“O‘zgidromet” 2022—2023-yil qish mavsumi uchun taxminiy ob-havo prognozini e’lon qildi.
Markaz xabarida keltirilishicha, bu yilning qish mavsumi uchun tuziladigan prognoz haqida so‘zlashishga hali juda erta, ammo iqlim ma’lumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022—2023-yillarning qish mavsumi uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko‘ra, qish mavsumi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari atrofida va undan biroz ko‘p va yog‘ingarchilik taqchilligi bo‘lishi kutilmoqda.
Kutilayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10 darajagacha sovuq, shimolda esa 15-20 darajagacha sovuq bo‘lish ehtimoli mavjud. Bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5-8 darajaga pastdir.
“Shuni ta’kidlash joizki, prognozlar taxminiy xususiyatga ega va faqat butun mavsumning umumiy xususiyatlari uchun foydalaniladi: mavsumning o‘rtacha harorati me’yordan yuqori yoki past, yog‘ingarchilik mavsum davomida me’yordan ko‘p yoki kam yog‘ishi. Hatto bunday umumiy baholash aniqligi ham katta emas va 50-60 foizdan oshmaydi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)