NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaga qarshi kurashayotgan ukrainlar oxirigacha qo‘llab-quvvatlanishiga ishonch bildirdi, deb yozadi Meduza.
“NATO qancha vaqt bo‘lsa ham, Kreml agressiyasiga qarshi kurashayotgan jasur Ukraina xalqini oxirigacha qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — deydi Stoltenberg
Shuningdek, Stoltenberg o‘zining Twitter sahifasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan gaplashgani va u bilan Rossiyaning Ukraina shaharlariga tongda amalga oshirgan hujumlarini muhokama qilgani haqida yozdi.
“Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga dahshatli va ayovsiz hujumlarini qoralaymiz”, — dedi NATO bosh kotibi.