Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,15 so‘mga ko‘tarilib, 11 157,43 so‘mni tashkil qildi. Yevro 108,64 so‘mga oshib, 10 976,68 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,06 so‘mga pastlab, 180,76 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket olti kun ko‘tarilib, 11 143,28 so‘mniso‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 18-oktabr, seshanba kuni dollar kursi 11 200 so‘mgacha ko‘tarildi.
Izoh (0)