatning Isroil bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yishi ko‘plab arab davlatlari qatori Liviyaning ham noroziligiga sabab bo‘ladi. 1976-yil Misr, undan keyin Sudan va Tunis Liviyani o‘zlarning ichki ishlariga aralashishda aybladi. Avgust oyida Misr qo‘shini Liviya chegarasida to‘plana boshladi.

    1977-yilda Kaddafi Liviyadagi 220 mingdan ortiq misrliklarga mamlakatdan chiqib ketishni, aks holda qamoqqa olinishini bildiradi. Shu yilning 20-iyul kuni Liviya qo‘shinlari Misrga artilleriya hujumini uyushtiradi. Keyingi kuni Misr qo‘shinlari Liviyaga bostirib kiradi, to‘rt kunlik jang davomida harbiy harakatlarda samolyot va tanklar qatnashadi.

    Jazoir va Falastinni ozod qilish tashkiloti vositachiligi natijasida jangovar harakatlar 25-iyulgacha to‘xtatiladi. Kaddafining siyosiy rejimi tobora xalqaro jamiyatdan uzoqlasha boshlaydi. 1978-yilda rasmiy taklif bilan Tripoliga kelgan Livan shialar jamiyati yetakchisi ikki hamrohi bilan sirli ravishda yo‘qolib qoladi. Livan hukumati Kaddafini Livan shialari ma’naviy yetakchisini o‘g‘irlash va noqonuniy qamoqqa olishda ayblab uni hibsga olishni talab qiladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    AQSH prezidenti Ronald Reygan Kaddafini “Yaqin Sharqning quturgan iti” deya atab, Liviyani bombardimon qilish to‘g‘risida buyruq beradi. Tripoli va Beng‘ozi shaharlari bir necha kun davomida bombardimon qilinadi. AQSHga qarshi qo‘llovga erishish uchun Kaddafi SSSRga uch marotaba tashrif buyurib, Brejnov va Gorbachyovlar bilan uchrashadi.

    Muammar Kaddafi davrida Liviya ancha katta iqtisodiy taraqqiyotga erishdi. Kaddafi hokimiyat tepasiga kelgunga qadar aholining savodlilik darajasi 27 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, ko‘plab kutubxonalar va ta’lim muassasalari ochilgach, bu ko‘rsatkich 51 foizga yetadi.

    Kaddafi siyosiy partiyalar faoliyatini taqiqlaydi va matbuot ustidan senzura o‘rnatadi. Talaba va ishchilarga ish tashlash taqiqlanadi. Ko‘plab siyosiy muxoliflar qamoqqa olinadi yoki o‘ldirib yuboriladi. Ammo Muammar Kaddafi ba’zida muxoliflariga juda yumshoq muomalada ham bo‘ladi. Masalan, uning shaxsan o‘zi “Abu Sadim” qamoqxonasi darvozasini buldozer bilan buzib, 400 yuz mahbusni ozod qilgan. 2001—2005-yillarda Liviya inflyatsiya darajasi pastligi bo‘yicha (-3,1 foiz) Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

    2011-yil 27-fevral kuni Beng‘ozi shahrida Kaddafi rejimiga qarshi kuchlar sobiq adliya vaziri Mustafo Muhammad Abduljalil boshchiligida O‘tish davri Milliy Kengashini tuzadi. Urush bir necha oy davom etadi, hal qiluvchi rolni AQSH va Fransiya boshchiligidagi koalitsiya kuchlari o‘ynadi. NATO kuchlari isyonchilarni havo orqali qo‘llab, Kaddafi tarafdorlari kuchlariga qattiq zarba beradi.

    2011-yil 20-oktabr erta tongda qo‘zg‘olonchilar Kaddafi kuchlari nazorati ostidagi so‘nggi shahar Sirtaga hujumni boshlaydi. Muammar Kaddafi shahardan qochib ketishga uringan paytda NATO harbiy havo kuchlari zarbasi natijasida qo‘lga olinadi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Yaralangan Kaddafini qo‘lga olgan isyonchilar “samosud” orqali buyuk liderni o‘ldiradi. Uning tanasi Tripolidagi savdo markazida sabzavot solinadigan muzlatkichda hamma ko‘rishi uchun bir necha kunga qoldiriladi. Keyinroq u va o‘g‘lining jasadi Liviya cho‘llariga ko‘mib yuboriladi. Shu tariqa polkovnik Kaddafining 42 yillik hukmronligi va u 1969-yilda amalga oshirgan inqilob ham yakunlanadi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: “Demokratik davlat” qurmoqchi bo‘lgan Mozambik prezidentining halokati va “Ruhnoma”ni uch marta o‘qish orqali “jannatni va’da qilgan” Saparmurat Niyozov. Kun xronologiyasida 19-oktabr

    20.10.2022, 09:30   Izoh (0)   46309
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bayden Putinning “o‘ta og‘ir ahvolda” ekanligini aytdi

    20.10.2022, 00:59

    Germaniya prezidenti xavfsizlik nuqtayi nazaridan Ukrainaga safarini bekor qildi

    20.10.2022, 00:30

    Erdo‘g‘on Zelenskiyga “har qanday sharoitda ham” muzokaralarga rozi bo‘lishni taklif qildi

    19.10.2022, 23:46

    Isroil Ukrainaga qurol bermaydi, ammo raketa hujumidan ogohlantirish tizimida yordam berishga tayyor

    19.10.2022, 23:21

    Ukraina xalqi va Zelenskiy Saxarov mukofoti bilan taqdirlandi

    19.10.2022, 22:01

    To‘qayev “Rossiya tajovuzini jamoatchilik oldida inkor etgani” uchun Ukrainaning “Tinchlikparvar” sayti ma’lumotlar bazasiga kiritildi

    19.10.2022, 20:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokistonga kuchli bo‘ron va yomg‘ir yopirildi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 28 may, 14:40

    Messi va Suares shaxsiy futbol klubiga asos soldi

    Sport | 28 may, 14:37

    O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiyalashni tartibga soluvchi qonun ma’qullandi

    O‘zbekiston | 28 may, 14:30

    Xitoyda uzoq masofadan matnni o‘qiy oladigan “josus” lazer yaratildi

    Dunyo | 28 may, 14:17

    “Uni qo‘lda olib ketishdi”: Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmini suratga olish paytida holsizlanib yiqildi

    Kino | 28 may, 13:50

    Uch shahar birlashuvidan hosil bo‘lgan shaharga fotosayohat

    Dunyo | 28 may, 13:35

    Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot dronlar hujumi sabab Qozonga qo‘ndi (video)

    O‘zbekiston | 28 may, 13:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.