Tashqi ishlar vazirligida Chexiya elchisi Vatslav Yilek bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalar va yaqin kelajakda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilingan.
Tomonlar 2023-yilning birinchi yarmida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi va Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘zaro tashriflar va videokonferensaloqa formatida muzokaralar tashkil etish orqali aloqalarni faollashtirishdan manfaatdor ekani ta’kidlangan.
Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini qayd etgan.
Uchrashuv natijasida turli yo‘nalishlarda, jumladan, sport, ommaviy axborot vositalari va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Izoh (0)