• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xorvatiya prezidentining BMW’sini o‘g‘irlagan “biznesmen”, Qozog‘iston hududida ilk bor o‘tkazilgan yerosti yadroviy portlashi va qor kuraydigan mashinalarga urilgan samolyot. Kun xronologiyasida 11-oktabr

    11-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Omskda dispetcher xatoligi sabab qor kuraydigan mashinalarga urilgan samolyot, Xorvatiya prezidentining mashinasini olib qochgan “kriminal avtoritet”ning biznesmenga aylanishi hamda Qozog‘iston hududidagi birinchi yerosti yadroviy portlashiga oid faktlar o‘rin olgan.

    “So‘nmagan mash’ala”: Omskda halokatga uchragan “Tu-154”

    Bundan 38 yil oldin Omsk-Markaziy aeroportida “Tu-154B-1” samolyoti aerodromning uchta mashinasi bilan to‘qnashib ketgandi. Havo kemasi bortida bo‘lgan 179 kishidan besh kishi omon qolgan.

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Samolyot Krasnodar—Omsk—Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan, uni havoda minglab soat parvoz qilgan tajribali ekipaj boshqargan. Samolyot bortida jami 170 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

    Halokat sodir bo‘lgan vaqtda shamol esayotgan, osmonni qalin bulutlar qoplagan edi, biroq ko‘ruvchanlik ruxsat etilgan minimumdan yuqori bo‘lgan. Qo‘nishga tayyorlangan ekipaj aviadispetcher Andrey Borodayenkoni ogohlantirgan. U esa qo‘nishga ruxsat bergan.

    100 metr balandlikda layner bulutlar orasidan chiqib kelgan va komandir Boris Stepanov faralarni yoqishni buyurgan. Ammo tomchilayotgan yomg‘ir sabab nur akslanib, ko‘ruvchanlik yomonlashgan, shu sababli faralar o‘chirilgan. Samolyot qo‘nishga kirishganda komandir uchish-qo‘nish yo‘lagida nimadir borligini payqab qolgan.
    Qo‘nish yo‘lagida qor tozalovchi uchta mashina ishlayotgan edi. Ularning hech qanday miltillovchi mayoqlari, efirni eshitish uchun radiostansiyalari ham bo‘lmagan.

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Shassi yo‘lakka tegishi bilan ekipaj ularni payqab qolgan, biroq endi kech — samolyotni burish imkonsiz edi. Ikkita mashinaning har birida 7,5 tonnadan kerosin bo‘lgan. To‘qnashuv vaqtida ular portlab ketgan. Kuchli zarba va portlash oqibatida layner chapga burilib, fyuzelyaji ikkiga bo‘linib ketgan, old qismi ag‘darilgan va yong‘in chiqqan. Samolyot Omsk-Markaziy aeroporti binosidan 95 metr narida to‘xtagan. Halokatda faqatgina ekipajning bir qismi omon qolgan. Shifoxonaga kuyish alomatlari bilan yetkazilgan 16 yo‘lovchining 15 nafari vafot etgan.

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Tergov davomida Borodayenko ish joyida uxlab qolgani aniqlangan — yosh dispetcherning ikki nafar yosh bolasi bo‘lgan va u ko‘pincha uyquga to‘ymay yurgan. Borodayenko mashinalarning yo‘lakka chiqishiga ruxsat berib, “Uchish-qo‘nish yo‘lagi band” tablosini yoqishni unutgan. Halokatdan keyin u hatto ekipaj bilan gaplashganini, ularning qo‘nishiga ruxsatni qanday berganini ham eslay olmagan. “Eslay olmayman. Ammo yozuvlar shuni tasdiqlasa, demak, shunday bo‘lgan…”, — degan u sudda.

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Borodayenko va parvozlar boshlig‘i Boris Ishalov (u shu kuni ishga kech qolgan va dispetcherlarga yo‘riqnomani yordamchisi o‘tgan) 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Borodayenko kamerada o‘z joniga qasd qilgan.

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Foto: Omsk viloyati sudi arxividan

    Jinoyatchi o‘tmishiga ega futbol ishqibozi

    1990-yilning 11-oktabr kuni serbiyalik biznesmen Jelko Rajnatovich va Belgraddan kelgan 19 nafar futbol muxlisi Serbiya ko‘ngillilar gvardiyasini tuzadi. Bir yildan kamroq vaqt ichida ular avvaliga Xorvatiyada, keyin Bosniyada jang qiladi.

    Foto: Balkaninsight

    Foto: Balkaninsight
    “Arkan” laqabli Jelko Rajnatovich 1952-yilning 17-aprelida Brezichi (Sloveniya) shahrida serbiyalik harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Yugoslaviya xalq armiyasining Harbiy-havo kuchlari polkovnigi bo‘lgan. Keyinchalik oila Belgradga ko‘chib o‘tgan, ammo bu ularga turli muammolarni tug‘dirgan. Velko Rajnatovich Yugoslaviya qurolli kuchlari tarkibidan bo‘shatilgan, ichkilikka berilgan va g‘azabini muntazam o‘z oila a’zolariga sochib kelgan. “Arkan” bolaligidan ikki narsaga chiday olmagan: sigaret tutuni va Belgradning “Partiza” futbol klubiga. Velko ashaddiy kashanda va ushbu jamoaning muxlisi edi. Jelko otasiga atay qilgandek, “Partizan”ning asosiy raqibi — “Srvena Zvezda” klubiga ishqibozlik qilgan.

    Jelko 9 yoshida otasi bilan sodir bo‘lgan navbatdagi janjaldan keyin uyidan qochib ketgan. Uzoq vaqt u cho‘ntakkesarlik qilib, darbadar yurgan. 14 yoshida uni professional o‘g‘ri deb tan olishgan. Uch yil o‘tgach Rajnatovich zargarlik do‘konini o‘marishda ishtirok etgan. U qo‘lga tushgan va ikki yilga voyaga yetmaganlar koloniyasiga yuborilgan. Jelko u yerda kriminal olamda foydasi tegadigan tanishlar orttirgan. Koloniyadan chiqqach, u yana tergovga jalb etilgan: ish jiddiy qamoq jazosini olib kelardi. 1972-yilda Rajnatovich xorijga qochib ketadi.

    Turli ismlar ostida “Arkan” Italiya va Shvetsiya banklarini o‘margan, Italiya mafiyalarining vakillari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan. U shvetsiyalik qizga uylangan bo‘lib, 1976-yilda o‘g‘illi bo‘lgan. Rajnatovichni Interpol hamda Yevropaning 12 davlati politsiyasi qidirgan. Bir necha bor hibsga olingan bo‘lsa-da, har safar qochib ketgan. Belgiyada ham shunday bo‘lgan, 1974-yilda u 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Ko‘pchilik Jelkoning qochib ketishiga Yugoslaviya maxsus xizmatlari yordam bergan deb hisoblaydi.

    Mish-mishlarga ko‘ra, “Arkan” Yugoslaviya hukumatiga zarar keltirayotgan shaxslarni yo‘qotish bilan shug‘ullangan. Masalan, aka-uka Gervali va Zeki Kadrini — “Qizil front” terrorchilar tashkiloti. Ular 1982-yilning kuzida Germaniyada o‘ldirilgan, biroq Rajnatovichning bunga aloqasini isbotlashning imkoni bo‘lmagan. Jelkoning o‘zi davlat xavfsizligi organlariga aloqasi borligini doim rad etib kelgan.

    1980-yillar oxirida Jelko o‘z vataniga qaytib, Belgradda qo‘nim topadi. U mahalliy universitetlardan birining filologiya fakulteti bitiruvchisi Natalya Martinovichga uylangan va biznes bilan shug‘ullanishni boshlagan: bir nechta bilyardxona, detektiv agentligi, qandolatxona va diskoteka ochgan.

    Shuningdek, “Arkan” “Srvena Zvezda” futbol klubining muxlislari harakati rahbariga aylangan. 1990-yilning 13-mayida Jelko Rajnatovich boshchiligidagi serbiyalik muxlislar “Dinamo Zagreb” jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan Zagrebdagi “Maksimir” stadioniga yo‘l olgan. Muxlislar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelib, katta tartibsizlikka aylanib ketgan va oqibatda 85 kishi jarohat olgan. Shundan keyin Rajnatovich Xorvatiyaning serblar yashaydigan shaharlarini aylanishga tushgan. Qaytishda Jelko va uning tarafdorlarini xorvat politsiyachilari to‘xtatgan. Avtomobildan o‘qotar qurol topilgan — “Arkan” hibsga olinib, qamoqxonaga yuborilgan.

    Foto: Balkaninsight

    Foto: Balkaninsight

    Qamoqxona kamerasida u Yugoslaviyaning parchalanayotganidan va Xorvatiyaning yangi hukumatidan xabar topgan. 200 kunlik qamoq jazosini o‘tab chiqqan Rajnatovich kunduz kuni Xorvatiya prezidenti Frano Tujmanga tegishli BMW’ni o‘g‘irlab qochgan.

    Dala komandiri

    1990-yilning noyabrida Jelko Rajnatovich o‘zining jangovar bo‘linmasini yaratishga tushgan va ular bilan 1991-yilning avgustida fuqarolik urushiga otlangan. Bo‘linma “Arkanning yo‘lbarslari” yoki Serbiya ko‘ngillilar gvardiyasi deb atalgan. Bo‘linma tarkibidan “Srvena Zvezda” muxlislari, “Arkan”ning kriminal hayoti bilan bog‘liq tanishlari kirgan. “Yo‘lbarslar”ning birinchi jangi Ten shaharchasida bo‘lib o‘tgan. 1991-yil sentabrda “Arkan”ning bo‘linmasi a’zolari 600 jangchiga yetgan. Oradan ikki yil o‘tgach esa Serbiya ko‘ngillilar gvardiyasiga a’zolar 3 ming kishini tashkil etgan.

    Foto: Balkaninsight

    Foto: Balkaninsight

    “Arkan”ning armiyasi turli shaxslar va Miloshvich hukumati tomonidan moliyalashtirilgan. Sharqiy Sloveniyadan Rajnatovich neft, qurol-yarog‘ va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilgan. Bo‘linma 1995-yilgacha — Xorvatiya va Bosniya hududlaridagi jangovar harakatlar oxiriga qadar jang qilgan. 1997-yilda Xalqaro tribunal Rajnatovichga nisbatan harbiy jinoyat ayblovida ish ochgan.

    Siyosatchi va futbol murabbiyi

    Urush vaqtida Rajnavotich siyosiy karyera qurishni boshlagan. 1992-yilda u Serbiya parlamenti delegatiga aylangan. “Arkan” Kosovo va Metoxiya nomidan ish ko‘rgan. U mintaqadagi serblarning manfaatlarini himoya qilishga chaqirgan va Albaniya bilan chegarani yopishni yoqlagan. 1993-yilda “Serb birdamligi partiyasi”ga asos solib, 1996-yilda parlament tarkibiga kiritgan.

    1995-yilda Rajnatovich serbiyalik qo‘shiqchi Svetlana Velichkovichga uylangan. Uning odatiy beqaror hayot tarzi o‘zgargan: endilikda “Arkan” dunyoviy matbuotning mashhur obyekti edi. Uning to‘yi hatto Serbiya televideniyesida jonli efirda namoyish etilgan.

    1996-yilda Jelko “Obilich” futbol klubining egasiga aylangan va u oxir-oqibat Chempionlar Ligasida qatnashgan. Yugoslaviya hukumati unga “Srvena Zvezda”ni sotib olishga ruxsat bermagan. Futbolga bo‘lgan qiziqish sabab Rajnatovich Belgraddagi Oliy murabbiylik maktabida maxsus murabbiylikka o‘qigan.

    Foto: Balkaninsight

    Foto: Balkaninsight

    “Arkan” 2000-yilning 15-yanvarida Belgraddagi “Kontinental” mehmonxonasida politsya xodimi Dobroslav Gavrich tomonidan otib o‘ldirilgan. 23 yoshli politsiyachi rasman shu kuni davolanishda bo‘lgan. Soat 17:05 da Gavrich pistoleti bilan yaqinidagi uch kishiga o‘q uzgan. Mandich va Garich voqea joyida halok bo‘lgan, uchta o‘q teggan Rajnatovich esa komaga tushgan. Shuningdek, otishmada yana bir guvoh ayol o‘ldirilgan. “Arkan”ning tansoqchisi Zvonko Mateovich Gavrichga o‘q uzgan va boshlig‘ini shifoxonaga olib ketgan, biroq u yo‘lda vafot etgan. 20-yanvar kuni Belgraddagi qabristonda dafn marosimi o‘tkazilgan va unga 10 ming odam tashrif buyurgan.

    Qotil politsiyachi 2002-yilda 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. 2006-yilda uning ishini qayta ko‘rib chiqqan sud Gavrichga tayinlangan hukmni o‘zgartirib, unga 30 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinlagan. Ammo qotillikni kim buyurtma qilganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.

    Qozog‘iston hududida sinovdan o‘tkazilgan birinchi yerosti yadroviy portlash

    Qozog‘istonning Semipalatinsk shahridagi sobiq sinov poligonida 1961-yilning 11-oktabr kuni SSSRda birinchi marta yerosti yadroviy portlashi amalga oshirilgan. 1947-yilning 21-avgustida SSSR Vazirlar Kengashi 2-davlat tadqiqot yadro poligonini tashkil etish to‘g‘risida maxfiy qarorni qabul qilgandi.

    Foto: “7info.ru”

    Foto: “7info.ru”

    Hozirda Qozog‘istonga qarovchi Semipalatinsk poligoni 1948-yilda sovet davlatidagi birinchi yadroviy qurolni sinovdan o‘tkazish maqsadida yaratilgan. Poligon Qozog‘iston shimoli-sharqida, Pavlodar, Qarag‘anda va sobiq Semipalatinsk viloyatlari tutashgan joydan o‘rin olgan.

    Poligondagi birinchi yadroviy portlash 1949-yilning 29-avgustida, oxirgisi — 1989-yilning 19-oktabrida amalga oshirilgan. 40 yil davomida poligonda jami 456 ta havo, yerusti va yerosti yadroviy portlashlari amalga oshirilgan. Yadroviy qurollar 1963-yilgacha yer ustida va havoda sinovdan o‘tkazilgan. 1963-yilda AQSH va Buyuk Britaniya bilan atmosferada, kosmik makonda va suv ostida yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi bitim imzolangach, SSSR yerosti portlashlarini o‘tkazishni boshlagan. Yadroviy portlashdan tashqari, poligon hududida kimyoviy portlovchi vositalardan foydalanilgan holda 175 ta portlash amalga oshirilgan.

    1991-yilning 29-avgustida Semipalatinsk poligoni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qarori bilan yopilgan, qolgan yadroviy zaryadlar esa yo‘q qilingan. Oxirgi yadroviy zaryad poligonda 1995-yilning 31-may kuni kimyoviy portlash usuli orqali portlatilgan.

    Foto: “7info.ru”

    Foto: “7info.ru”

    Qozog‘iston Fanlar akademiyasi tadqiqotchilari tomonidan 1957-1959-yillarda amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida yadroviy sinovlarning ekologiyaga xavfi, Semipalatinsk poligoniga tutash hududlarda radioaktiv ifloslanishning ortib ketgani va odamlar hamda hayvonlarda kasalliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan. Yer usti va havodagi portlashlar natijasida radioaktiv bulutlar, yer ostidagi portlashlardan esa gazlar to‘planmasi poligon hududidan tashqariga ham tarqalgan.

    1996-yilning aprelida Qozog‘iston Milliy yadroviy markazi hamda AQSH Mudofaa vazirligi huzuridagi Yadroviy xavfsizlik agentligi o‘zaro bitim imzolab, unga ko‘ra, qozoq va amerikalik mutaxassislar sinovlar o‘tkazilgan 186 ta tunnelni yo‘q qilgan.

    Foto: “7info.ru”

    Foto: “7info.ru”

    2000-yil 29-iyul kuni Semipalatinsk yadroviy poligonidagi oxirgi tunnel portlatilgan. Poligon faoliyati to‘xtatilgan. Yadroviy sinovlar qurbonlari xotirasiga Semipalatinskka monument o‘rnatilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: SSSR tarixidagi sirli terakt, Ukraina mustaqilligini talab qilgan talabalar — “birinchi Maydon” va Anqaradagi ikki portlash. Kun xronologiyasida 10-oktabr

    11.10.2022, 09:30   Izoh (0)   28364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Milliarder Yuriy Milner Rossiya fuqaroligidan voz kechdi

    11.10.2022, 09:10

    Ukrainaning 1300 dan ortiq shahar va qishloqlari Rossiyaning eng yirik havo hujumidan keyin elektrsiz qoldi

    11.10.2022, 08:51

    Shvetsiya “Shimoliy oqim”dagi portlashlar bo‘yicha tergov natijalarini Rossiya bilan baham ko‘rishdan bosh tortdi

    10.10.2022, 23:59

    “Bu hujumlar Ukraina xalqini oxirigacha qo‘llab-quvvatlash qarorimizni yanada kuchaytiradi” — Bayden

    10.10.2022, 22:46

    Bugungi raketa zarbalari Qrim ko‘prigidagi portlash bilan bog’liq emas — Ukraina prezidenti ofisi

    10.10.2022, 21:55

    “NATO Ukrainaning jasur xalqini oxirigacha qo‘llab-quvvatlaydi” — NATO bosh kotibi

    10.10.2022, 21:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.