• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    FQB “qurboni”ga aylangan Xeminguey, Angliyada mashinist xatosi tufayli to‘qnashgan ikki poyezd va Qirg‘izistonda 8 balli zilzila. Kun xronologiyasida 5-oktabr

    5-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Ikkita jahon urushida qatnashgan Xeminguey, Angliyada mashinistning xatosi sabab ikkita poyezd to‘qnashuvi hamda Qirg‘izistondagi sodir bo‘lgan 8 balli zilzilaga oid faktlar o‘rin olgan.

    1925-yilning 5-oktabr kuni AQSHda Ernest Xemingueyning kichik hikoyalardan iborat “Davrimizda” nomli birinchi kitobi chop etilgandi. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, betakror yozuvchi Xemingueyning tug‘ilganiga 123 yildan oshdi. Bugungi sana munosabati bilan jahon adabiyotining “asosiy machosi”ning hayot yo‘llari haqida hikoya qilamiz.

    FQB qurboni: Ernest Xemingueyning mashhurligi va fojiasi

    Ernest Xemingueyning hukmron tabiati, ayollar huquqlarini tan olmaslik va tili zahar erkakligi uning XX asrni eng buyuk yozuvchilaridan biri sifatida tarixga kirishiga to‘sqinlik qilmagan. Ko‘plab adabiyotchilar ta’kidlaganidek, uning noaniq xarakteri bolaligida onasi bilan yuzaga kelgan munosabatlari oqibatida paydo bo‘lgan. Bu uning qarashlari va hikoyalariga ham ko‘chgan. Bundan tashqari, Xeminguey o‘z onasini yomon ko‘rganini tan olganini isbotlovchi dalillar bor. Ammo qator tadqiqotchilarning hisoblashicha, bu onasiga bo‘lgan chuqur muhabbatni o‘ziga xos tarzda “yashirish uchun bo‘lgan”.

    Foto: AP Photo

    Yozuvchi bolaligidanoq o‘zida “jasurlik”ni tarbiyalashga intilgan. U muntazam sport bilan shug‘ullangan, 18 yoshida futbol, boks va yengil atletikada muvaffaqiyatga erishgan, bu uning mahalliy gazetaga ishga kirishiga to‘sqinlik qilmagan.

    Maktabni tamomlaganidan so‘ng Xeminguey universitetiga kirishdan bosh tortgan va Birinchi jahon urushiga qo‘shilgan AQSH sabab frontga ko‘ngilli sifatida yo‘l olgan. Italiyada unga haydovchilik lavozimi nasib etgan — vazifasi frontning asosiy liniyasiga yaqinlashmasdan askarlarga oziq-ovqatlarni tashish bo‘lgan. Xemingueyning o‘zi bundan norozi bo‘lgan, chunki u “erkakligini” namoyish etishni istar va komandirlardan jangga kiritishlarini talab qilardi.

    Maqsadiga erishgan Ernest o‘z majburiyatlarini chin ko‘ngildan bajargan, jang maydonidan sheriklarini tashib chiqargan. Bir safar snayper o‘qiga uchragan askarni qutqarishda Xeminguey minomyot snaryadlari o‘qiga uchragan va bir vaqtning o‘zida 200 ga yaqin jarohat olgan. Askarning tanasidan 26 ta snaryad parchalari topilgan, ulardan biri tizza qopqog‘iga jiddiy shikast yetkazgan. Shundan so‘ng 19 yoshli Xemingueyni Italiya qirolining shaxsan o‘zi “Jasorati uchun” va “Harbiy Xoch” kumush medallari bilan taqdirlagan.

    “Urushdagi insonlar — eng ajoyib insonlardir, jang maydonining oldi tomon qancha yaqinlashsang, shuncha ajoyib insonlarga duch kelasan; urushni yuzaga keltiradiganlar — faqat iqtisodiy raqobatni va foyda ko‘rishni o‘ylaydigan to‘ng‘izlardir. Urushdan foyda ko‘rgan va uning avj olishiga hissa qo‘shgan har bir kishi urushning birinchi kunida o‘z mamlakatining halol fuqarolarining ishonchli vakillari tomonidan otib tashlanishi kerak deb hisoblayman”, — degandi Xeminguey.

    Ernest Xeminguey va Fidel Kastro

    Ernest Xeminguey va Fidel Kastro
    Foto: AP Photo

    Keyinchalik u maktabdan keyin urushni sport musobaqasi kabi tasavvur qilgani va bunday dahshatli reallikka ruhan tayyor bo‘lmaganini tan olgan. Shunga qaramay, urush Xemingueyni to‘plagan, uning g‘oyalar manbaiga aylangan va yozuvchining miyasida mustahkam o‘rnashib qolgan.

    Shu sababli u 1936-1939-yillarda Italiyaga fuqarolik urushida qatnashish uchun qaytgan va respublikachilar tarafini olgan. Bu kabi qarorning asosiy maqsadi Xeminguey o‘z asarlari uchun frontda ma’lumot to‘plash bo‘lgan. Jang maydonida u o‘ylanmagan rejalarni qabul qilmasdan, yaxshi tutgan va ko‘plab qiziqarli onlarni qayd etib borgan. Safarining oxirida muallif ikkita katta asari — “Motam qo‘ng‘irog‘i” romani va “Beshinchi kolonna” pyesasini yozadi.

    “Urush dahshatli narsa ekanini bilaman, ammo biz uni oxiriga yetkazishimiz kerak. Oxiri yo‘q. Urushning oxiri yo‘q. Urushda g‘alaba qozonilmaydi”, — deya yozgan edi u “Alvido, qurol” kitobida.

    Ikkinchi jahon urushi boshlanganida Xeminguey chetdan qarab tura olmaydi va Amerika armiyasi tarkibida Yevropaga yo‘l olgan. Avvaliga yozuvchi Fransiya uzra bombardimonchida uchgan, ammo voqealar markazida bo‘lishni istagani sabab yerdagi operatsiyalarda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. Xeminguey 200 nafar fransuz partizanidan iborat bo‘linmagan komandir etib tayinlangan bo‘lib, u Parij, Elzas va Belgiyadagi janglarda qatnashgan, shuningdek, “Zigfrid chizig‘i”ni yorib o‘tishda ishtirok etgan. Jasurligi va jangovar operatsiyalardagi faol ishtiroki uchun “Bronza yulduz” bilan taqdirlangan.

    Foto: AP Photo

    Uchta harbiy mojarodagi tajriba mashhur yozuvchining ko‘plab asarlari asosini tashkil etadi. Xeminguey o‘zi yozgan voqealarning bevosita ishtirokchisi bo‘lgan, shu sababli uning kitoblari o‘quvchida yorqin taassurot qoldirgan va katta mashhurlikka erishgan. Shuningdek, u o‘z fikrlarini aniq bayon eta olishi, qisqa jumlalar qurishi bilan ajralib turgan.

    Biroq urushdan keyingi mashhurlik va pullar Xemingueyni baxtli qila olmagan — odatdagi hayot tarzi o‘zgarganidan keyin uning jismoniy va ruhiy holatida jiddiy muammolar kuzatila boshlangan. Yozuvchi o‘zini ta’qib qilishyapti, FQB xodimlari kuzatuvidaman deb hisoblagan.

    “Xemingueyning ruhiy holati juda og‘ir bo‘lsa-da, FQB borasida u haq bo‘lib chiqqan — Federal xavfsizlik xizmatining 1980-yillarda oshkor etilgan arxivida yozuvchi kuzatuv ostida bo‘lganiga oid faktlar tasdiqlangan.

    Ruhiy shifoxonada davolanish vaqtida Xeminguel o‘z joniga qasd qilish haqida ko‘p gapirgan, bir necha kundan keyin o‘ylagan ishini amalga oshirgan. 1961-yilning 2-iyulida u biror-bir xat qoldirmagan holda, o‘zini otib o‘ldirgan.

    Paddington halokati

    Bundan roppa-rosa 23 yil oldin Londondan uch kilometr uzoqlikdagi Paddington stansiyasida ikkita yo‘lovchi poyezdi bir-biri bilan to‘qnashib ketgandi. British Rail Class poyezdining tajribasiz 31 yoshli mashinisti svetoforning qizil chirog‘ini sariq bilan adashtirib, katta tezlikda harakatlanishni davom ettirib, InterCity poyezdi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Ertalabki vaqtda aksariyat yo‘lovchilar oxirgi stansiyada tezroq tushish va ishga ulgurish maqsadida poyezdning oldi vagonlariga chiqqan. Ikkala mashinist ham bir-biriga yuzma-yuz ketayotganini ko‘rgan vaqtida tormoz bosishga uringan, biroq kech bo‘lgandi. To‘qnashuv oqibatida 31 kishi, jumladan, ikkala mashinist ham halok bo‘lgan, 258 kishi jarohat olgan.

    Tergov davomida temiryo‘lda avtobloklash tizimi ishlaganida halokatdan qochish mumkin bo‘lgani aniqlangan, biroq uning o‘rnida arzon ogohlantirish tizimidan foydalanilgan edi. Shuningdek, Paddington yo‘lida joylashgan SN109 svetofori to‘g‘ri o‘rnatilmagani aniqlangan, buning oqibatida o‘tgan olti yil davomida ushbu svetoforning qizil chirog‘idan sakkiz marta o‘tib ketilgan edi. Bundan tashqari, yana ayrim holatlar oshkor bo‘lgan.

    Yaxshi ko‘rinmaydigan signal

    Ikki tomonlama harakatni ta’minlash maqsadida 1990-yillar boshida British Rail kompaniyasi yo‘llar sxemasini o‘zgartirgan. Svetoforlarning aksariyat qismi havo yo‘llari orasida qolib ketgan, ularni ko‘rish, buning ustida qaysi rangda yonayotganini payqash katta qiyinchilik tug‘dirgan. Shu bilan birga, svetoforlar halokatga olib kelishi kerak emas edi, chunki qizil chiroq bir vaqtning o‘zida barcha sakkizta svetoforda yongan.

    London g‘arbidagi Paddington stansiyasi yaqinida poyezdlar to‘qnashuvi, 1999-yil 5-oktabr

    London g‘arbidagi Paddington stansiyasi yaqinida poyezdlar to‘qnashuvi, 1999-yil 5-oktabr
    Foto: AP Photo

     

     

    O‘t o‘chiruvchilar Paddington stansiyasi yaqinidagi temiryo‘l halokati joyida ishlamoqda

    O‘t o‘chiruvchilar Paddington stansiyasi yaqinidagi temiryo‘l halokati joyida ishlamoqda
    Foto: AP Photo

     

    O‘t o‘chiruvchilar va temiryo‘l xodimlari halokat oqibatida ag‘anagan vagonni ko‘tarishga urinmoqda, 1999-yil 8-oktabr

    O‘t o‘chiruvchilar va temiryo‘l xodimlari halokat oqibatida ag‘anagan vagonni ko‘tarishga urinmoqda, 1999-yil 8-oktabr
    Foto: AP Photo

    Temiryo‘l halokati joyida ishlayotgan qutqaruvchilar, 1999-yil 6-oktabr

    Temiryo‘l halokati joyida ishlayotgan qutqaruvchilar, 1999-yil 6-oktabr
    Foto: AP Photo

    Politsiya va qutqaruvchilar Paddington stansiyasi yaqinidagi halokat joyida

    Politsiya va qutqaruvchilar Paddington stansiyasi yaqinidagi halokat joyida
    Foto: AP Photo

     

    Ag‘anagan vagonni ko‘tarish jarayoni, 1999-yil 9-oktabr

    Ag‘anagan vagonni ko‘tarish jarayoni, 1999-yil 9-oktabr
    Foto: AP Photo

    Qirolicha Yelizaveta II fojia joyida, 1999-yil 11-oktabr

    Qirolicha Yelizaveta II fojia joyida, 1999-yil 11-oktabr
    Foto: Reuters

    Qirg‘izistonda 8 ballik zilzila

    2008-yilning 5-oktabr kuni Qirg‘izistonning Xitoy va Tojikiston chegarasida Rixter shkalasi bo‘yicha 8 balli zilzila sodir bo‘lgandi. Tabiiy ofat oqibatida 75 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha o‘n kishi jarohat olgan.

    Foto: “Limon.kg”

    Yakshanba kuni kechasi Qirg‘izistonda kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Real vaqt rejimida zilzilalarni kuzatib boruvchi U.S. Geological Survey (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 21:52 da boshlangan. Zilzila epimarkazi uchta davlat — Qirg‘iziston, Xitoy va Tojikiston chegarasi hisoblanadi. Eng ko‘p zararni epimarkazdan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan qirg‘iz—tojik chegarasidagi “Nura” qishlog‘i ko‘rgan.

    Foto: “Limon.kg”

    Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlarida qayd etilishicha, qishloqdagi 120 ta uyga zarar yetgan, u yerda zilzila kuchi 8 ballni tashkil etgan. “Nura” va uning atrofidagi hududlarda transportlar harakati buzilgan, telefon aloqa tizimi esa bo‘lmagan.

    Foto: “Limon.kg”

    Kuchli yer osti silkinishlarini nafaqat “Nura” qishlog‘i aholisi sezgan. O‘sh shahrida zilzila kuchi 6 ballni, Botkenda — 5,6 ballni, poytaxt Bishkekda — 3,5 ballni tashkil etgan. Mazkur shaharlarda hech kim jabrlanmagan. O‘sha vaqtda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan Qamchibek Tashiyev qutqaruv guruhlari bilan hodisa joyiga yo‘l olgan. Keyinroq uning ortidan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Madamin Karatayev borgan. Tabiiy ofat sodir bo‘lgan tundayoq tumanda Oloy hududiy shifoxonasidan to‘rtta tez yordam brigadasi yuborilgan — sakkiz nafar shifokor, 10 nafar feldsher va hamshira.

    Foto: “Limon.kg”

    Ammo yuborilgan yordam barcha jabrlanuvchilarga yordam berishga yetmagan, shu sababli tumanga epimarkazdan taxminan 145 kilometr uzoqlikdagi O‘sh shahridan qo‘shimcha uchta brigada shifokorlar yo‘naltirilgan.

    Yirik aholi punktlarining bir-biridan uzoq joylashgani, yo‘llarning buzilib ketgani va aloqa vositasining yo‘qligi zaruriy tibbiy yordamni ko‘rsatishda qiyinchilik tug‘dirgan.

    Zilzila oqibatida jami 75 kishi halok bo‘lgan, jumladan, 42 nafar bola. Shuningdek, 93 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ularning yetti nafarini 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etgan. Yer osti silkinishlari kuchi Toshkentda ham qayd etilgan — qariyb uch daqiqa davomida 3 balldan yuqori bo‘lmagan zilzila sodir bo‘lgan.

    Foto: “Limon.kg”

    Qirg‘izistonning o‘sha vaqtdagi prezidenti Kurmanbek Bakiyev 7-oktabrni Oloy tumanidagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilgandi.

    Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev mamlakat FVVga zilzila sabab Qirg‘izistonda zarur barcha yordamni ko‘rsatishni topshirgan edi. Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasida zilzila oqibatlarini hal etish bilan shug‘ullangan tezkor shtab tuzilgan. Mutaxassislar respublikaning jabrlangan aholisiga kiyim-kechak va boshqa turli yordamlarni to‘plagan. O‘sha kuni hududda jami 100 ga yaqin yer osti silkinishlari qayd etilgandi.

    Foto: “Limon.kg”

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Maxfiy yuk olib kelayotgan samolyotning “dom”ga qulashi, Shveysariyada bir vaqtda o‘zini yoqib yuborgan 48 kishi va Qatag‘on qurbonlari. Kun xronologiyasida 4-oktabr

     

    05.10.2022, 09:30   Izoh (0)   39509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Xerson viloyatida 8 ta aholi punkti ozod etilganini ma’lum qildi

    05.10.2022, 09:06

    Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)

    04.10.2022, 23:01

    Yadro urushining boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi bayonotga to‘laligicha sodiqmiz — Rossiya Tashqi ishlar vazirligi

    04.10.2022, 22:23

    Zelenskiy ofisi: NATO bosh kotibi Ukrainaning alyansga qo‘shilish borasidagi arizasini qabul qildi

    04.10.2022, 21:11

    “Bosqinchilar Zaporojye AESning birinchi va ikkinchi atom energetika bloklarini minalashgan” — ekspert

    04.10.2022, 21:00

    Putin Emomali Rahmonni Tojikiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi

    04.10.2022, 20:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.