AQSH prezidenti Jo Bayden 19-oktabr, chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “aqlbovar qilmaydigan darajada og‘ir ahvolda” ekanligini aytdi, deb yozadi Reuters.
“Menimcha, Vladimir Putin o‘zini nihoyatda qiyin ahvolga solib qo‘ydi va bu menga shuni ko‘rsatadiki, u uchun yagona vosita bu Ukrainadagi fuqarolarni shafqatsizlik orqali qo‘rqitib, ularni taslim bo‘lishga undashdir”, — degan Bayden Oq uydagi jurnalistlarga.
Ta’kidlash kerakki, Bayden o‘z nutqida jurnalistlarning boshqa savollariga javob qaytarmagan.
Izoh (0)